Ma’naviyat asoslari



Download 23,86 Kb.
bet2/3
Sana13.07.2022
Hajmi23,86 Kb.
#790727
1   2   3
Bog'liq
1-ma\'ruza materiali

Predmeti: «Ma’naviyat» arabcha so‘z bo‘lib «a’no» fe’lidan olingan: ruh, aql, ong, idrok, ruhiy holat, ichki kayfiyat, dadillik, jasorat, xususiyat, mohiyat, g‘amxo‘rlik, qayg‘urish didi kabi bir necha ma’nolarni anglatadi. Ma’naviyat–odamning ruhiy va aqliy olami yig‘indisidir. Ma’naviyat-jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha. Ma’naviyat - inson va jamiyat madaniyatining negizi, inson va jamiyat hayoti ma’lum yo‘nalishining bosh omili. U muayyan iqtisodiy-ijtimoiy hayot tizimining shakllanishi, o‘zgarishi yoki inqirozga yuz tutishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq etib boradi va aksincha, ma’naviyat qashshoqlashsa, jamiyat bora-bora tanazzulga yuz tutadi. Mustaqillik yillarida ma’naviyat masalalariga munosabat tubdan o‘zgarib, uning boyib borishiga kuchli e’tibor berilayotganining boisi ham shunda. Boy ma’naviyatsiz buyuk davlat qurib bo‘lmaydi. Ma’naviyat jamiyat va millat ravnaqining bosh omili va poydevoridir (Vatan tuyg‘usi. T. O‘zbekiston, 1996 111 bet).
Ma’naviyat keng tushuncha bo‘lib, ma’rifat va madaniyat tushunchalarini ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Buyuk Alisher Navoiy «ma’no ahli» deganda haqiqat yo‘liga kirgan komil insonni nazarda tutganlar. Ma’rifat –ilm, irfon, maorif ham deganidir. Demak, ma’naviyat insoning ruhiy olamidir.
Islom Karimov «Ma’naviyat-insoniyatning, halqning, jamiyatning, davlatning kuch-quvvatidir», degan edi. Binobarin, jamiyatning, insonlarning ma’naviy madaniyati qancha yuksak bo‘lsa vatanimiz O‘zbekiston shuncha tez mustahkamlanib boradi, boshqa ijtimoiy muammolarni hal qilish osonlanadi.
Yaponiya qazilma boyliklari, yer-suvi bilan gullab yashayotgani yo‘q, u ma’rifati, aqli tarixi bilan XX asrda ustivor bo‘lib turibdi. Ma’naviy qashshoq halq qachon boy bo‘lmaydi. O‘z huquqini bilmagan, o‘z qonunlari kuchini anglab yetmagan va tushunishni istamagan insoning shon-shavkati tuproq bilan tengdir.
Ma’naviyat tushunchasi ma’rifat tushunchasini ham o‘z ichiga oladi. Ma’rifat (ko‘pligi maorif) so‘zi ham arabcha bo‘lib, «arafa» fe’lidan olingan. U bilish, ma’lumot tanish, tanishish ma’nolarini bildiradi. Umuman uning lug‘aviy ma’nosi bilimdir. Atama sifatida esa u tabiat jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli- tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini bildiradi.
«Ma’ruf» so‘zi oliyhimmat, yaxshilik qiluvchi kabi ma’nolarni ifodalaydi. «Ma’ruf» so‘zi bilimlarning barcha-yo‘nalishlarini, ya’ni quyi bosqichi ( xabardorlik) dan tortib yuqori darajasi (ilm-fan) gacha bo‘lgan bosqichni ask ettiradi. Ma’rifat barcha davrlarda o‘z ko‘rinishiga esa bo‘lgan. Yunon-rim falsafasida ma’rifat so‘zi tafakkur va sof bilim deya ifodalangan. Aristotelt esa bilimni insoning eng shirin va yaxshi faoliyati deb ta’riflagan. Platonning «Mukammal bilimning, ya’ni men egallagan bilimning birdan- bir turi men o‘zim bilmagan narsalarni bilishimdir»–degan iborasi hikmatli haqiqat bo‘lib qoldi. Boshqacha aytganda, ma’rifatchilar bilimlarning cheksizligini tushunib yetganlar.
O‘rta asrlardagi islom ilm-fanida ma’rifat tushunchasi ilohiyot fanida katta bilimdonlikni, o‘qimishlilikni bildiradigan. Kishilarni ma’rifatli qilish va ularni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashda ilohiyotning ta’siri beqiyos bo‘lgan. Buyuk ajdodlarimiz Imom al-Buxoriy, Xakim at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband o‘zlarining beqiyos bilimlari bilan umuminsoniy madaniyaning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shib kelganlar. Hakim at-Termiziy «Kitob bayan-al-ilm» nomli risolasida bilimni nur ya’ni yorug‘likka Qiyoslagan. Markaziy Osiyodagi ilohiyot fanida, shuningdek, arab ilohiyot fanida «ma’rifat-aql-ilm-odob» yoki «ilm-amal-odob» tushunchalari o‘zaro bog‘liq tushunchalar hisoblangan. O‘rta asrdagi musulmon olami olimlarining nuqtai nazariga ko‘ra kishining odobi, xulqi uning ma’rifati, bilimdonligi bilan chambarchas boqliq inson qanchalik ma’rifatli bo‘lsa, uning axloqiy xulqi shunchalik yaxshi va mukammal, ya’ni axloq bilan bilim o‘zaro mustahkam bog‘langan hodisadir.
Bu boy madaniy meros bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Az-Zamahshariy: «Harakat zaif bo‘lgan joyda kuchli bilim foydasizdir. Harakatsiz bilim-ipsiz kamalak o‘qidir» degan edi. (Az- Zamahshariy. Maqolalar. Qohira, 1335).
O‘rta asrning yana bir olimi ar-Rohib al-Isfahoniyning fikricha, ilm adab yuksak unvonga, oliyjanob nasabga va boylikka tengdir. Bu uchta unsurga Sharqda ham g‘arbda ham katta e’tibor bilan qaralgan. To‘g‘ri keyingi asrlarda uchinchi unsur ko‘proq qadr topdi. Shunga qaramay, ma’rifatni voqeaga taqqoslaganda bilimga nihoyatda katta baho berilgani ma’lum bo‘ladi.
G‘arbda ma’rifatchilik XVIII asrda ya’lit oqim sifatida shakllandi, «ma’rifat» atamasi esa mashhur faylasuf Immanuil Kantning «ma’rifat nima?» nomli maqolasidan (1784-yil) so‘ng uzil-kesil qaror topdi. G‘arbning tarixiy va falsafiy fanida «ma’rifat» deganda isnon aql-idrokining kuchiga va bilimlari tantasiga cheksiz ishonch davri anglashiladigan bo‘ldi.
Ma’rifatli degani-bilimli, muayyan sohada ma’lumoti bor degani bo‘lib insonparvarlik ma’naviyat zaminidagina o‘z mohiyatiga ega bo‘ladi. Kishilarning bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya ham ma’rifat deb qaraladi. Bu so‘z ilmu urfon ma’nolarida ishlatiladi. Ma’rifatni hayotga singdirish, bilim va madaniyatning qo‘shma mazmuni bo‘lib, maorif esa ana shu mazmunni yoyish quroli, vositasidir. Maorif asosan umumiy va o‘rta maxsus bilim beruvchi maktab va yaquv yurtlari tarmoqlarini qamrab oladi. Ma’rifat tushunchasi esa kengroq bo‘lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari va sohalarini o‘zida qamraydi.
Demak, ma’rifat kishilarning ong-bilimini madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya maorif demakdir.
Ma’naviyat boya aytganimizdek madaniyat tushunchasini ham o‘z ichiga oladi. Madaniyat arabcha "madina" (shahar, kent) so‘zidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini 2 turga bo‘lib, birini badaviy yoki sahroviy turmush, ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik bu ko‘chmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi halqlarga, madaniylik esa shaharda o‘troq bo‘lib yashab shaharga xos turmush tarzida yashovchi halqlarga nisbatan ishlatilgan. Madaniyat tushunchasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi.
Keng ma’noda madaniyat tushunchasi-insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarining yig‘indisini aks ettiradi.
Tor ma’noda madaniyat atamasi jamiyatning ma’naviy hayotini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi.
Madaniyat atamasi keng ma’noda qo‘llanilib, jamiyatning ishlab chiqarish ijtimoiy va ma’naviy hayotida qo‘lga kiritilgan yutuqlar majmuini biror ijtimoiy guruh yoki halqning ma’lum davrda qo‘lga kiritgan shunday yutuqlari darajasini, o‘qimishlilik ta’lim tarbiya ko‘rganlik, ziyolilik va ma’rifatlilik hamda turmushning ma’rifatli kishi ehtiyojlariga mos keladigan sharoitlari majmuini bildiradi. BMT Bosh Assambleyasining qaroriga binoan 2000-yil "Halqaro jahon madaniyati yili" deb e’lon qilingan.
Umuman madaniyat umuminsoniy hodisa hamdir.

Download 23,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish