1.2 Mesopatamiyani arxeologik tekshirishlar tarixi va qadimgi yozuvlar
Olimlar Mesopotamiya territoriyasida topilgan qadimgi yozuvlar va arxeologik yodgorliklarni ilmiy jihatdan tekshirish imkoniga ega bo’lganlaridan keyingina Mesopotamiyada yashagan qadimgi xalqlar tarixi va madaniyatini chinakam o’rganish boshlandi. Dastlabki qazishlarni XIX asrning o’rtalarida Botta boshlagan. U Xorsobodda osur podshosi Sargon saroyining xarobalarini topishga muvaffaq bo’lgan. 1845—1851 yillarda Leyyard o’tkazgan qazishlar ayniqsa muvaffaqiyatli chikqan. U Osuriya poytaxtlari — Kalax bilan Nineviya xarobalarini ochgan. Leyyard Kalax harobalarni kovlab, Osuriya podsholarining eramizdan av. IX—VII asrlarda qurilgan beshta saroyining qoldiqlarini topgan. Leyyard bu yerda ajoyib haykallarni, jumladan podsho saroyining posbonlari bo’lgan qanotli bahaybat ho’kizlarning tasvirlarini topgan. Bu saroylarning devorlaridagi barelyeflarda urush va ov qilish, qal’alarni qamal qilish, asirlar haydab kelish va saroy hayotiga oid manzaralar saqlanib qolgan. Leyyard Nineviya xarobalaridan ko’pdan-ko’p zallari, xonalari va koridorlari bo’lgan katta saroyning qoldiklarini topgan. Osur san’atining bir qancha asarlaridan tashqari. Leyyard moddiy madaniyatga oid turli-tuman buyumlar (qurol-yarog’lar, idish-oyoqlar, zeb-ziynat va uy-ro’zg’or buyumlari) ham topgan. Osuriya saroylarining harobalaridan Leyyard topgan yozuvlar alohida tarixiy qimmatga ega. U boshlagan ishlarni Rassam bilan Smit davom ettirgan; bularning qazib topganlari Osuriya tarixi va madaniyatini o’rganish uchun juda katta material bergan.4
Janubiy Mesopotamiyada ham XIX asrning ikkinchi yarmida katta qazishlar o’tkazilgan. Arxeologlar bu yerda eramizdan avvalgi IV ming yillik oxirlaridagi eng qadimgi Shumer shaharlarining xarobalarini topgan. De-Sarzek va Xeze hozirgi Tello o’rnida qadimgi Shumer shahari Lagash (Shirpurla)ning qoldiqlarini topishgan, ular Lagash xarobalaridan Shumer san’atining ko’pdan-ko’p asarlarini hamda shumeriylar mixxati bilan yozilgan bir qancha sopol lavhalar, jumladan xo’jalik ishlariga oid qimmatli hujjatlar topganlar. Bu hujjatlarnnig ba’zilari Moskva va Leningrad mo’zeylarida saqlanmokda. Qadimgi Shumerning asosiy diniy markazi bo’lgan Nippur shahridan binolar, jumladan ibodatxonalar va ibodatxona minoralari (zikkurat)ning ko’plab qoldiqlari topilgan.
XIX asrning eng oxirida nemis olimi Koldeveyning Bobilda o’tkazgan qazishlari yangi Bobil podsholigini o’rganish uchun juda qimmatli material bergan. Bu qazishlar natijasida qadimgi Sharq dunyosnning eng katta shahri bo’lgan qadimgi Bobilning topografiyasini tiklash imkoniyati tug’ilgan. Koldevey Bobil podshosi Navuxodonosorning mashhur «osma bog’lari» bo’lgan bir qancha saroy xarobalarini topgan; bu «osma bog’lar»ning ta’rifi grek tarixchilarnning asarlarida saqlanib qolgan. Bobilda ibodatxonalarning xarobalari, kanallarning qoldiklari, «Mabuda Ishtar darvozasi» ning bir qismi va darvoza orqali o’tgan shox yo’li topilgan. «Ma’buda Ishtar darvozasi» sirlangan (koshinkor) g’ishtlardan rang-barang ziynatlar berilib qurilgan. Bobil xarobalarida qimmatli tarixiy hujjatlar, jumladan Eron shohi Kayxisrov manifestining teksti topilgan; bu manifestda Eron qo’shinlarining Bobilni olishi yozilgan.
Mesopotamiyadagi eng katta va sistematik qazishlar XX asrning dastlabki o’n yillarida olib borilgan, bu qazishlar Mesopotamiyaning turli joylarida o’tkazilgan. Shuruppakda, Urukda, Al-Obeidda va Jemdet-Nasrda neolit davrida vujudga kelgan eng qadimgi poseleniyelar topilgan. Mesopotamiyaning quyidagi uch katta shahri territoriyasida, chunonchi, Ikkidaryo oralig’ining janubiy qismidagi Shumer mamlakatining Ur shahrida, Mesopotamiyaning o’rta qismidagi Akkad mamlakatining Eshnunna shahrida va Frot daryosi bo’yidagi Mari shahrida ayniqsa katta qazishlar qilingan (Mari katta shahar bo’lgan). 5
Urdan turli davrlarga oid juda ko’p yodgorliklar topilgan. Eramizdan avvalgi uchinchi ming yillikning boshlarida o’tgan podsho Maskalam-dugning va malika Shubadning maqbaralaridan qimmatli va g’oyat nafis qilib ishlangan bir kancha zargarlik buyumlari, jumladan oltin, kumush, lojuvard bilan bezatilgan hamda oltindan yasalgan ho’kiz boshi o’rnatnlgan g’oyat go’zal arfa (cholg’u asbobi), go’zal naqshlar solingan shashka taxtasi, eshkakli qayiqning kumush modeli, bir talay zeb- ziynat buyumlari, idishlar, qurollar va oltin, kumushdan yasalib, xilma-xil bezaklar berilgan bir qancha boshka narsalar topilgan. So’ngra shaharning Rimsin podsholik qilgan zamonga oid (eramizdan avvalgi XVIII asr) kattagina qismi sinchiklab kovlangan va butunlay tekshirib chnqilgan. Bu yerdan ko’pdan-ko’p uylarnnng qoldiqlari, bir necha ko’cha, tor ko’chalar va maydonlar topilgan, bularga qarab qadimgi Shumer shahrining hayotini aniq tasavvur qilish mumkin. Shaharning janubiSharqiy qismidan asosan Rimsin davriga oid mixxat bilan yozilgan juda ko’p hujjatlar topilgan.
Qadimgi Akkad mamlakatidagi Eshnunna shahridan juda qimmatli yodgorliklar topilgan, bu shaharning harobalaridan qadimgi ibodatxonalar va ikki asr (eramizdan avvalgi XX—XVIII asrlar) davomida qurilgan hamda qayta qurilgan g’oyat katta va muxdasham saroy qoldiklari topilgan.
Eshnunna harobalaridan, shuningdek qadimgi Akkadning hozirgi Xafaja shahri o’rnidagi boshqa bir shahari xarobalaridan topilgan yozuvlar va moddiy madaniyat yodgorliklar eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik boshlarida eng qadimgi Shumer madaniyati akkadning simitlar yashagan markazlarida kuchli ta’sir ko’rsatgan, deb aytishga imkon beradi.
Nihoyat, bu shaharlarning harobalaridan topilgan san’at va turmush yodgorliklari o’sha vaqtlarda Mesopotamiyaga bostirib kelgan amorit qabilalari bilan Akkad, Elam o’rtasidagi o’zaro munosabatlarnn yanada aniqroq bilishimizga imkon beradi. Nihoyat, 1933—1936 yillarda Mari davlati poytaxtining xarobalari ochildi. Bu shaharning nomi Bobil podshosi Hammurapi zamonidagi (eramizdan avvalgi XVIII asr) yozuvlarda ko’p tilga olinadi. Bu shaharning xarobalaridan katta ibodatxona, g’oyat katta saroy va yaxshi saqlanib qolgan maktab qoldiqlari topildi. Topilgan narsalar orasida eng muhimi qimmatli hujjatlarga boy bo’lgan arxivdir.
Mari davlatining xo’jalik hayotini aks ettiruvchi bir talay hujjatlar va tarixiy tekstlar orasida o’sha zamonda Old Osiyo davlatlari o’rtasidagi xalqaro munosabatlarni yorqin qilib ochib beruvchi diplomatik hujjatlar alohida o’rin tutadi. Mixxat bilan yozilgan ba’zi lavhalar Mapi podshosi Zimrilim bilan Bobil1 podshosi Hammurapi o’rtasida harbiy ittifoq bo’lganligini aniqlashga imkon beradi. Nihoyat, bu hujjatlar Mari davlatining shimoliy Suriya va hatto Krit oroli bilan bo’lgan iqtisodiy aloqalari haqida gapirishimizga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |