MAN Auto-Uzbekistan Guruh-mn320 Tayyorladi: ruziyev u Tekshirdi: sattorova n
Mavzu : Xalqaro biznes yuritishning òziga xos xususiyatlari
, - - «JV MAN Auto-Uzbekistan» O'zbekiston-Germaniya qo'shma korxonasi 2009 yilning 9 avgustida Vazirlar Mahkamasining 07.08.2009 yildagi 224-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.
- O'zbekiston tomonidan muassis hisoblangan "O'zavtosanoat" aktsiyadorlik kompaniyasi hamda Germaniyaning dunyoga mashhur "Man Truck&Bus Group" kompaniyasi hamkorligida yurtimizda og'ir yuk ko'taradigan "MAN" avtomobillarini ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yildi.
- Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yil 16 fevralda qabul qilingan «Og'ir yuk ko'taradigan avtomototransport vositalarini ishlab chiqarishni kelgusida rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga muvofiq, O'zbekistonda og'ir yuk tashuvchi MAN avtomobillarini ishlab chiqarish va ularga xizmat ko'rsatish kompleksi qurilishiga asos solind.
-- Ushbu ixtisoslashtirilgan markazda malakali ishchilari bir yilda 1,5 mingdan ortiq yuk avtomobili va maxsus texnikani ta'mirlash hamda ularga xizmat ko'rsatish imkoniyatiga ega. Kelajakda bu ko'rsatkichni yiliga 4 mingta yuk avtomobili va avtobusga etkazish ko'zda tutilmoqda.
-- 2012 yilning 30 iyul kuni MAN rusumidagi tyagach, shassi va maxsus texnika ishlab chiqaradigan, MAN dilerlik va servis markazi yonginasida joylashgan yangi yig'ish zavodining ochilish marosimi bo'ldi.
-- MAN yuk avtomobillarining qudratini avtomobil va temir yo'llarni qurish hamda rekonstruktsiya qilish, shaharlararo yuk tashishda ko'rish mumkin. Ulardan “O'zavtoyo'l” aktsiyadorlik kompaniyasi, “GM Uzbekistan” AJ, “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi, Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi, “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik kompaniyasi, “Angren” logistika markazi, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, “O'zdonmahsulot” ochiq aktsiyadorlik jamiyati, “12-trest” qurilish kompaniyasi, “Bekobodtsement” ochiq aktsiyadorlik jamiyati, Navoiy hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari va boshqa ko'plab korxonalar, jumladan, xususiy kompaniyalar samarali foydalanmoqda. Bugungi kunda zavodda tayyorlangan MAN yuk mashinalarini Andijon, Buxoro, Qarshi, Qo'qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarqand, Toshkent va Urganch shaharlarida joylashgan korxonaning 14 ta dilerlik hamda servis markazida xarid qilish mumkin va ularda sifatli texnik xizmat ko'rsatilmoqda.
Samarqandda atigi olti oy ichida MAN dilerlik va servis markazi tashkil etildi. Qisqa vaqt davomida og‘ir yuk ko‘taradigan avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash, mexanik, elektr texnik va shinalarni montaj qilish ishlarini amalga oshirish uchun zamonaviy servis korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
2011-yil oxirida korxonaning ishlab chiqarish liniyasi atigi to‘rt rusumdagi yuk mashinasidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, bugun 50 turdan ortiq maxsus yuk mashinalari va maxsus texnika ishlab chiqarilmoqda. Joriy yilda korxonada 25—30 tonna yuk ko‘taradigan samosvallar, kombinatsiyalangan yo‘l mashinasi, 25m³ sig‘imga ega FAUN chiqindi tashish mashinasi, 6 va 8 m³ sig‘imga ega Betamix mikserlari hamda 35 m³ sig‘imga ega sement tashish mashinasini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
Turi
|
Model
|
Ogʻir yuk mashinalari
|
TGS 19.360, TGS 19.400 (Standart / Comfort), TGS 26.400 (Medium / ADR), TGS 33.480, CLA 18.280
|
Samosvallar
|
CLA 18.280, CLA 26.280, TGS 33.360, TGS 41.400, TGS 40.400
|
Beton aralashtirgichlar
|
CLA 18.280, CLA 26.280, TGS 33.360, TGS 41.400
|
Suv tashgichlar
|
CLA 18.280
|
Avtogudronator
|
CLA 18.280
|
Avtokran
|
CLA 26.280
|
Kran-boshqaruvchi
|
CLA 16.220
|
Axlat tashuvchi
|
CLA 16.220
|
Suv sepuvchi
|
CLA 18.280
|
Pritseplar, yarim-pritseplar
|
barcha turdagi pritseplar
|
Furgonlar
|
barcha turdagi furgonlar
| E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |