Mutarrif ibn Shixxir
Eh, bizlar bu dunyoda faqir va bechorahol bo‘lishdan qo‘rqamiz. Ammo oxiratda faqir, nochor va
rasvoyi jahon bo‘lishdan qo‘rqmaymiz. Holbuki, biz - bandalarning yaxshi amallarga faqiru kambag‘al
bo‘lishimiz bu dunyodagi kambag‘alligimiz va nochorligimizdan qo‘rqinchliroq va uyatliroqdir.
Yahyo ibn Maoz
Dunyoning musaffoligi ketgan, oqavasi qolgan. O’lim musulmon uchun sovg‘adir.
Abdulloh ibn Mas’ud
Allohga ont ichib aytamanki, pul aziz qilgan har insonni Alloh xor aylagay.
Hasan Basriy
Pul - munofiqlarning tizgini, ular otashdan qochmoqchi bo‘lib turganlarida pul tizgin bo‘lib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |