Mana, bir umrni yashadim sensiz, Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib



Download 45 Kb.
bet2/3
Sana11.03.2022
Hajmi45 Kb.
#489090
1   2   3
Bog'liq
@ilm manbai Zulfiya - she\'rlari

QAYDA O’Z SEVINCHIM...

O’qilmagan maktub,


Taqilmagan ziynat
Nodarkorlar ichra yotar kesakday,
Uzoqroq,
Xilvatroq kunjakka irgit
Naq jarroh pichog‘i - kayfing kesarday!
Shunday ham nobutun ko‘ksing qo‘ysin tinch!
Tuhfalardan baland,
Sinchkovlikka yot,
Sevinch!
Qayda o‘sha qaytmovchi sevinch?
Qo‘lga tutolmagum bebaho bisot!
SEN QAYDASAN YURAGIM
Qalb bo’lganda yiroqda
Iroda ekan ojiz.
Do’stlar ham ko’p atrofda,
Ammo men yakka-yolg’iz...
Birdan qalbim keksarib,
Qon ham qochdi yuzimdan.
Sen, sirdoshni axtarib,
Xayol ketar izingdan.
Qayga ketding, yuragim,
Bitdi bardosh va toqat.
Suhbatingdir tilagim,
Tilda hasratim qat-qat.
Ko’pdir aytajak so’zim,
O’gitlaringga zormen,
Yig’laysan deb do’stlarim
Ta’na qilar. Netay men?
Sovush bermaydi menga
Yoqib ketganing olov.
Netay, yetmayman senga,
O’rtaga tashlangan g’ov.
Ishqqa maskan yuragim,
Topib ber deb qistaydi.
Nima qilay, berahm-
Ruhim seni istaydi

NE BALOGA ETDING MUBTALO
O’tdi oylar g’am bilan oqib,
Dil topmadi zarra tasallo.
Firoqingda qoldim tutoqib,
Ne baloga etding mubtalo!
Ko’z ochgani qo’ymaydi alam,
Boshim qo’ysam kuydirar bolish.
Yupatolmas kitob va qalam,
Misralarim ko’tarar nolish.
Nahot shuncha mas’um, shuncha pok
Sevishmoqda alam bor shuncha?
Bardosh bermas iroda, idrok,
Tamoman lol aql, tushuncha.
Tog’day bor deb bilgan yuragim
Qush boshicha qolmadi chog’i?
G’amni yengarman deganim sarim
Yana ortar alami, dog’i.
Erib ketmagandim sevgingdan,
Bo’lmaslik-chun baxtingdan judo,
Birga qolish uchun sen bilan
Kuyaman-u, bo’lmayman ado.
BAHOR KELDI SENI SO’ROQLAB
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor.
Qancha sevar eding, bag’rim, bahorni,
O’rik gullarining eding maftuni.
Har uyg’ongan kurtak, hayot bergan kabi
Ko’zlaringga surtib o’parding uni.
Mana qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so’radi seni,
Ul ham yosh to’kdi-yu, chekildi nari.
Seni izlar ekan, bo’lib shabboda,
Sen yurgan bog’larni qidirib chiqdi.
Yozib ko’rsatay deb husn-ko’rkini,
Yashil qirg’oqlarni qidirib chiqdi.
Topmay sabri tugab bo’ron bo’ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog'laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog'ning toshini.
So’ngra jilo bo'lib kirdi yotog'imga,
Hulkar va Omonning o'pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan zafar yonog’imga
Sekin xabar berdi menga o'zidan.
Lekin yotog'imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo'ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so'ray ketdi qalbimni tilib:
«Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo'shig'i mavjlanib bir daryo oqqan?
«Baxtim bormi deya», yakkash so'roqlab
Meni she'rga o'rab suqlanib boqqan?
O'rik gullariga to'nmaydi nega
Yelda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho'x na'shidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?
Qani o'sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko'zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko'klamda sen parishonhol?»
Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, ketdim qoshingga.
U ham gaming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.
Alamdan tutoqib daraxtga ko'chdi,
Kurtakni uyg'otib so'yladi g'amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g'unchasini etdi chok-chok.
Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo'shiq.
Bu qo'shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to'liq.
Bahorgi burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo'shqin zabardast.
O'lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.
OYDINDA
Jilib-jilmas to’lin oy,
Bulut xayolday yengil,
Oy anhorda qulun toy,
Gilosda shig’il-shig’il.
Yaxlit oynaday bo’lib,
Hovuzga yoyilgan u.
Egilsam-tubdan to’lib
O’zim chiqdim ro’baro’:
Atrofim to’la saf-saf,
Ming-ming yulduz ora man.
Barin sidirg’a chayqab,
Yerga sudrab boraman.
Yerda: novda, gul, barglar,
Aksi kashta singari.
Sel unutgan ko’lmaklar
Misli oyning singani.
Yonadi parcha-parcha.
Shabnam naq yel sochgan chog’.
Har nurda shodlik qancha,
Har soya sirga to’lig’.
Sayxonlar naq nur maydon,
Uyquda barcha tovush.
Inida uxlar nodon,
Latofatni sezmas qush.
O’zimga tashlayman ko’z:
Ko’ksim, qo’limda shu’la.
Osmonga tutaman yuz,
Yel silar yog’du qo’l-la.
Eh, umr yarmin yutib,
O’tgan tunlardami ayb?
Endi bu ko’rkni tutib,
Kunduzga bermasam hayf?

TUN
Tog’ ortiga o’tib ketdi kun,
Sokin cho’kdi toza, salqin tun...
Men deraza ochganim chorbog’,
Sokin uxlar tun ko’rpasida.
Mayin qo’shiq yoyilar har yon,
Esib o’tgan yel sharpasida.
Suv oqadi allalab tunni,
Hamma uxlar, uyda men uyg’oq,
Parcha qog’oz, kichik bir qalam
Boshim uzra porlaydi chiroq.
Tunda qancha xayol, qancha kuy,
Men berilib quloq solaman.
So’z topolmay ifodasiga,
Rang axtarib shoshib qolaman.
Sof yel esar... Parvona uchar,
Chiroq atrofida o’rgilib,
O’zin urib part bo’ladi-yu,
Stolimga tushadi kelib.
Men yozaman, yulduzlar o’tar,
Har birisi so’ylar bir ertak.
Mana, Hulkar qarshimda chaqnar,
Yorqin tongdan keltirib darak.
Tun o’tadi, yana chorbog’dan
Ko’tarilar sahargi tuman.
Men-chi, asta chiroq so’ndirib,
Otayotgan tongni kutaman.
Ko’zlarimda erib ketdi tun,
Yoyilmoqda yorqin juvon kun...


Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish