Ma’muriy rejim


JAVOB Ushbu kazusga javob berishda quyidagi muammolarni ajratib olishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Birinchidan



Download 0,66 Mb.
bet41/77
Sana22.06.2022
Hajmi0,66 Mb.
#692993
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77
Bog'liq
ma\'m uriy yakuniy javoblar (3)NEW

JAVOB
Ushbu kazusga javob berishda quyidagi muammolarni ajratib olishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi.
Birinchidan: ushbu vaziyatda vakolatli organining yetishmayotgan hujjat uchun murojaatni rad etishi to’g’rimi?
Ikkinchidan: ushbu masala qanday hal etilishi lozim?
Birinchi muammoga javob: “Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida” gi qonunning 3-moddasiga muvofiq, ushbbu qonun davlat xizmatini ko’rsatish bilan bog’liq tartib-taomillarga ham tadbiq etiladi. Shuni inobatga olgan holda, vaziyatga ushbu qonun asosida huquqiy baho berib o’tamiz. Qonunning 45-moddasida keltiriladiki, Agar arizaga doir ilovada qonunchilikka binoan talab qilinadigan yoki arizachi havola qilayotgan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, ularsiz ma’muriy hujjatni qabul qilish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ma’muriy organ arizachiga yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatini, buning uchun muddat belgilagan holda, berishi kerak.
Xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish uchun ma’muriy organ tomonidan belgilanadigan muddat, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, besh ish kunidan kam bo‘lmasligi lozim. Ma’muriy organ arizachining iltimosnomasiga binoan ushbu muddatni besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddatga uzaytirishi kerak. Ma’muriy ish yuritish muddatining o‘tishi xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish vaqtida to‘xtatib turiladi.
Ikkinchi muammoga javob: bunday holatda ma’muriy organning xatti harakati ustidan manfaatdor shaxs, yqori turuvchi organga yoki ma’muriy sudga shikoyat berishi mumkin. Qonunning 62-moddasiga muvofiq, a’muriy hujjatlar ustidan;
protsessual hujjatlar ustidan, agar ularning ustidan shikoyat qilish ushbu Qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa;
ma’muriy harakatlar ustidan, shu jumladan ma’muriy hujjatni qabul qilishni rad etish yoki uni tegishli muddatda qabul qilmaganlik ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
Vakolatli organning rad etishini ma’muriy harakat denb oladigan bo’lsak, manfaatdor shaxs uning ustidan shkoyat qilishi mumkin. qonunning 63-moddasida ma’muriy shikoyat qilish tartibi keltirib o’tiladi. Manfaatdor shaxs ma’muriy shikoyatni qonunchilikka muvofiq ma’muriy shikoyatlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan yuqori turuvchi ma’muriy organga yoki boshqa vakolatli ma’muriy organga ustidan shikoyat qilinayotgan ma’muriy hujjatni, protsessual hujjatni qabul qilgan yoxud ma’muriy harakatni amalga oshirgan ma’muriy organ orqali berishi mumkin.
Ma’muriy shikoyatni olgan ma’muriy organ u kelib tushgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida ma’muriy shikoyatni yuqori turuvchi organga yoki ushbu ma’muriy shikoyatni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan boshqa ma’muriy organga ma’muriy ish bilan birga yuboradi.
Manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat ustidan berilgan ma’muriy shikoyatni ma’muriy tartibda ko‘rib chiqish natijalaridan norozi bo‘lgan yoki yuqori turuvchi ma’muriy organ mavjud bo‘lmagan taqdirda, ma’muriy hujjat ustidan sudga shikoyat qilishga haqli.
Qonunchilikda ma’muriy hujjat ustidan ma’muriy shikoyat berilishi mumkin bo‘lgan boshqa organ belgilanishi mumkin

Ushbu vaziyatimizni ma’muriy tartib taomillar togrisidagi qonun prinsiplariga asoslangan holda tahlil qilamiz.



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish