Ma‘mun-universiteti



Download 0,61 Mb.
bet36/91
Sana06.05.2023
Hajmi0,61 Mb.
#935781
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91
Bog'liq
Asosiy Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Inson psixikasini tizimi
Olimlar inson psixologiyasi va hulq-atvorini o’rganishda ularni bir tomondan, organizmning biologik tuzilishi va faoliyati nuqtai nazaridan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy rivojlanish qonunlari yordamida tushuntirib berishga harakat qiladilar. Birinchi vaziyatda psixika va hulq-atvorning irsiyat bilan belgilanadigan tug’ma, anatomiya va fiziologiya bilan bog’liq bo’lgan genotipga tegishli xususiyatlar namoyon qilinadi va tadqiq etiladi. Bunda ruhshunoslarning tadqiqot predmeti bo’lib inson organizmi faoliyatining tabiiy qonunlari bilan bog’liq ravishda psixikaning rivojlanish jarayoni xizmat qiladi. Ikkinchi vaziyatda psixika va odam hulq-atvorining uning jamiyatda tutgan o’rni, bajaradigan ijtimoiy vazifasi, atrofdagi odamlar bilan turlicha munosabatlari bilan bog’liqligi tadqiq etiladi. Shunday qilib, individual hulq-atvordan tashqari ruhshunoslar, shuningdek, odamlarning shaxslararo munosabatlarini ham o’rganadilar. Psixikaning rivojlanishi deb tirik mavjudotlar psixikasining ketma-ketlik bilan taraqqiy etuvchi (garchi tanazzulning ayrim holatlarini namoyon qilsada) qaytmas miqdoriy va sifat o’zgarishlariga aytiladi.
Psixikani aks ettiruvchi-boshqaruvchi noyob hodisa sifatida tushunish uchun aks ettirish – jismning umumiy xossasi ekanligini e’tiborda tutish lozim.
Yer yuzida hayotning birlamchi belgilari 2-3 milliard yil avval, dastlab asta-sekin murakkablashib borgan kimyoviy, organik birikmalar, so’ngra esa sodda tirik hujayralar ko’rinishida paydo bo’lgan. Ular tiriklikka xos bo’lgan rivojlanish, yaratish va orttirilgan, irsiyat tomonidan belgilangan xossalarni keyingi avlodga o’tkazish xususiyati bilan bog’liq bo’lgan biologik evolyusiyani boshlab berganlar.
Ma’lum psixik xususiyatlarga ega bo’lgan tirik jismlarning ko’plab shakllari mavjud.
Tashqi muhit ta’siriga javoban oddiy tanlab ta’sirlanish xususiyati tirik jismning sodda shakllarida ham kuzatiladi. Xuddi shu tarzda, bir hujayrali amyoba ba’zi ta’sirlovchilardan uzoqlashib, boshqalariga yaqinlashadi. Amyobaning harakatlari o’z mohiyatiga ko’ra, sodda organizmlarning tashqi muhitga moslashishining dastlabki shakllari bo’lib hisoblanadi.
Tiriklikning yuzaga kelishi aks ettirishning alohida turi – seskanuvchanlikning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Seskanuvchanlik – bu tirik organizmlar (o’simlik va hayvonlar)ning biologik foydali yoki zararli ta’sirlarga nisbatan o’z holatlarini o’zgartirish bilan javob qaytarish xossasi. Seskanuvchanlik tashqi tomondan tirik organizmning majburiy faolligining namoyon bo’lishi bilan ifodalanadi. Organizm rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, yashash muhiti sharoitlarining o’zgarishi holatida organizm faolligining ifodalanishi shunchalik murakkab shaklga ega bo’ladi.
Tirik mavjudotlarda ta’sirlanishning keyingi rivojlanishi murakkab anatomik tuzilishga ega bo’lgan rivojlangan organizmlar yashash sharoitlarining murakkablashuvi bilan yuqori darajada bog’liqdir.
Tirik mavjudotlarning evolyusiya natijasida o’zini takomillashtirib borishi bilan ularning organizmlarida o’z zimmasiga rivojlanish, hulq-atvor va yaratish kabilarning boshqaruvi vazifasini olgan maxsus organ ajralib chiqdi. Bu – nerv tizimi. Uning murakkablashishi va takomillashib borishi (boshqa to’qima va organlardan alohida ravishda gangliy tuzilmalarning ajralishi va bo’linishi, bosh va orqa miyaning tarkib topishi, avval qadimiy, so’ngra eski va yangi bosh miya po’stlog’ining paydo bo’lishi va rivojlanishi, MNT va tananing boshqa organlari o’rtasidagi aloqalarning murakkablashishi) jarayonida hulq-atvor shakllarining rivojlanishi sodir bo’ldi va hayotiy faoliyatning psixik boshqarish darajalarining qatlamlari: sezgilar, qabul qilish, xotira, tasavvurlar, tafakkur, ong, reflekslar yuzaga keldi.
Nerv tizimi tuzilishi va vazifalarining takomillashishi psixikaning rivojlanishi uchun asosiy manba bo’lib xizmat qildi.
Shu asnoda, evolyusiya rivojlanishi natijasida hayvonlar organizmlari faqatgina biologik muhim seskantiruvchilardan ta’sirlanmasdan, balki, o’z-o’zidan indifferent bo’lgan, biologik jihatdan muhim bo’lmasada, xabar berish ahamiyatiga ega bo’lgan seskantiruvchilardan ta’sirlana boshladilar. Voqyelikda muhim hayotiy hodisalar haqida xabar beruvchi biologik indifferent seskantiruvchilar aks esalar, voqyelikni aks ettirishning bunday shakli sezgirlik deb ataladi. Xuddi mana shu psixikaning o’zi bo’ladi. Sezgirlik sezgilarga nisbatan umumiy qobiliyatni ifodalaydi. A.N. Leontyevning tasdiqlashiga ko’ra, hayvonlarda sezgirlikning yuzaga kelishi psixika paydo bo’lishining obyektiv biologik belgisi bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Keyinchalik tirik mavjudotlarda organik jismning rivojlanish jarayonida asta-sekin psixikaning asosiy xossalaridan biri – olamdagi voqyelikni yaxlitligicha va ilgarilab ketib aks ettirish shakllanadi. Bu evolyusiya jarayonida yuqori rivojlangan psixikaga ega bo’lgan hayvonlarda atrof-olam haqida axborot qabul qilish, uni tahlil qilib, biologik jihatdan muhim va neytral xususiyatli barcha o’rab turgan obyektlar tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan ta’sirlarga javoban harakat namoyon qilish layoqati mavjudligini bildiradi.
Ma’lum sinfga tegishli hayvonlarda sezgilarning paydo bo’lishi faqat psixikaning bunyodga kelishi sifatida emas, balki, tashqi muhitga moslashishning umuman yangi ko’rinishi sifatida ham o’rganilishi mumkin. Moslashish ushbu ko’rinishining asosiy farqi hayvonlarni muhit bilan bog’lovchi – hulq-atvor jarayonlari kabi alohida hodisalarning yuzaga kelishidan iborat.
Hulq-atvor – bu tirik organizmning tashqi muhit ta’sirlariga javoban yuzaga keladigan murakkab reaksiyalar majmuasi hisoblanadi. Tirik mavjudotlar psixikasi rivojlanganligining darajasiga ko’ra, murakkabligi turlicha bo’lgan hulq-atvorga ega ekanliklarini alohida ta’kidlab o’tish zarur. Hulq-atvorning sodda reksiyalarini, masalan, chuvalchangning to’siqqa duch kelganida, o’z harakat yo’nalishini o’zgartirishini kuzatganimizda ko’rishimiz mumkin. Bunda tirik mavjudotning rivojlanish darajasi qanchalik yuqori darajada bo’lsa, hulq-atvori ham shunchalik murakkablashadi. Xuddi shunday holatni itlarda ilgarilangan aks ettirishning namoyon bo’lishini kuzatamiz. Masalan, it ma’lum tahdidga ega bo’lgan obyekt bilan to’qnashishdan o’zini olib qochadi. Lekin, odamda tashqi muhit sharoitlarining to’satdan o’zgarib qolishiga javoban ta’sirlanish bilan birga, hayvonlardan farqli o’laroq, motivasiyalangan (anglangan) va maqsadli hulq-atvorni shakllantirish qobiliyatiga ega bo’lgan eng murakkab hulq-atvor kuzatiladi. Bunday murakkab xulq-atvorning amalga oshirilish imkoniyati odamda ongning mavjudligi bilan belgilanadi.
Shunday qilib, yuqoridagi fikrlar asosida, tirik organizmlar psixikasi rivojlanganligining to’rt asosiy darajasini ajratish mumkin, bular: ta’sirchanlik, sezgilar (his-tuyg’ular), yuqori tuzilgan hayvonlarning hulq-atvori (tashqi belgilangan hulq-atvor), inson ongi (sababiy hulq-atvor)dir. Ushbu darajalarning har biri o’z rivojlanish bosqichlariga ega ekanliklarini ta’kidlab o’tish zarur. Psixika rivojlanishining yuqori darajasi faqat insonga xosdir.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish