Majididdin Xavofiy
Bandaning qalbi yomonlikdan poklanishi uchun unga solihlar bilan suhbatlashishdan ham foydaliroq
narsa yo‘q. Shuningdek, fojirlar bilan hamsuhbat bo‘lishdan ko‘ra katta zarar yo‘q.
Ahmad ibn Hanbal
Aqlli kishining tili yuragining ortida bo‘ladi, ahmoqning yuragi tilining orqasida bo‘ladi.
Ali ibn Abu Tolib
Nodonlik ovining o‘ljasi hasrat,
Nodonlik bahorin yomg‘iri kulfat.
Mirzo Bedil
Belgi bo‘lsa, odam yo‘lda adashmaydi, aqli bo‘lsa, kishi so‘zda adashmaydi.
Mahmud Qoshg‘ariy
Aqldek xazina yo‘q, jahldek faqirlik yo‘q, odobday meros yo‘q, mashvaratdek yordamchi yo‘q.
Ali ibn Abu Tolib
Sharq Haqni topdi…
www.ziyouz.com кутубхонаси
39
DUNYONING MUHABBATI VA OXIRAT NADOMATI
Mol-dunyoni qancha termagin, u tugaydi, ozayadi. Yozilsa-chi, so‘z abadiy qoladi, olamni kezadi.
Yusuf Xos Hojib
Allohga osiy bo‘lmaslik - ulug‘likdir. Dunyoni oxiratdan afzal ko‘rmaslik - hakimlikdir.
Yahyo ibn Maoz
O’lim yo‘lda turib, bizni kutmoqda. Inson esa sayr qilish va umrni behuda sarflash bilan ovora.
Do'stlaringiz bilan baham: |