Ma’naviy-axloqiy va jinsiy tarbiya reja



Download 72,72 Kb.
bet1/11
Sana10.07.2022
Hajmi72,72 Kb.
#768907
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MA’NAVIY-AXLOQIY VA JINSIY TARBIYA


MA’NAVIY-AXLOQIY VA JINSIY TARBIYA
Reja

  1. Axloqiy tarbiyani tashkil etish. Aqliy tarbiya, tafakkurni shakllantirish, dunyoqarashni rivojlantirish.

  2. Jismoniy tarbiya.

  3. Estetik tarbiya. Ekologik tarbiya.

  4. Iqtisodiy tarbiya.

5.Bugungi kunda jinsiy tarbiya

Ma'naviy-axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari. Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy
islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo‘lgan ma'naviyatga bog‘liq. Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki ma'naviy yuksalishini ham taqozo etadi.
Har qanday mafkura kabi O‘zbekiston Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri ham jamiyatda ma'naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi.
Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma'naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg‘or milliy,
ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g‘oyalari tashkil etadi.
Ma'naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.
Ma'naviyat (arabcha «ma'naviyat» - ma'nolar majmui) mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy taraqqiyotga
ijobiy ta'sir o‘tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g‘oyalar majmui hisoblanadi.
Jamiyat ma'naviyati uch muhim soha yo‘nalishida amaliy faoliyatni tashkil etish asosida shakllantiriladi:

6 - chizma. Jamiyat ma‘naviyatini shakllantiruvchi omillar.
Madaniyat («cultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish ma'nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma'naviy boyliklar tizimi.
Ma'rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me'yorlarni singdirish, ta'lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish, ularni targ‘ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi. Madaniyat («cultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish ma'nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma'naviy boyliklar tizimi.
Ma'rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soluvchi huquqiy me'yorlarni singdirish, ta'lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish, ularni targ‘ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi. Har uchala sohaning uzviy birligi asosida jamiyat ma'naviyati yuksaladi.
Demak, ma'naviyatli inson bilimli, ma'lum kasb-hunar sohibi, o‘z Vatanining sodiq fuqarosidir.
O‘z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g‘ururlana oladigan inson. O‘z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go‘zalliklaridan bahramand bo‘ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarashi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir.
Axloq esa shaxsning xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari,
qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi.
Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma'naviy-ruhiy hayotida o‘ziga xos o‘rin tutadi.
«Axloq» (lotincha – xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib,
ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir.
Axloq - ma'naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi.
Zero, axloq, axloqiy me'yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo‘lgan ma'naviy kamolotga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ma'naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxsning ma'naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.

Download 72,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish