Mana yana keldi oqshom,
Yulduzlarga to`ldi osmon,
Oy sochar yana kumush nurlarin.
Lekin oqshom o`tar afsus
Va kerakmas menga sensiz,
Oqshomning bu go`zalliklari.
Nega unday qilding sen,
Oq libosni kiyding sen,
O`ng qo`lingga uzuk taqib,
Achchiq yoshlar to`kding sen.
Nahotki unutoldingmu
Menga aytgan so`zlaringni?
Yoki baxtingni topdingmu,
Mensiz jonim, mensiz, jonim?
Ishonolmayman sira
Sensiz yolg`iz qolganimga,
Unutolmasman hech qachon seni.
Hamon ko`zlaring yodimda,
Yonimdasan xayolimda,
Yana seni eslayman tonggacha.
Nega unday qilding sen,
Oq libosni kiyding sen,
O`ng qo`lingga uzuk taqib,
Achchiq yoshlar to`kding sen.
Nahotki unutoldingmu
Menga aytgan so`zlaringni?
Yoki baxtingni topdingmu,
Mensiz jonim, mensiz, jonim? (x1+x1)
Read more: http://uz.lyricsus.com/tohir-sodiqov/nega-unday-qilding-sen/
Do'stlaringiz bilan baham: |