Mu’iniddin Juvayniy
Barcha olimlar va hikmat ahllari Na’im (ne’mat) jannatiga faqat nafsoniy orzu-havaslarini tark etish
bilan yetajaklari haqida bir fikrda bo‘lganlar.
Ja’far ibn Homid
Rivoyatlardan ma’lumki, hind olimlari ko‘p umr ko‘radilar, ularning fikr qilish qobiliyati ham kuchliroq.
Buning asosiy sababi ovqatni kam iste’mol qilishdadir.
Majididdin Xavofiy
Bechora eshakki betamizdir,
Yuk ko‘targani uchun azizdir.
Sa’diy Sheroziy
Mansabdor mol to‘playdi, oqil esa - fazilat.
Mu’iniddin Juvayniy
Yunon faylasuflari avom xalqi uchun emas, balki yuqori tabaqalari uchun usul va qoidalar ishlab
chiqqanlar.
Abu Rayhon Beruniy
Oqilning qo‘rs odam bilan suhbatda bo‘lishi johilning aysh-ishratga mukkasidan ketishiga o‘xshaydi.
Mu’iniddin Juvayniy
Qalb sirlarning idishidir, lablar uning qulfi, til esa kalitidir. Bas, har bir kishi sirining kalitini saqlasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |