36. KAZUS Vaziyatga huquqiy baho bering. JAVOB Ma’muriy nazorat. Davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlash usuli sifatida Ma’muriy nazorat jamiyat va davlat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan umummajburiy qoidalarning ijro xokimiyati organlari, shuningdek, tijorat va notijorat tashkilotlari, shuningdek, fuqarolar tomonidan aniq bajarilishiga yo‘naltirilgan davlat va maxsus vakolatli ijro xokimiyati organlarining (mansabdor shaxslarining) aloxida turini o‘zida aks ettiradi. Ma’muriy nazorat davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat nazoratining maxsus ko‘rinishidir. Nazorat faoliyati dastlabki, joriy va keyingi nazoratlarni o‘z ichiga oladi.
Nazorat turlaridan bu controlga kiradi kasuzimizdagi . control bu tashkiliy juhatdan bir biriga bo’ysinadigan va yuqori turuvchi organ tomonidan quyi turuvchi organ tekshiradi va yuqori turuvchi organga quyi turuvchi organ tomonidan qilingan qonunga zida harakatlar uchun ma’muriy ogahlantirish , ma’muriy cheklov va ma’muriy jazo berish huquqiga ega .
Ma’muriy akt — Ma’muriy organning ommaviy huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishga, o‘zgartirishga yoki tugatishga qaratilgan hamda ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud muayyan xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan shaxslar guruhi uchun muayyan huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi ta'sir chorasi.
Bu ma’muriy hujjat – jismoniy shaxsni huquqini vujudga keltiryapti. Ma’muriy prinsiplarda ishonchlilikni buzgan
8-modda. Ishonchlilik prinsipi 64-modda. Ma’muriy shikoyatni berish muddati 63-modda. Ma’muriy shikoyat qilish tartibi Bundan kelib chiqadikii ma’muriy hujjat ustidan qilgan shikoyat birda sudga emas yuqori turuvchi organga murojaat qilishi kerak .
37-38-39-40 YOQ37. Fuqaro J. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarni anlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3755-sonli Qaroriga muvofiq O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasida tashkil etilgan “Taraqqiyot” Respublika tanlovida ishtirok etadi. Tanlov veb-portali orqali fuqaro J.ning jo‘natgan hujjatlari tanlov shartlariga mos kelganligi, uning anketalarida ishtirokchilarga qo‘yilgan talablarga zid holatlar aniqlanmaganligi tufayli, dastlabki to‘rt bosqichdan yuqori natijalar bilan o‘tadi. Komissiya tomonidan “Soliq va bojxona sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi” nomenasiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi “Yozma tahliliy material bosqichi” natijalari e'lon qilinganidan so‘ng, fuqaro J. rahbarlik lavozimlarida ishlamagan nomzod sifatida tanlov ishtirokchilari ro‘yxatidan chiqariladi. Fuqaro J. bundan norozi bo‘lib, Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” Respublika tanlovini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha komissiyaning uni tanlov ishtirokchiligidan chiqarishda ifodalangan xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topib, Komissiya zimmasiga uni tanlovda ishtirok etish huquqlarini tiklash majburiyatini yuklashni so‘rab Chilonzor tumani ma'muriy sudga murojaat qiladi. Chilonzor tumani ma'muriy sudi, “Taraqqiyot” Respublika tanlovini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha komissiyasi ma'muriy organ emasligi, shunga ko‘ra fuqaro A.ning shikoyatda keltirgan talablari ma'muriy sudning sudloviga taalluqli emasligini asos qilib, shikoyatni ish yurituviga qabul qilishni rad etish haqida ajrim chiqaradi. Vaziyatga huquqiy baho bering.