Psixikaning namoyon bo‘lishi.
Boshqa fanlarni o`rganish kabi, psixologiyaning o`rganishni ham, avvalo, bilish, ma`lumot olish uchun ahamiyati bor. Biz psixologiyani o`rganib, voqe`likning g`oyat katta va sifat jihatdan o`ziga xos sohasi - psixik hayot sohasi haqida bilim olamiz. Psixika qanday kelib chiqqan, hayvonot dunyosida psixik hayot formalari qanday taraqqiy etgan, odam psixikasi tarixan qanday rivojlangan, har bir odam tug`ilish paytidan tortib uning ongi qaysi shart-sharoitlarga qarab taraqqiy etadi, xarakter qanday vujudga keladi, odamning qobiliyatlari qanday shakllanadi - psixologning ilmiy tadqiqotlari ana shu savollarimizga javob beradi.
Odam tevarak-atrofdagi dunyoni qanday idrok etadi, u qanday esida qoldiradi, qanday esga tushiradi va fikr yuritadi, u qanday hislarni ko`nglidan kechiradi, odam tevarak-atrofdagi dunyoni o`z ehtiyojlariga moslashtirib, yangi moddiy va ma`naviy boyliklarni vujudga keltirib, qanday ish ko`radi - psixologiyani o`rganish bilan ana shu masalalarni bilib olamiz.
Psixologiyani o`rganish odamni psixika haqidagi va psixik hayotning xilma- xil hodisalari haqidagi bilimlar bilan boyitibgina qolmay, shu bilan birga odam aqlini ham o`stirishga yordam beradi. Odam aqlini o`stirish, jumladan, yangi bilimlar va ko`nikmalarni tezroq egallash, yangi nazariy va amaliy vazifalarni to`g`ri hal qilish qobiliyatini takomillashtirishda, o`z fikrlarini nutqda to`g`ri ifodalay bilish va boshqalarning nutqini to`g`ri tushuna bilishda ham o`z ifodasini topadi. Albatta, har bir fan bilan shug`ullanish odamni kamolga yetkazadi. Ammo psixologiya bu sohada alohida o`rin tutadi. Odam psixologiyani o`rganar ekan, avvalo o`z aql-idrokini, uning jarayonlarini bilib oladi, unga diqqat-e`tibor beradi, aqlning faoliyatini kuchaytiradigan shart-sharoitni bilib oladi va shu bilan o`z aql- idrokining ko`proq o`sishiga yordam beradi.
Psixik hayot hodisalari haqidagi ilmiy bilimlarni egallash shaxs dunyoqarashini shakllanishida katta ahamiyatga egadir. Tushunish kishilar ongidagi eskilik sarqitlariga qarshi kurashda, jumladan, har xil diniy taassub va xurofotlarga qarshi kurashda juda kuchli qurol bo`lib xizmat qiladi. Odam psixologiyani o`rganar ekan, o`zidagi psixik hayotni va boshqa kishilar psixikasini bila oladigan bo`lib qoladi. Bu bilim esa boshqa kishilarni va o`zini yaxshiroq tushunishga imkon beradi.
Psixologiyaning bilish, ma`lumot olish uchun ahamiyati shulardan iboratdir. Shu bilan birga psixologiya (jumladan, psixologiya metodlari) kishilar amaliy faoliyatining har xil turlarida - ta`lim-tarbiya, ishlab chiqarish, mehnat, meditsina, sud-huquqshunoslik, harbiy-mudofaa, san`at va boshqa sohalarda ham katta ahamiyatga egadir. Pedagogika ishida, ya`ni yosh avlodni o`qitish va tarbiyalashda psixologiyaning ahamiyati ayniqsa katta.
Pedagog o`quvchilarga biron materialni tushuntirar ekan shu materialni bolalar qanday o`zlashtirayotganini – ko`ruvchilar qanday idrok etayotganini, eslab qolayotganini, fikrlayotganini, ularda diqqat – e`tibor, hissiyot qanday namoyon bo`layotganini, bolalarning yosh xususiyatlariga qarab bu jarayonlar qanday ro`y berayotganini bilish lozim.
O`quvchini bilib olish – shu o`quvchining darslarni o`zlashtirish darajasini bilish demakdir, shuningdek, o`quvchining psixik xususiyatlarini bilish demakdir, uning qobiliyat va havaslari qanaqa ekanligini, uning diqqat – e`tibori, hislari, irodasi, xotirasi, tafakkuri qanday zohir bo`lishini bilish demakdir.
Ta`lim – tarbiya ishida pedagog bolalarni bilimdan bahramand qilish, ularga ko`nikma va malaka berish bilangina kifoyalanib qolmay, shuningdek, o`quvchilar shaxsining hamma tomonlarini, dunyoqarashi, xarakteri, irodasi, qobiliyati va havaslarini takomillashtirishi lozim. Buning uchun esa psixikaning ayrim tomonlari qanday sharoitda va qaysi pedagogik usullar yordami bilan o`zlashtirishini va takomillashuvini bilmoq kerak.
Psixologiyaning san`atdagi ahamiyatini ham ko`rsatib o`tmoq kerak. Har bir san`atkor (artist, muzikant, rassom va shunga o`xshashlar) kishilarga – tomoshabinlarga, tinglovchilarga o`z ijodi bilan ta`sir ko`rsatishni maqsad qilib qo`yadi. Buning uchun esa odamning qanday idrok qilishini, qanday fikrlashini va qanday his qilishini bilmoq kerak. San`at arbobi obraz yaratish ustida ishlaydi, shu obrazning biror badiiy vosita bilan gavdalantiradi. Buning uchun san`atkor obrazni qanday elementlardan qay tariqa yaratilishini bilishi kerak. U ijodiy faoliyat psixologiyasini bilishi shart.
Psixik hodisalarning asosiy turlari va
Do'stlaringiz bilan baham: |