Manaviyat asoslari Lotin pv doc


Ma’naviyatning individual



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

Ma’naviyatning individual
 
shakllari
-
har bir insonning qadri, 
haq-huquqlari, erkinligi, burchi, mas’uliyati, ijtimoiy, iqtisodiy va 
siyosiy jarayonlardagi o‘rnini, uning jamiyat, atrof-muhit va boshqa 
kishilarga ta’siri, hayotdagi mavqeyi, axloqiy qiyofasi, qiziqishlari, 
talab va ehtiyojlari bilan bog‘liq ma’naviyat shakllarining shaxsiy 
(alohida, yakka) darajada namoyon bo‘lish xususiyatlarini 
ifodalaydigan tushuncha muayyan kishi ma’naviyatining individual
 
shakllari qator ko‘rinishlarda va xilma-xil tarzda namoyon bo‘ladi. Bu 
avvalo, uning tabiatga, tashqi olamda ro‘y berayotgan jarayonlarga 
nisbatan munosabati, ushbu jarayonlardagi o‘rni va faoliyatida, turli 
irq, millat, ijtimoiy qatlamlarga mansub bo‘lgan, rang-barang 
maqsadlar va ma’naviyatga intiladigan kishilarga munosabatida 
yaqqol namoyon bo‘ladi. Ma’naviyatning individual
 
shakllari har bir 
shaxsning o‘ziga, oila, turmush, jamoa va jamiyatdagi o‘rniga 
nisbatan munosabatida, jamiyatda moddiy va ma’naviy boyliklarni 
yaratish jarayoniga qo‘shayotgan hissasida ham ko‘zga tashlanadi.
Shu bilan birga shaxsning siyosiy o‘zgarishlar, jamiyatni 
demokratlashtirishda qatnashishi, qanday ezgu maqsadlarni ko‘zlayot-
ganligi bilan bog‘liq faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Hozirgi 
davrdagi yuksak texnologiyalar, ishlab chiqarish va boshqarish 
vositalarining zamonaviy talablarga hozirjavobligi, bu boradagi shaxs 
malakasi, qobiliyati va ko‘nikmalarini takomillashtirishga intilishi 
ham ma’naviyatning individual
 
shakllarining asosiy ko‘rsatkich-


113
laridir. Insonga xos tabiiy barkamollik, jismonan sog‘lomlik, iqtisodiy 
talab va ehtiyojlarni axloqiy kamoloti va amaliy faoliyati bilan 
uyg‘unlashtira olishi, nafosati, bilimi, qobiliyati, iste’dodi, iqtidori va 
ulardan qanday maqsadlarda foydalanayotgani ham ma’naviyatning 
individual
 
shakllari darajasini belgilaydi.
Ma’naviyatning individual
 
shakllari tizimida quyidagilarni 
ajratib ko‘rsatish mumkin:
a) har bir insonning tabiiy-tarixiy qadriyatlari;
b) axloqiy qiyofasi, nafosati va go‘zalligi;
d) mehnati va iqtisodiy madaniyati;
e) individual kamoloti va ijtimoiy mavqeyi;
f) qobiliyati va iste’dodi;
j) dini, e’tiqodi, his-tuyg‘ulari.
Inson ma’naviyatining tabiiy-tarixiy jihati uning biologik jonzot, 
tirik vujud sifatidagi yashashi, sihat-salomatligi, hayot kechirish 
davrlari, bolalik, o‘smirlik, yetuklik, keksaligi bilan bog‘liq holda 
namoyon bo‘ladi. Bunday tabiiylik har bir tirik vujud kabi odam 
zotining har qanday avlodi,
qavmi, millat va elatiga tegishlidir. 
Insonning axloqiy qiyofasi, nafosati va go‘zalligi bilan bog‘liq 
ma’naviyat shakllari o‘zaro uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi, ular 
umuminsoniylikning shaxs qiyofasi bilan bog‘liq individual darajasini 
ifodalaydi. Axloqiy qiyofa, nafosat va go‘zallik bilan bog‘liq shaxsiy 
ma’naviyatning har bir shakli, kishilarning jamiyatdagi biror tipini 
ajratib ko‘rsatish uchun asos bo‘lishi mumkin. Bu shakllar esa 
nihoyatda xilma-xil bo‘lib, ular quyidagilarda ko‘rinadi: shaxs umri 
va hayotining ma’nosi, ya’ni yashashdan maqsad, xotira, meros, 
vorislik, orzu-umid, baxt-saodat va boshqa shaxsning atrof-muhit, 
vatan, davr, oila va turmushi, sevgi-muhabbati, ota-ona va farzandlari, 
turmush go‘zalligi va boshqalar bilan bog‘liq ma’naviyat shakllari; 
shaxsning erkinligi, ozodlik, tenglik, e’tiqod, axborot olish, mulkka 
egalik qilish, yashash, daxlsizligi bilan bog‘liq ma’naviyat; shaxsiy 
mas’uliyat, ya’ni ijtimoiy zaruriyatni anglashi, unga amal qilishi, 
tartib-intizomi, or-nomusi, burchi, vijdoni, qadr-qimmati va boshqa 
shaxsning nafosati, ma’naviy go‘zalligi, estetik tuyg‘usi, didi, 
madaniyati, o‘ziga, o‘zgalarga, tabiat va tashqi muhitga nisbatan 
munosabatiga aloqador ma’naviyat shakllari. Ma’naviyatning shaxsiy 
darajada namoyon bo‘lishi nisbiy xususiyatga ega bo‘lsada, ammo u 


114
alohida kishilar, ularning hayoti, faoliyati, jamiyatdagi mavqeyi va 
o‘rnini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi.
Shaxs ma’naviyati – har bir kishining o‘zini insoniyat farzandi, 
millat vakili, davlat fuqarosi deb bilgani holda o‘z Vatani tuprog‘i, 
suvi, havosi jamiki boyliklarini asrash, har bir fuqaroning huquq va 
erkinliklarini hurmat qilish, izzatini joyiga qo‘yish yo‘lida chin 
dilidan, iymon, e’tiqod, sadoqat, ishonch, halollik, dovyuraklik, 
beg‘arazlik, hurmat, fidoyilik va aqliy teranlik bilan faoliyat olib 
borishga qaratilgan ichki ruhiy va aqliy olamining majmuyini
anglatuvchi tushuncha. 
Shaxs ma’naviyati jamiyatda, ijtimoiy hayotda shaxsning baxtli 
yashashi uchun to‘g‘ri fikrlash, so‘z va amalning birligi, rost so‘zlash, 
halol mehnat qilish, xush axloqqa ega bo‘lishidan iborat.
Shaxs ma’naviyati darajasi uning kishilik jamiyatining yuksak 
axloqiy qadriyatlariga qay darajada rioya qilib yashashi bilan 
belgilanadi. Axloq inson ma’naviyatining muhim mezonlaridan biri 
bo‘lgani bois shaxs ma’naviyati deganda, avvalambor, uning axloqan 
barkamolligi, o‘z faoliyatida ma’naviy qadriyatlarga, chunonchi, 
adolat, go‘zallik va ezgulik g‘oyalariga tayanib ish ko‘rishi nazarda 
tutiladi. U insonni bunyodkorlik faoliyatiga, ezgu amallarga 
yetaklaydi, jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, 
madaniy, diniy va axloqiy qarashlarini o‘zida to‘liq mujassam 
etadigan kuch sifatida ko‘rinadi. 
Shaxs ma’naviyati deganda xalqimizning uzoq tarixi davomida 
turli sinovlardan o‘tgan, sayqal topib kelayotgan va faqat ijobiy 
fazilatlar tarzida e’zozlanadigan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar 
tushuniladi. Shaxs ma’naviyati xalqimizning turmush tarzi, urf-
odatlari hamda an’analariga, uning boy og‘zaki va yozma ijodi, 
mumtoz adabiyoti va san’atiga singib ketgan bo‘lib, inson ma’naviy 
takomilida beqiyos ahamiyat kasb etadi.
«Olim bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin»; 
«Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l»; 
«O‘zingga ravo ko‘rmaganni boshqaga ham ravo ko‘rma», 
«Yomon o‘z g‘amida, yaxshi – el g‘amida» singari hikmatlarda ham 
ajdodlarimiz ardoqlab kelgan yuksak ma’naviy fazilatlar ifodalangan.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish