Izoh: Ushbu dars davra suhbati asosida o’tkaziladi. Bunda o’qituvchi bir necha boshqa chorlovchji savollarni o’rtaga tashlaydi, talabalar esa o’z javoblar orqali erkin fikrlarini bayon etadilar.
Savol-1 (o’qituvchi) Ma’naviyatli jamiyatda iqtisodiyot ham tez taraqqiy etadi. Jamiyat a’zolarining barchasi uchun iqtisodiy sharoit yaratilib ularning totuv yashahsi uchun imkoniyat yaratiladi. Aytingchi, iqtisodiyotning o’zi nima?
Javob-1 (Talaba) Albatta ma’naviyatli jamiyatda iqtisodiyot tez taraqqiy etadi. Jamiyat a’zolarining barchasi uchun iqtisodiy sharoit yaratilib, ularning tituv yashashi uchun imkoniyat yaratiladi hamda ularning har yaratiladi hamda ularning har tomonlari ehtiyojli qondiriladi.
Lekin ma’naviyati tuban, o’q’irlik poraxo’rlik, zo’ravonlik, qonunchilik avj olgan jamiyatda faqat bir hovush kimsalar uchun iqtisodiy imkoniyat yaratiladi hamda ularning turmush darajali yuqori bo’ladi va jamiyatning qolgan a’zolari qashshoqlikka mahkum etiladi, hamda oxir oqibatda jamiyatda tartibsizlik kelib chiqadi.
Iqtisod- bu muayyan ijtimoiy tuzumdagi ishlab chiqarish munosabatlari majmuidir. Rivojlangan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida barcha islohotlarning iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini va juda keltirishdan iboratligini doimo esda tutish zarur.
Aholi turmush darajasi faqat uning daromadlarinign oshishi, sifatli iste’mol tovarlari bilan etarli ta’minlanishi asosida o’lchanib qolmaydi. Balki ma’naviyat va ma’rifat, madaniy ehtiyoj, turli shakllarda sifatli xizmat ko’rsatish bo’sh vaqtdan mazmunli foydalanish, jismoniy va aqliy yetuklik kabi ko’pgina sifat ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi, zero ularsiz yuksak turmush farovonligiga erishish bo’lamaydi.
Insonning moddiy ishlab chiqarish harayonlari va bu boradi yuzaga keladigan munosabatlarni iqtisodiyot fani o’rganadi. Abu Ali ibn Sino fanlarini tasnif qilar ekan, iqtisodiyotni xo’jalik yuritish sohasidagi amaliy fanlar qatoriga kiritadi.
O’rta asrlarda ilmlar tasnifi bilan shug’ullangan Abu Abdulloh Al- Xorazmiy xalq iqtisodiyotni xo’jalik yuritish sohasidagi amaliy falsafiy fan doirasiga kiritadi.
A.Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” asarida “Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytilur”. Mol qadrini biluvchin kishilar o’rinsiz erga bir tiyin sarf qilmas, o’qni kelganda so’mni ayamas salohiyatning jiddiy baxillik bo’lgani iqtisodning jiddiy isrifdir. Alloh bunday kishilarni suymaydi. Iqtisodga rioya qilgan kishilar hamma vaqt tinch va rohatda yashaydilar. Hozirgi kunda maqsadga yetmoq, xalqqa maqbul bo’lmoq uchun ilm va mol lozimdir. Mol topmoqlikning eng barkamol yo’li –ekinlik, hunarmandlik, savdogarlikdir. Bularning har biriga ham bilim lozim, deyiladi.
Ishlab chiqarishning o’sishi va kishilar mamlakatlar o’rtasidagi aloqalar bozor munosabatlarini keltirib chiqaradi, O’rta osiyoda bozor munosabatlari qadim zamonlardan boshlab shkallangan. Tarixiy hujjatlarning guvoh berishicha bundan ming yillar avval Buxoro va Xiva savdogarlari odamlar ko’zini quvnatib hayron qoldirgan. Tovarlar va buyumlarni Hindiston va Xitoyda, Rossiya va G’arbiy Ovropa mamalakatlariga yetkazib borganlar. O’rta osiyo bozor munosabatlarining qadimdan rivoj topganiga Buyuk ipak yo’li yaqqol misol bo’la oladi. Shunday ekan hozirgi zamon tilida ishlatilayotgan bozor iqtisodiyoti mohiyati nima? Uni qisqa bozor iqtisodiyoti mohiyati nima? Uni qisqa ifodalaydigan bo’lsak, u quyidagilarni anglatadi.
Bozor iqtisodi so’zi birinchi navbatda uzoqni ko’zlab ishlab chiqaziash, muloqot gaplashish, keltirish, savdolashsh. Ikki tomonga to’g’ri keladigan umumiy narxni, raqamni, xulosani topish demakdir. Bozor iqtisodining asosiy sharti va talabi-mumkin qadar ko’proq sifatliroq raqobatdosh mahsulot ishlab chiqishdir. Xuddi shu talablarning egn qulay sharoitlarni kapitalizm davri yuzaga keltirdi. Natijada insoniyat keyingi besh asr ichida undan oldingi hamma tarixdagidan ko’p moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarishning haqiqiy qaynar bulog’iga aylandi. Bu davrda insoniyatning haqiqiy aqliy salohiyati yaratuvchanlik imkoniyatlari namoyon bo’ladi.
Bozor munosabatlarining qonunlarini nazarpisand qilmaslik, buzish iqtisodiyotni og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin, chunonchi sobiq ittifoqda 70 yildan ortiqroq davr mobaynida bozot iqtisodiyotiga aloqasi bo’lmagan iqtisodiyotni yaratishga urinib ko’rildi. Bu sobiq mustabid tuzumga va uning halqiga juda qimmatga tushdi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng u qaysi yo’ldan borishi kerak degan masala oldimizda ko’ndalang bo’lib turdi. Yurtboshimiz I.A.Karimov mustaqillikka erishganimizning birinchi kunlaridanoq jahondahi turli mamlakatlarning tajribalarini chuqur va har tomonlama o’rganib Mustaqil O’zbekistonning bundan buyongi taraqqiyot yo’li bozor iqtisodiyoti munosabatlari yo’lidan boorish ekanligiga qat’iy ishonch hosil qildi.
Ammo bozor munosabatlarning qaysi yo’li bu uchun maqbul, qaysi birini o’zimizning bundan buyongi taraqqiyotimiz uchun tanlab olishimiz kerakligi masalasi oldimizda tuzgan muammo edi. Bozor munosabatlariga o’tish Angliyada 200 yil, boshqa mamlakatlarda 100-150 yil mobaynida Yaponiya, Quriya mamlakatlarida 20-30 yil mobaynida amalga oshgan shakllangan.
Savol –2 (O’qituvchi) Bilasizki bozor munosabatlariga o’tish-davr talabi. Biz uchun bundan boshqa yo’l yo’q. Ammo kutib o’tirishga vaqt yo’q, chunki O’zbekiston ulkan imkoniyatlar mamlakati ushbu yo’lning konsepsiyasining qoidalari nimadan iborat fikringiz?
Javob-2 (Talaba) O’zbekiston ulkan imkoniyatlar mamlakati. Bu zaminda tabiiy boyliklar, unumdor yer qudratli iqtisodiy va ilmiy –texnikaviy, insoniy va ma’naviy salohiyat mavjud. Eng muhimi bu diyorda mehnatsevar va iste’dodli xalq yashaydi. Shu sababli bu xalqning kelajagini farovon qilish uchun tezkorlik bilan mustaqil Respublikamizning bozor munosabatlariga qanday qilib, qaysi usulda o’tishini tanlab olish, bunda jahonning barcha olg’or tajribalarini umulashtirish, foydalanishni hal etish lozim edi. Buni uddasidan chiqdik. Bunda Prezidentimizning I.A.Karimov katta shijoat ko’rsatdi. Bozor munosabatlariga o’tishning jahonda orttirilgan ijobiy tajribalarni o’rganib xalqmizning tarixiy ruhiyatiga milliy xusussiyati, iqlim shart-sharoitlariga, mamalakatimizning jug’rofiy mavqeiga asoslangan o’zimizga xos va mos yo’lini tanlab oldik.
Ushbu yo’lning, konsepsiyaning qoidalari Prezidentimiz asarlarida nutqlarida, mamlakat parlamenti qabul qilgan qonunlarda xususan I.A.Karimovning “O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li ” asarida har tomonlama asoslab, bayon qilib berilgan. Bu “O’zbekiston yo’li” “O’zbek modeli” “I.A.Karimov yo’li” sifatida jahon bo’ycha yuksak baholanib kelinmoqda. Ushbu tanlangan yo’l mohiyati O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I. A.Karimov ishlab chiqgan va ilgari surgan besh tamoyilda o’z ifodasini topgan.
Bu tamoyillar faqat bizning mamlakatda emas endilikda boshqa mamlakatlarda ham tan olindi. Bu tamoyillar quyidagilar.
Birinchidan: Iqtisodiyot siyosatdan ustuvor bo’lishi kerak va buning uchun iqtisodiyot mafkuradan xoli bo’lishi:
Ikiinchidan: Davlat asosiy islohotchi bo’lishi
Uchinchidan: Qonun ustuvorligi, ya’ni qonun va qonun va qonunlarga rioya qilishning har narsadan ustunligi.
To’rtinchidan: Kuchli ijtimoiy siyosat.
Beshinchidan: Bozor munosabatlarga o’tish boqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Yuqoridagi besh tamoyilni qisqa izohlaydigan bo’lsak, ular quyidagilarni anglatadi: Birinchidan, garchi iqtisodiyot iqtisodiyot va mafkura bilan bog’liq bo’lsa-da iqtisodiyot siyosiy manfaatlarga mutlaq bo’ysundirilganda u barbod bo’ladi.
Ikkinchidan I.A. Karimovning “O’zbekiston buyuk kelajak sari (102 bet) asarida ta’kidlangan ” “Davlat asosiy islohotchi bo’lishi zarur”. Mustaqil O’zbekiston boshqariladigan ma’rifatli bozor iqtisodiyotiga o’tayotir. Unga faqat davlatning boshqaruvchilik kuchiga tayanib o’tish mumkin.
Uchinchidan, I.A.Karimov aytganidek, biz demokratik jamiyat sari borar ekanmiz, u yerda qonun ustuvorligini unutmasligimiz, qonun oldida hamma teng, uni burishda hech kim haqli emasligini bilishimiz lozim.
To’rtinchidan biz tanlagan yo’lning o’ziga xosligi shundaki, faqat ahvoli nochor qatlamlarni ijtimoy himoya qilish orqali bozor munosabatlariga o’tilishidir.
Beshinchidan yangilik hech qachon birdaniga yuzaga kelmaydi, har doim taraqqiyotga bosqichma-bosqich borilgan.
“O’zbek modeli” ning boshqa modellardan farq qiladigan xuisusiyat shundaki, u faqat iqtisodiy rivojlanish emas balki keng ma’nodagi milliy tiklanish va ijtimoiy taraqqiyot modelidir.
Savol 3 ( O’qituvchi) Iqtisodiyot va ma’naviyat chambar-chas bog’liq. Ma’naviyatsiz iqtisod va iqtisodsiz ma’naviyat yuksak bosqichda ko’tarila olmaydi. Aytingchi, oldin iqtisodiy masalalarni, vazifalarni hal qilib, so’ng ma’naviyat bilan shug’ullanish lozimmi, yoki fikringiz qanday ?
Javob 3 (talaba) Albbatta hat bir jamiyatda Iqtisodiyot va ma’naviyat o’zaro chambarchas bog’liq. Ma’naviyatsiz iqtisod va iqtisodsiz ma’naviyat yuksak bosqichga ko’tarila olmaydi. Oldin iqtisodiy masalalarni vazifalarni hal qilib so’ng ma’naviyat bilan shug’ullanish lozim deguvchilar qattiq adashadilar va aldanadilar. Bunday yo’l usul xato va noto’g’ridir.
Iqtisodning siyosatdan ustuvorligigni yurtboshimiz I.A.Karimov bozor munosabatlariga o’tishning asosiy tamoyillaridan biri ekanligi qayta-qayta uqtirib kelmoqdalar. Bundan ayrim kishilar bizga mafkura, siyosat kerak emas degan noto’g’ri xulosaga kelib, ijtimoiy fanlarga nisbatan noto’gri munosabat boshlangan davrlar ham bo’ldi.
Bu no’noq, uzoqni ko’ra bilmaydigan odamlar fikri yuqoridagi mavzularda aytganimdek ma’naviyatsiz jamiyat bo’lishi mumkin emas. Har qanday iqtisodiy masalalarni ma’lum ma’naviyat va ma’rifat sohiblari hal etadilar. Mamlakat qanchalik iqtisodiy rivojlangan bo’lsa, bu mamlakatda ma’naviyat va ma’rifat shunchalik yuksak bo’ladi. Demakki, ma’naviyati va ma’rifati yuksak inson yurt mamlakat oldida o’ziga yuklatilgan mas’uliyatni chuqur aks etadi. Shu yurt mamlakat, xalq uchun xalol fidokorona yaratuvchanlik, bunyodkorlik mehnati bilan hissasini qo’shish kerakligini teran his etadi. Shunday qilib yuksak ma’naviyat va ma’rifat yuksak iqtisod bilan, yuksak iqtisod esa yuksak ma’naviyat va ma’rifat bilan bog’lanib ketadi.
Ayrim kishilar erkin bozor iqtisodi sharoitida ma’naviy- ma’rifiy va axloqiy qadriyatlarning qiymati tushib ketadi. Madaniyat ikkinchi darajali narsaga aylanadi, ma’naviy qashshoqlik avj oladi deb da’vo qiladi. Erkin bozor iqtisodiyoti bilan ma’naviyatni bunday qarama-qarshi qo’yish mutlaqo o’rinsiz aksincha, yuqorida aytganimizdek ular bir-birlarini to’ldiradi, chunki faqat ma’naviy sog’lom , kuchli jamiyatgina islohotlarga tayyor bo’lishi mumkin.
Erkin bozor iqtisodi sharoitida iqtisosiy yo’nalish iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish, ma’naviy o’nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg’un xolda boradi.
Mana shuning uchun ham jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish XXI asr arafasu va uning dastlabki yillaridagi ustuvor yo’nalishlaridan biri ekanligini ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi oily majlisning birinchi sessiyasida belgilanib qo’yildi. Yurtboshimiz I.A.Karimov “Ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz” kitobida ta’kidlanganidek har qaysi ijtimoiy toifa va qatlamning o’ziga xos xususiyatlarini inibatga olgan xolda , umumiy gaplar bilan emas amaliy ishlar bilan ma’naviyatni yuksaltirish diqqatimiz markazida bo’lishi shart.
Savol 4 (O’qituvchi) O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati yuksak, Jumladan yirik sanoati 200 tarmoqni o’z ichiga oladi.O’zbekistonning istiqloli haqida nima deya olasiz? .
Javob 4 (Talaba) To’gri aytasiz, O’zbekistonning yirik sanoati 200 tarmoqni o’z ichiga oladi. 200 dan ziyod zavod va fabrikalarda juda ko’p sohada qo’llnadigan mashg’ulotlar ishlab chiqariladi. Respublika rivojlangan ichki transport va aloqa tizimiga egaligi bilan ham ajralib turadi, Chuninchi temir yo’llar tarmog’I uzunligi 6700 km, avtomobil yo’llarining uzunligi 80 ming km.
O’zbekiston qudratli ilmiy-ma’naviy potensiyalga ham egadir. Respublika hududida joylashgan Fanlar akademiyasi 120 dan ziyod ilmiy tadqiqot institutlari, 60 dan ortiq oily o’quv yurtlari mavjud. Ilmiy xodimlar soni 100 mingdan ortiq bo’lib, ular orasida 200 dan ortiq akademik, 2200 ga yaqin fan doktorlari va 14600 dan ziyod fan nomzodlari va dotsentlar bor.
O’zbekiston rivojlangan ko’p tarmoqli qishloq xo’jaligiga egadir. O’zbekiston qimmatbaho xom-ashyo paxta yetishtiradigan jahondagi eng yirik o’lkalardan biri hisoblanadi. O’zbekiston paxta yetishtiradigan mamlakatlar orasida jahonda 4-o’rinni va paxta maxsulotlarini ekspert qiladigan mamlakatlar ichida 2-o’rinni egallaydi. Har yili mamlskt dalalarida bog’larida 5 million tonnagacha mava va sabzavotlar yetishtiriladi. O’zbekistonning mehnatsevar iste’dodli va mahmondo’st xalqi Respublikaning chinnakkam boyligidir.
O’rta osiyoda barcha mehnat resusrslarining 40 foizga yaqini O’zbekiston hissasiga to’g’ri keladi.
Mustaqillik yillari O’zbekistonda barqarorlik va tinchlik, fuqarolar osoyishtaligi va millatlararo totuvlik saqlanib turibdi. Yaxshi qo’shnichilik va insonparvarlik o’zbeklar tabiatidagi tug’ma milliy va diniy fazilat hisoblanadi. Barcha zamonlarda O’zbekiston ko’p millatli davlat bo’lib kelgan va kelajakda ham shunday davlat bo’lib qoladi. O’zbekistonda 130 dan ziyod millat va illat vakillari bo’lgan 25 mln kishi yashaydi. Tinchlik ijtimoiy totuvlik va adovat g’oyalari bizning ajdodlarimiz qoldirib ketgan ma’naviy meros hisoblanadi.
Mustaqil O’zbekiston tanlab olgan bozor iqtisodiyoti yo’li shuning uchun ham istiqboliki bu har kishidan o’ta tadbirkorlikni hozirjavoblikni, tejamkorlikni, uddaburonlikni talab etadi.
Xullas, yuqorida aytganimizdek juda katta boyliklar mavjudligi, qudratli sanoat borasi ilmiy va intelektual salohiyat dalolat suverenteti yangi jamiyat barpo etish. O’zbekistonni rivojlangan, gullab yashnayotgan davlatga aylantirish uchun zarur bo’lgan iqtisodiy, ishtimoiy , ma’naviy, ma’rifiy asos bo’lib qoladi.