29-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi natijalari ustidan shikoyat qilish
Fuqarolar yig‘inining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi natijalari bo‘yicha qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
O‘zbekiston respublikasining ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi
185-modda. Ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) bilan sudga murojaat etish huquqi
Manfaatdor shaxs ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining qarorlarini haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to‘g‘risida ariza (shikoyat) bilan, agar bu qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli:
uning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzgan;
uning huquqlari, erkinliklarini amalga oshirishga va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga to‘siqlar vujudga keltirgan;
uning zimmasiga qonunga xilof ravishda biror-bir majburiyat yuklagan;
uning u yoki bu sohadagi faoliyatni amalga oshirishi uchun boshqa to‘siqlar vujudga keltirgan deb hisoblasa, sudga murojaat qilishga haqli.
8-kazus
Fuqaro Boykuvatov Alisher Tuymaevich Ma’muriy sudga murojaat qilib, hokim tomonidan chiqarilgan qarorni bekor qilishni so‘ragan. Vaziyatdan ma’lum bo‘lishicha, Chiroqchi tuman hokimining 12.09.2013 yildagi X-738/09-sonli qarori bilan unga o‘zi yashab kelayotgan "Paxtaobod" MFYga qarashli "Sohibkor" fermer xo‘jaliklari hududidagi tuman hokimligini zahira yer fondidan "issiqxona" qurish uchun xo‘jalik yerdan foydalanish xaritasining 69q-konturidan jami 1,0 gektar qurigan tutzor yer maydoni ajratib berilgan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu yer maydonidan dehqon xo‘jaligi hisobida foydalanib kelganligini, u ushbu yer maydoniga issiqxona qurishi lozim bo‘lsada, lekin yer maydoni eski qabriston joyi va toshloq joydan iborat bo‘lganligini, davlatdan bir so‘m ham kredit olmasdan oila a’zolari bilan birgalikda o‘z yonidan o‘zlashtirib, tekislab, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan pomidor va shunga o‘xshash boshqa ekinlarni ekib, parvarishlab, foydalanib kelganligini, yerdan noqonuniy ravishda foydalanmaganligini, 2014-yil
9-iyul kuni №219-son bilan “Karimova Dilshoda Shermamatovna” nomi bilan dehqon xo‘jaligi hisobida ro‘yxatdan o‘tganligini, dehqon xo‘jaligi nizomini
1.1-bandida dehqon xo‘jaligi oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan doimiy egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirishi va realizasiya qilishligi, 1.3 bandida dehqon xo‘jaligi davlat majburiyatlari yuzasidan davlat esa dehqon xo‘jaligi majburiyatlari yuzasidan javob bermasligi, 2.1 bandida dehqon xo‘jaligi o‘z tomorqasida etishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan oilasini ta’minlashligi va ortiqcha qismini sotishligi ko‘rsatilganligini, Chiroqchi tuman prokuraturasi tomonidan tuman hokimi nomiga 2020-yil 24-iyul kuni protest kiritilgan bo‘lib, tuman hokimi o‘zining 2020-yil 1-dekabr kunidagi HQ-2005/12-sonli qarori bilan tuman prokurorining protestini qanoatlantirib, tuman hokimligini 12.09.2013 yilgi X-738/09-sonli qarori bekor qilinganligini, tuman hokimi qarorni bekor qilishda holatni atroflicha o‘rganmasdan, uni tinglamasdan, shoshma-shosharlik bilan barvaqt xulosaga kelganligini, tuman prokuraturasi va hokimligi bu holatlarni atroflicha o‘rganmasdan oddiy bir holdek uning mehnatlarini inobatga olmasdan qarorni bekor qilib yuborganliklarini, shu sababli suddan shikoyat arizani qanoatlantirishni so‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |