O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 2412-modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, xuddi shuningdek tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) o‘tkazish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
2. Davlat boshqaruvida qonuniylikni ta'minlashda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakilning roliga to’xtalib o’tamiz. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil mansabdor shaxs bo‘lib, u tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini, mazkur huquqlar va qonuniy manfaatlarga davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar (davlat organlari) tomonidan rioya etilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 29.08.2017 yildagi O‘RQ-440-son O‘zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil 12-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning tadbirkorlik subyektlarining shikoyatlarini va boshqa murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi «Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida quyiddagicha norma bor:
Belgilansinki, 2019-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu norma 2019-yilning 1-apreldan boshlab joriy etilgan. Bizning kazusdagi holatda tekshiruvchilar 2019-yilning 15-mayida kelishmoqda.
Demak, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni nazorat qiluvchi organlar sirasiga kiruvchi Toshkent shahar o'simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil qonuniy vakolatga ega.