Ma’naviyat va ma’rifatning o‘zaro aloqadorligi. Shaxs va millat ma’naviy takomilining uyg‘unligi. Ma’naviyat, ruhiyat, madaniyat



Download 211,05 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.04.2022
Hajmi211,05 Kb.
#522496
Bog'liq
3-mavzu



3-mavzu. 
Ma’naviyat va ma’rifatning o‘zaro aloqadorligi. Shaxs va 
millat ma’naviy takomilining uyg‘unligi. Ma’naviyat, ruhiyat, madaniyat 
Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U 
kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz 
ichiga oladi. Ma’naviyat atamasining asosida "maʼno" soʻzi yotadi. Maʼlumki, 
insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, 
koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning 
yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz 
ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami ma’naviyatdirr.
Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, Ma’naviyat unga ruhiy ozuqa va 
qudrat bagʻishlaydi. Ma’naviyat maʼrifat va madaniyat bilan bogʻliq. Ma’naviyat 
odamlarda tap-tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil oʻqish, oʻrganish, 
tajriba orttirish orqaligina erishiladi. Ma’naviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va 
millat shunchalik ravnaq topadi.
Ma’naviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini 
mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, 
har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi. Vijdon nima, 
yolgʻon va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima — bularning 
hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-
harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi, 
Ma’naviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish, vatanpar-varlik 
inson Ma’naviyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir.
Ma’naviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʼdod egalari shu 
jamiyatning , millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi. Ma’naviyatli 
jamiyatda aql, sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda 
xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli boʻladi, odamga nomunosib turli illatlar 
barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy 
tajribalari va ijtimoiymadaniy rivojlanishisiz M.ni tasavvur qilish qi-yin. " 
Ma’naviyat — insonning , xalqning , jamiyatning , davlatning kuch-qudratidir. U 
yoʻq joyda hech qachon baxtsaodat boʻlmaydi", degan edi OʻzR Birinchi 
Prezidenti I. A. Karimov. Shu sababli Oʻzbekistonda Ma’naviyatni yuksaltirish, 
xalqni Ma’naviyatli qilish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.
Mustaqillik tufayli oʻzbek xalqining koʻp asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy 
va diniy merosini oʻrganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida 
foydalanishga keng yoʻl ochildi. Ma’naviyatimiz "Avesto" va zardushtiylik 
taʼlimotidan boshlab hozirgi kungacha shakllanib, boyib, umuminsoniy qadriyatlar 
bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda. Oʻzbekistonda Ma’naviyat va maʼrifatni 
koʻtarish, targʻib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyish maqsadida 
respublika "Maʼnaviyat va maʼrifat" markazi tashkil etilgan. Respublika taʼlim 
tizimida "Maʼnaviyat asoslari" fani oʻqitiladi. Ma’naviyat sohasida ilmiy 
tadqiqotlar olib borilyapti. 


O’zbekistonda mohiyatan tamoman yangi jamiyat qurish jarayonida 
ma'naviyat, iqtisodiyot bilan birga, ustun yo’nalishlardan hisoblanmoqda. Islom 
Karimov: "Xalqning ma'naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish - 
Uzbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir", deya bejiz 
ta'kidlamagan edilar. Prezidentimiz fikrini davom ettirib: "Ma'naviyat insonning, 
xalqning, 
jamiyatning
davlatning 
kuch-qudratidir", 
deb 
alohida 
uqtirganlar.
"Ma'naviyat" atamasi, rasmiy xujjatlarda, ilmiy adabiyotlarda, matbuotda ko’p 
qo’llanishiga qaramasdan, uni ilmiy tushuncha sifatida alohida tahlil va ta'rif etish 
foydadan xoli emas. 
"Ma'navnyat" va uning o’zagidan yasalgan "ma'naviy" sifatlashining 
qo’llanish doirasi keskin kengayib, ularning lug’aviy va atama sifatidagi mazmuni 
behad boyib bormoqdaki, bu esa ma'naviyatni aloqida ilmiy tushuncha sifatida 
o’rganishni, uning madaniyat, ong, tafakkur, dunyoqarash, ruhiyat hamda badiiy, 
siyosiy, axloqiy qadriyatlar va shu singari boshqa tushunchalar tizimidagi o’rnini 
aniqlashni, ular bilan o’zaro munosabatini tahlil qilishni taqozo etmoqda. 
Ma'naviyat harakatdagi ong, dunyoqarash, iroda, urf- odatlar, madaniy 
qadriyatlar tizimi hamda u aqliy va hissiy muhit sifatida ijtimoiy hayotning barcha 
sohalari va shakllari bilan bevosita bog’liq. Ko’p larda ularga nisbatan aqliy, 
g’oyaviy-mafkuraviy negiz vazifasini o’taydi, ammo o’zi ham ijtimoiy hayot 
yangiliklari hisobiga boyib boradi: shaklan rang-baranglik, mazmunan teranlik 
kasb etadi. 
O’zbek xalqining ma'naviyati uning tarixan bosib o’tgan iqtisodiy, ijtimoiy, 
siyosiy, madaniy rivojlanish yo’liga, iymon-e'tiqodiga, dunyoqarashiga, irodasiga, 
jamiyatda qaror topgan muhitga mos ravishda shakllangan va kamol topib 
bormoqda. Ma'naviyatimizning gurkirab yuksalgan yoki tanazzulga yuz tutgan 
davrlari bo’lgan. 
Ma'naviyatimizning bugungi kundagi ayrim xususiyatlarini, o’ziga xos 
jihatlarini to’g’ri tushunish uchun uning shakllanishiga va rivojlanishiga ta'sir 
ko’rsatgan asosiy omillar to’grisida gapirish kerak. Ma'naviyatning o’zak 
tushunchalari, avvalo, tarixan vujudga kelgan tabiiy iqlim sharoitlari bilan uzviy 
bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish xususiyatlari ta'sirida shakllanadi.
Har qanday jamiyat, tuzum barqaror rivojlanishga intilibgina qolmasdan, 
o’zining tabiatiga, mohiyatiga mos shaxsni voyaga yetkazishga ham muhim 
e'tibor beradi; uning axloqiy, huquqiy, estetik me'yorlari ijtimoiy institutlarining 
faoliyati shu maqsadga bo’ysundiriladi. 
Mustaqil 
O’zbekiston 
ham 
jahonning 
eng 
ma'rifatli 
mamlakatlari orasida o’z o’rnini topib, barqaror rivojlanish uchun mustaqillik 
dunyoqarashiga ega bo’lgan, milliy iftixor tuyg’usi bilan yo’grilgan, ammo 
millatchilik va milliy mahdudlikdan holi, hur va erkin fikrlovchi, ayni vaqtda 
fuqarolik mas'uliyatini to’g’ri tushunadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni 
o’z kasb-kori, ijtimoiy muhiti talab qiladigan darajada o’zlashtirgan shaxsni 
tarbiyalashi lozim. Buning uchun jamiyatla ikki yo’nalishda ish olib 


boriladi. Birinchidan, shaxs kamoloti uchun obyektiv shart-sharoitlar 
yaratiladi. Bu haqida Islom Karimov shunday degan edi: “Amalga oshirilayotgan 
islohotlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroning shaxs sifatida shakllanishi uchui, 
o’z qobiliyatini, o’z talantini ishga solib hayotini yanada yaxshilashi, ma'nan 
boyitishi uchun barcha imkoniyatni yaratib berishdan iboratdir"'.
Demak, eng avvalo, iqtisodiy va madaniy imkoniyatlar, moddiy va ma'naviy 
ishlab chiqarish kengaytiriladi hamda ijtimoiy munosabatlar takomillashtiriladi: 
tegishli qonunlar qabul qilinadi, eski ijtimoiy muassasalar qayta ko’rib 
chpqiladi,zaruratga qarab yangilari tashkil etiladi. Ikkinchidan, muayyan 
tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Jamiyat o’ziga mos shaxsni 
shakllantirish uchun unga targ’ibot, tashviqot, ta'lim-tarbiya tizimi va boshqa 
mafkuraviy institutlar orqali, madaniy meros va zamonaviy qadriyatlar hamda 
turli xil axborotlar bilan tanishtirish ularga baho berish (salbiy yoki 
ijobiy) vositasida ta'sir o’tkazadi. 
Ma'naviyat tushunchasi hali ilmning turli sohasi vakillari tomonidan 
atroflicha taqlil va tadqiq etiladi, deb ishonamiz. Zero, Vatanimiz mustaqil 
taraqqiyotining ma'naviy asoslarini mustahkamlash zarurati ham shuni taqozo 
etadi. 
Ma'naviyat insonning (jamiyatning) keng ma'noda olamga, hayotga, 
taraqqiyotga muayyan qadriyatlar, yuksak ideallar tizimi asosida munosabatda 
bo’lishi va shu negizda o’z faoliyatini yuritishidir. Ushbu qadriyatlar tizimi ham 
sub'ektiv (ong va iroda), ham ob'ektiv (adabiyot, san'at, urf-odatlar), ham aqliy va 
hissiy, ruhiy va mafkuraviy muhit sifatida mavjuddir. 
Ma'naviyat "inson tabiati"ni tashkil etuvchi xislatlar va xususiyatlarni 
yuksaltiradi va boyitadi. Milliy ma'naviyat esa millatning asosiy xususiyatlarini, 
belgilarini mustahkamlaydi: millatning jipsligi va mushtarakligini ta'minlaydi, 
tilini, iymon-e'tiqodinn, milliy psixologiyasini, urf-odatlari va madaniyatini 
muqofaza etadi, rivojtantiradi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotini milliy qadriyatlar bilan 
chambarchas bog’laydi. 
Har bir millatning ma'naviyati uning milliy qiyofasini, uni boshqa 
xalqlardan ajratib turadigan o’znga xos madaniyatini, xarakterini ko’rsatadi. 
Ma'naviyat tufayli bilim va aql - axloq bilan, mehnat va xulq-atvor - go’zallik va 
odob bilan uyg’u nlashadi. 
Ma'naviyat, insonniig o’ziga va olamga faol munosabati o’laroq, uning 
hayotiy pozitsiyasini belgilaydi. 
Millatning kamolotga erishishi, taraqqiy etishi ham bevosita milliy 
ma'naviyatga asoslanadi. 
Demak, a'naviyat milliy taraqqiyotning harakatlantiruvchi 
kuchi, aqliy-intellektual, hissiy-emotsional irodaviy salohiyatidir. 
Ma'naviyatni 
yuksaltirish, 
boyitish- 
milliy 
mustaqilliknni 
mustahkamlashning muhim shartidir. Bu masalaga muayyan guruhning, sinfning 
manfaatlaridan, dunyoqarashidan va mafkurasidan kelib chiqib yondashish 
mumkin emas. Shu bois davlatimizning ta'lim-tarbiya va madaniy-ma'rifiy 


siyosati asosida har bir fuqaroda yuksak ma'naviy ehtiyojlarni shakllantirish va 
o’stirish muhim ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. 
Ma'naviyat va milliy taraqqiyot masalasini bir butun holda o’rganish 
o’zligimizni anglab olishga, milliy qadriyatlarimizni umuminsoniy qadriyatlar 
bilan uyg’unlashtirishga yordam beradi. 
XX asr boshlarida taniqli rus sharqshunosi Oldenburg Yevropaning 
maʼnaviyat sohasida shu kungacha qoʼlga kiritgan yutuqlari oʼtmishda Sharq 
maʼnaviyati koʼtarilgan kamolot choʼqqilariga nisbatan goʼdak bolaning “chugʼur-
chugʼuri” darajasidadir, degan edi. Nega endi? Nazarimizda, bu xulosa Sharqda 
koʼp asrlik maʼnaviy takomil jarayonida ongli ravishda ishlab chiqilgan mukammal 
maʼrifat yoʼllari, maʼnaviy tarbiya vosita va usullaridan hayrat zaminida 
shakllangan boʼlishi kerak. 
Аjdodlarimiz tashbehiga koʼra, maʼnaviyat inson qalbida aks etgan ilohiy 
nur, Oliy haqiqat nuri boʼlib, uni oʼzida aks ettira olishi uchun inson qalbi sayqal 
topmogʼi zarur. Zero, sayqallanmagan koʼngilni xudbinlik zangi, gʼaraz chirki 
egallab oladi va bunday inson ruhiyatida jaholat va zulmat ustunlik qila boshlaydi. 
“Koʼngil koʼchalari qaylarga boshlamaydi” deyilganda, ana shu zulmatda qolgan 
koʼngil koʼchalaridagi adashuv, gumrohlik nazarda tutilsa kerak. 
Inson qalbiga sayqal berish jarayoni esa maʼrifat deyiladi. Maʼrifat 
maʼnaviyat sari eltuvchi yoʼllardan iborat boʼlib, Аlisher Navoiy “maʼrifat 
vodiysi”ni shunday taʼrif etadi: 
Vodiedur yuz tuman ming onda yoʼl, 
Ul bu bir kelmay, oningdekkim bu ul. 
Ixtilofi juzv ila kull mundadur, 
Kim taraqqiyu tanazzul mundadur. 
Yuz tuman rahrav koʼrarsen beqaror, 
Har biri bir yoʼlni aylab ixtiyor. 
Oʼz borur yoʼligʼa har bir muftaxir
Yoʼlni aylab oʼz yoʼligʼa munxasir. 
Bu oni tutmay musallam, ul muni, 
Har bir oʼzdin oʼzga koʼrmay, ul buni . 
(Nasriy bayoni : 
Bu shunday bir vodiydirki, uni yuz tuman ming turli yoʼllar kesib oʼtadi, ammo 
ulardan biri ikkinchisiga sira oʼxshamaydi. Butun va boʼlak oʼrtasidagi qarama-


qarshilik ham shu yerda mavjud. Taraqqiyot ham, tanazzul ham shu joydadir. Unda 
sen yuz tuman yoʼlovchini beqaror bir tarzda, har biri oʼzga bir yoʼldan ketib 
borayotgan holda koʼrasan. Ularning har biri oʼzi ketayotgan yoʼl bilan faxrlanadi, 
har biri yoʼlni oʼz yoʼli tomonga buradi. Biri xush tutgan yoʼlni ikkinchisi 
xohlamaydi, har birining koʼziga oʼziniki yaxshi koʼrinadi, boshqasini esa nazarga 
ilmaydi). 
Аlisher Navoiy oʼz mulohazalari soʼngida bir guruh soʼqir kishilarning fil 
haqidagi bahslari xususida mashhur rivoyatni keltirib, xulosa qiladiki, agarchi 
maʼnaviyat yoʼllari behisob boʼlsa-da, maqsad yagona - Haqiqatni anglab yetish. 
Insonlarning Haqiqat haqidagi tasavvurlari turlicha boʼlsa ham, ularning barchasi 
bir yerga jamlansa, umumiy tasavvur asl mohiyatga yaqinlashadi. 
Maʼnaviy kamolot jarayoni turli oʼlchamlarda amalga oshadi. Biri alohida 
shaxs umri davomida, ikkinchisi – millatning tarixiy taraqqiyotida, yana mintaqa 
miqyosida, umumbashariy miqyosda va hokazo. Bu jarayonlar, albatta, bir-biri 
bilan uzviy bogʼlanishda boʼladi. Masalan, yakka shaxs maʼnaviyatining 
shakllanishi umummilliy va umumbashariy maʼnaviy taraqqiyot darajasiga koʼp 
jihatdan bogʼliq boʼlsa, millatning maʼnaviy takomili uni tashkil etuvchi shaxslar 
maʼnaviy dunyosidagi oʼzgarishlar tufayli yuz beradi . Maʼnaviyatimizning 
rivojlanish tarixi keyinroq alohida fan sifatida batafsil oʼtiladi. Fikrimizcha, 
millatning tarixiy jarayondagi maʼnaviy takomili bilan shu millatga tegishli har bir 
shaxsning oʼz umri davomidagi maʼnaviy takomili muayyan darajada oʼzaro 
uygʼun kechadi. Chunki millatimiz uchun xos boʼlgan asosiy maʼrifat yoʼllari 
mavjud.
Milliy maʼnaviyatimiz mohiyatini toʼgʼri tasavvur qilish uchun birinchi 
navbatda uning tarixiy takomili jarayonini jiddiy oʼrganib chiqish kerak. Muayyan 
asoslarga koʼra bu jarayonni uch katta davrga boʼlish mumkin:
1. Islomgacha milliy maʼnaviyatimizning shakllanish davri.
2. Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy maʼnaviyatimiz takomili.
3. Yangi davrda milliy maʼnaviyatimiz ahvoli. 
Bu uch davrni qiyosiy oʼrganish shuni koʼrsatdiki, ular bir-birining uzviy 
davomi boʼlish bilan birga, oʼzaro tub xususiyatlariga koʼra jiddiy ravishda farq 
qilishi ham tarixiy haqiqatdir. Shu bilan birga insoniyat boshidan kechirgan bu 
davrlar har bir inson umrining ham muayyan davrlariga koʼp jihatdan uygʼun 
keladi, deyish mumkin. 

Download 211,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish