Manaviyat asoslari Lotin pv doc


 Mustamlakachilarning ma’naviy sohada olib borgan



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

9.3. Mustamlakachilarning ma’naviy sohada olib borgan
siyosati va uning salbiy oqibatlari 
 
Kishilik jamiyatining o‘tmishidan ma’lumki, bir xalqni o‘ziga 
tobe qilishni istagan kuchlar avvalo, uni o‘zligidan, tarixidan, mada-
niyatidan, milliy qadriyatlari-yu, ma’naviyatidan judo qilishga 
intiladi. Bosib olingan mamlakat xalqlarining madaniy-ma’naviy 
taraqqiyotini bo‘g‘ib qo‘yish bosqinchi mamlakatlar tomonidan 
mustamlakachilik tartiblarini saqlab turish va mustahamlashning 
an’anaviy yo‘llaridan biri hisoblanadi. Istilochi mamlakat itoat 
qildirilgan xalqlarni o‘ziga singdirib yuborishni, buning uchun o‘z 
mafkurasi va g‘oyalarini ularga majburan joriy etish, madaniyatiga 
shikast yetkazish, milliy tili, urf-odatlari va qadriyatlari rivojiga yo‘l 
bermaslikni o‘z siyosatining asosiy maqsadi deb biladi. Madaniyat va 
ma’naviyatni barbod etish, milliy til, urf-odatlar kamolotiga yo‘l 
bermaslik itoat ettirilgan xalqni jilovda ushlab turishning eng zarur va
nozik yo‘llaridan biri ekanligini istilochi va bosqinchilar yaxshi 
bilgan.
Bosib olingan mamlakatda ilm-fan, ma’naviyat, madaniyat 
istilochi mamlakatga nisbatan bir necha bor ustun bo‘lsa, unday joy-
larda mustamlakachilik tartibini saqlab turish oson kechmaydi. 
Bizning o‘lka esa bosqinchi chor Rossiyasiga nisbatan ma’naviy-
ma’rifiy va madaniy jihatdan ancha ustun turardi. Chor hukumati 
olimlar maslahatiga amal qilib, bizning o‘lkada qanday qilib bo‘l-
masin, o‘zlarining yerli xalqdan ustunliklarini isbotlashga va shu 
tariqa «uzil-kesil g‘alabaga erishishga astoydil kirishdilar. O‘tmish-
dagi bosqinchilar singari chor bosqinchilari ham bu sohadagi amaliy 
ishni Turkiston xalqini bir necha ming yillik tarixi, madaniyati, urf-
odatlaridan mahrum qilish, ruhan, ma’nan mayib-majruh qilishdan 
boshladilar. Bu chuqur o‘ylab, uzoqni ko‘zlab va rejalashtirib qo‘yil-


225
gan mash’um siyosat edi. Bu siyosatning zamirida chor hukumatining 
manfaatini har tomonlama himoya qilish va Turkiston xalqlaridan, 
shu jumladan o‘zbek xalqini milliy o‘zligini anglashdan butkul 
mahrum qilib, o‘tmishini unutgan, vatanparvarlik tuyg‘usidan judo 
bo‘lgan, istiqbolini ko‘rolmaydigan odamlar guruhiga aylantirish 
muddaosi turgan. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, 
«Inson uchun tarixidan judo bo‘lish hayotidan judo bo‘lish 
demakdir».
1
Ma’naviyat va ma’rifat xalqning o‘z o‘tmishini bilishi va 
istiqbolini tushunib yetishiga yordam beradi. Vatanni sevish va u 
bilan faxrlanishga da’vat etadi, dushmanlarga, bosqinchi va 
mustamlakachilarga qarshi murosasiz kurash olib borishga, erk va 
adolat uchun jasorat ko‘rsatishga undaydi. 
Ma’naviyat va ma’rifatdan mahrum xalq milliy jihatdan o‘zini 
anglab ololmaydi, taqdirga tan berib yashashni o‘ziga ep ko‘radi. 
Chor amaldorlari buni yaxshi anglagan holda Turkiston xalqlarini 
ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatdan bebahra qoldirish masalasiga 
alohida ahamiyat berdilar. 
Chorizm mustamlakachilik siyosatini Sharqda qon va qilich 
bilan joriy qilgan generallardan biri M.D.Skobelev: «Millatni yo‘q 
qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, tilini, 
san’atini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi», deb 
«bashorat» qilgan edi. Uning ana shu «dono» ko‘rsatmasi Turkiston-
dagi ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatga nisbatan amalga oshirilgan 
jaholat va yovuzliklar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. Chorizm 
Turkiston xalqlarini savodsizlik, bilimsizlik holatida ushlab turishdan 
manfaatdor edi. Uning maqsadi g‘aflat uyqusida yotgan, zamonaviy 
fan-texnika, ma’rifat yutuqlaridan bebahra, milliy ongi past, milliy
g‘ururi toptalgan xalqni talash, ezishdan iborat edi. Chor 
hukumatining mustamlaka o‘lkalardagi gumashtalari yarim podsho 
Kaufman, general – gubernator Kuropatkin, jallod Golovanovga o‘x-
shaganlar Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Toshkentdagi buyuk 
osori-atiqalarni, masjidu madrasalarni, arklaru tarixiy-madaniy 
yodgorliklarni to‘pga tutib, yer bilan yakson qildilar. 
Sho‘ro zamonida xalqimizning ming yillik tarixi, e’tiqodi rad 
etildi, o‘rniga «shaxsga sig‘inish» balosi ro‘baro‘ bo‘ldi. 
1
Каримов
И
.
А

Тарихий
хотирасиз
келажак
йўқ

Т
.; 
Шарқ
. 1998. 10-
бет



226
Prezidentimiz Islom Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» 
risolasida ta’kidlaganidek: «...sho‘rolar zamonida tarixiy haqiqatni 
bilishga intilish rag‘batlantirilmas edi, hukmron mafkura 
manfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko‘zidan iloji 
boricha yiroq saqlanardi»
1

Insonlarning ma’naviy-axloqiy yuksalishiga ko‘maklashadigan 
muqaddas kitoblar xalqdan yashirildi, ularga o‘t qo‘yildi, suvlarga 
oqizildi. Qaramlik va mutelik yillarida sodir bo‘lgan bu dahshatli 
voqea va hodisalar o‘zbek xalqining milliy ma’naviyatini muayyan 
darajada tanazzulga uchrashiga sabab bo‘ldi. 
Yuqorida qayd etganimizdek, 30-yillarning o‘rtalariga borib, 
milliy ma’naviyatimizni to‘liq yo‘q qilib tashlashga qaratilgan 
siyosat izchil amalga oshirila boshlandi. Asl ziyolilar otib tashlandi. 
Bular qatoriga Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Usmon 
Nosir kabi millatimizning, o‘nlab, yuzlab asl o‘g‘lonlarini kiritish 
mumkin. 
Navoiy, Bobur, Ulug‘bek, Yassaviy,

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish