Mavzuning dolzarbligi: Ma'naviyat insondagi yaratuvchilik qudratidir, insonda ana shu qudratni shakllantirish va harakatga keltirishda shaxs ma’naviyati va ehtiyojlarining ta’sirini, unda bo'layotgan salbiy illatlarning oldini olish usul va vositalarni izlash, takomillashtirish vazifasi doimo o'z dolzarbligini yo'qotmaydi.
Kurs ishining maqsadi: Ma’naviyat va ma'rifat tushunchalarini o‘ziga xos xususiyatilari, shunday ekan, ushbu muhit qanchalik axloqiylikka, mehr- oqibat hamda go‘zallik, nafosatga moyil bo‘lsa, ma’naviyat shunchalik oson va tez shakllanib, yuksalib borishi mumkinligini har tomonlama o'rganish lozim. Kurs ishining vazifalari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Ma'naviyat tushunchasining mohiyatini o'rganish
Ma’rifat tushunchasining mohiyatini o'rganish;
Ma’naviyatning o‘ziga xos xususiyati va ijtimoiy muhitdagi o'rnini ko'rsatish;
Ma’naviyat va madaniyat shakllanishi bosqichlarini o'rganish;
Ma’rifat va ma'naviyat munosabatlarini aniqlash;
Ma’naviyatga ommaviy madaniyatning salbiy ta’sirlarni ko'rsatish;
Shaxs manaviy kamolatiga salbiy ta’sirini oldini olish muammolarini ko'rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |