Hal qiluv qarori:
Asoslantiruvchi qism:
24-sonli plenum qaroriga ko’ra, sud har bir ish bo‘yicha arizachi tomonidan qonun bilan belgilangan sudga murojaat qilish muddatlariga rioya qilinganligini aniqlashi, mazkur muddatlar buzilganda esa, manfaatdor shaxs ushbu holatga e’tibor qaratganligidan qat’i nazar ularning o‘tkazib yuborilishi sabablarini muhokama qilishi lozim. Arizachi K.A. MSIYuTK da belgilangan protsessual muddatlarga amal qilmagan va muddatni o’tkazib yuborgan. O’tkazib yuborilgan muddatni tiklash bo’yicha ham hech qanday iltimosnoma kiritmagan. 24-sonli plenum qarori 19-bandiga ko’ra, agar sudga murojaat qilish muddati o‘tkazib yuborilgan yoki o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash sud tomonidan rad etilgan bo‘lsa, arizani qanoatlantirish rad qilinadi.
Qaror qismi
Arizachi K.A.ning Guliston MFYning 2018 yil 15 iyundagi 222-sonli hamda, tuman hokimining 2018 yil 14 avgustdagi 333-sonli qarorlarini haqiqiy emas deb topish to’g’risidagi arizasi qanoatlantirilishi rad etilsin.
Hal qiluv qaroridan norozi taraflar hal qiluv qarori e’lon qilingan kundan boshlab 1 oy muddat ichida yuqori turuvchi sudga apellatsiya tartibida shikoyat, prokuror esa protest keltirishga haqlidirlar.
6-kazus. Arizachi K.A. maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilib, tuman hokimining 2018 yil 16 apreldagi 222-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni va ariza (shikoyat) bilan murojaat qilishning o‘tkazib yuborilgan muddatini uzrli deb topish va ushbu muddatni tiklashni so‘ragan.Birinchi instansiya sudining 2019 yil 11 maydagi ajrimi bilan ariza (shikoyat) bilan murojaat qilishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma rad etilib, ariza qaytarilgan.Arizachi kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, birinchi instansiya sudining 2019 yil 11 maydagi ajrimini bekor qilishni so‘ragan. Kassatsiya shikoyatiga kassatsiya shikoyatini berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini uzrli deb topish haqidagi iltimosnoma ilova qilingan.Kassatsiya instansiyasi sudining 2019 yil 9 sentyabrdagi ajrimi bilan arizachining kassatsiya shikoyatini berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini uzrli deb topish haqidagi iltimosnomasi rad etilib, kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish rad etilgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.
JAVOB.
Arizachi : K.A
Javobgar : tuman hokimi
Nizo predmeti :
birinchi instansiya sudi uchun : tuman hokimining 2018 yil 16 apreldagi 222-sonli qarori;
kassatsiya uchun : birinchi instansiya sudining 2019 yil 11 maydagi ajrimi
Ariza asosi : tuman hokimining 2018 yil 16 apreldagi 222-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni va ariza (shikoyat) bilan murojaat qilishning o‘tkazib yuborilgan muddatini uzrli deb topish va ushbu muddatni tiklash
Kazusdagi asosiy muammoli holat o’tkazib yuborilgan muddatda murojaat qilganda ariza qabul qilinishi kerakmi yo qaytarilishi kerakmi ?
Kazusda 1-instansiya muddat otkazib yuborilgani uchun qaytarilgan.
MSIYTK asosida birinchi navbatda arizani qaytarish asoslarini ko’rib chiqamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |