Abdulloh ibn Umar
Kim musulmon bo‘lib, badani ham sog‘lom bo‘lsa, unda dunyo va oxirat ne’matlarining kattasi
jamlanibdi. Chunki dunyo ne’matlarining sayyidi - salomatlik, oxirat ne’matlarining sayyidi - Islomdir.
Bakr ibn Abdulloh Mazaniy
Alloh o‘rtaga qo‘ygan mashru’ (qonuniy) yo‘l bilan topganlaringga qanoat qil. Halol bo‘lmagan biron
narsani o‘zingga mol deb bilma. Halol molingni va halol topganingni o‘z o‘rnida sarfla. Shunda dunyo
sevgisi senga zarar bermaydi.
Abu Hozim
Hukmdorlarning va qirollarning dabdabali yashashlariga qarama, ularning qanday tezlik bilan bu
olamdan ko‘chib ketayotganlariga va hayotlarining xotimasi yomonligiga qara.
Do'stlaringiz bilan baham: |