Ijtimoiy
borliq
- bu jamiyatning moddiy iqtisodiy hayoti. Bu moddiy ishlab
chiqarish va kishilarning buyumlashgan amaliy faoliyatidan iborat.
I
jtimoiy ong
- jamiyatning ma’naviy-ruxiy hayoti. U kishilar fikr-o‘yi,
his-tuyg‘u va kechinmalari, urf-odat va an’analari, g`oyalari,
qarashlari va nazariyalarini o‘z ichiga oladi. Shu ma’noda ijtimoiy
ong yakka odam-individ ongidan farqlanadi. Individual ong odam
tug‘ilganida paydo bo‘lib, uning o‘limi bilan o‘z nihoyasiga etadi.
Yakka odamning o‘y-fikrlari, qarashlari, jamiyatnikidan tafovutlanishi
unga muvofiq yoki nomuvofiq, xatto zid bo‘lishi mumkin. Ayrim buyuk
zotlarning dohiyona g‘oyalari ijtimoiy ongga kuchli, ba’zan inqilobiy
ta’sir ko‘rsatish qudratiga ega bo‘ladi. Shunga qaramay individ ongi
u yoki bu darajada ustivor, hukmron g‘oya va nazariyalar ta’sirida
bo‘ladi. Jamiyat individlar jamlanmasi bo‘lgani kabi ijtimoiy ong
jamiyat a’zolariga xos eng umumiy va mushtarak ong xususiyatlarini
mujassamlashtirib ifoda etadi. Shu bilan birga ijtimoiy ong kishilar
uyushmasiga xos jamoaviy (korporativ) va sinfiy ongdan ham
farqlanadi, chunki u mohiyat – e’tibori bilan yakkalik ham, umumiylik
ham emas, balki jamiyat a’zolari ongini ifoda etuvchi eng
umumiylikdir.
Urf-odat, marosimlar ichida umrboqiylari ham (masalan, Navro‘z,
hosil bayrami, xotirlash kuni), mazmunan eskirganlari ham (dabdabali
to‘y- hashamlar yoki dafn marosimlari, xurofot va bidatlar) bo‘ladi.
Mustaqillik tufayli zamonga hamoxang, asl o‘zbekona urf-odatlar
qayta tiklanyapti, mazmunan boyitilyapti. Biroq asrlar mobaynida
turmushga singgan odatlar, shu jumladan, yomon odatlar ham
yashovchan bo‘ladi. Aytaylik, poraxo“rlik, yulg‘ichlik, terro‘rchilik,
giyoxvandlik kabi istiqlol ma’naviyatiga yot illat, odatlarni kishilar
ongidan birdagina siqib chiqarish qiyin. Buning uchun, bir tomondan,
ularni takror hosil qilayotgan ijtimoiy ildizlarni qirqish, ikkinchi
tomondan,
ma’naviy-axloqiy
tarbiyani
kuchaytirish,
ijtimoiy
munosabatlarni sog‘lomlashtirish kerak.
Ijtimoiy ongning yuqori darajasi bo‘lmish nazariy ong ilmiy bilimlar va
mafkuradan iborat. Kundalik ong elementlari tashqi turtkisiz o‘z
xolicha tarkib topsa, ilmiy bilimlar va mafkura aniq metodologik
tamoyillar asosida va maqsadga muvofiq ilm ahli, arboblar,
mutaxasislar tomonidan yaratiladi.
Ilmiy bilimlar manbai fandir. U borliqning in“ikosidan boshqa narsa
emas. Ingliz faylasufi G.Sisitenning tabiricha, fan bu tartibga solingan
bilimdir. Fannning tarixiy ildizlari eramizdan oldingi IV asrga, aqliy
nazariy faoliyat jismoniy mehnatdan ajralib chiqqan davrlarga borib
taqaladi. Fanning ijtimoiy mohiyatini ta’kidlab, atoqli olim
A.Eynshteyn «Fan tafakkurning dunyoda biz bilgan hodisalarini
ma’lum uslub vositasida bir erga jamlash yo“lida ko‘p asrlik xormay-
tolmay qilgan mehnatidir», - degan edi. Tabiiy, ijtimoiy, gumanitar,
texnikaviy bilimlar vositasida inson borliqni to‘laqonli ask ettiradi,
qonunlarni ifodalaydi, nazariy o‘zlashtiradi va takror hosil qiladi.
Yangi O‘zbekistonga yangi mafkura zarur. U tayyor holda qo‘lga
kiritilmaydi. Balki millatning o‘tmishi, buguni, kelajagini chuqur idrok
etib, ilg‘or dunyoqarash va tafakkurga asoslanib shakllantiriladi va
hayotga singdirib boriladi. Respublikamiz konstitutsiyasida g‘oyalar
xilma-xilligi qonunlashtirilgan va huquqiy kafolatlangan. Shunga ko‘ra
hech bir mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilishi mumkin
emas. Mustaqillik davri milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini
qo‘ydi.
Uning o‘zagini, xalqni, millatni jipslashtirishga qodir maqsad,
muddao bo‘lmish «milliy g‘oya» tashkil qiladi. Prezidentimiz ilgari
surgan «O‘zbekiston kelajagi – buyuk davlat» shiori xalqqa
yaratuvchilik ilhomi, kuch bag‘ishlovchi ana shunday milliy g‘oyadir.
Milliy istiqlol mafkurasi,
Do'stlaringiz bilan baham: |