Mamlakatni jadalislox etish va modernizatsiyalash sharoitida mexnatni tashkil etishni


Ishsizlikning sabablari va turlari



Download 356,84 Kb.
bet21/59
Sana12.11.2022
Hajmi356,84 Kb.
#864648
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59
Bog'liq
mirzayev m ish

2.2. Ishsizlikning sabablari va turlari
Iqtisodchi olimlar o’rtasida ommaviy ishsizlikning haqiqiy sabablari qandayligi to’g’risida turlicha qarshiliklar mavjud.
Ma’lumki, J.M.Keyns «…ishsizlikning davosi sifatida ish haqini pasaytirish g’oyasini qat’iy inkor etib, o’ziga investisiyalar, davlat xarajatlari va sof eksportdan tashqarii iste’mol xarajatlarini – bunda ham so’nggi – umumiy talabning asosiy qismini ham qamrab oladigan umumiy talabdan kelib chiqadi».
Fikrimizcha, O’zbekistonda ishsizlikning paydo bo’lishi va o’sish tarixi aynan Keyns qarashlarining to’g’riligini isbotlaydi. Ishsizlar rasmiy ro’yxatga olingandan boshlab, ishsizlik darajasi ma’lum darajada muntazam ortib boradi, ishga joylashtirish qanchalik yuqori bo’lsa, ishsizlik darajasi shunchalik nast bo’ladi.
Ish bilan bandlikning keskin kamayishi iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar (davlat sektorining kamayishi), inflyasiya hamda xo’jalik yuritishning muqobil shakllari (xususiy korxonalar, hissadorlik jamiyatlari) yetarlicha tez o’smaganligi tufayli ko’pgina korxonalarda moliyaviy ahvol yomonlashuvi natijasida yuzaga keladi. Bularning hammasi, tabiiyki, umumiy talab hajmida salbiy aks etadi: davlat ta’siri qisqaradi, investisiya faoliyati sustlashadi, iste’mol xarajatlari esa inflyasiya ta’sirida turmush darajasining yomonlashuvi tufayli birmuncha kamayadi.
Demak, O’zbekistonda ishsizlik o’sishining asosiy sababi – eng avvalo ishlab chiqarishning qisqarishidir. Iqtisodiy o’sish dinamikasi bilan ishsizlik o’rtasidagi aloqa uzviy bog’liq ko’rsatkichlardir.
Qoidaga ko’ra, g’arb iqtisodchilari iqtisodiy o’sish sur’atlarini aholi ish bilan bandligining o’sish sur’atlari bilan, tanazzulni esa ishsizlik darajasining o’sishi bilan bog’laydilar. Haqiqatdan ham, industrial turdagi normal ishlayotgan bozir iqtisodiyotida iqtisodiy o’sish doimo tarmoqlarning rivojlanishi va kengayishini, demak, ish bilan bandlikning ortishini anglatadi. Shunday bo’lsada, rivojlanayotgan mamlakatlarda bunday bog’liqlik ko’zga ochiq tashlanmaydi. Masalan, ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatning tez o’sishi ish bilan bandlikning muvofiq kengayishini keltirib chiqarmadi. Iqtisodchilar bu hodisani sanoatdagi o’sish sur’atlaridan ancha yuqori bo’lgan urbanizasiya sur’atlari hamda qishloqdan shaharga ko’chib kelayotgan aholi malakasining pastligida deb izohlaydilar.
Aholining ish bilan bandlik dinamikasi, YaIM bilan ishsizlik o’rtasidagi bevosita aloqaning tasdiqlanmasligi dastlabki qarashda mantiqan zid hodisadir. Ikkita dalil kishini hayratga soladi: birinchidan, ishsizlikni YaIMning o’sishiga qiyosan ilgarilovchi qisqarishi; ikkinchidan, ish bilan bandlikning kamayishi bilan birga ishsizlikning qisqarishi.
Fikrimizcha, bu hodisalarni faqat statistik xatoliklar va ishsizlik maqomini berish shartlarining murakkablashuvi bilan izohlab bo’lmaydi. Ko’rinishidan yaxshi bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlaridan ish bilan bandlikning kamayishini ikkita sabab bilan izohlash mumkin. Birinchidan, yashirin ishsizlikning yuqori darajasi saqlanganligi, u o’z potensialini xatto ayrim barqarorlik sharoitlarida ham ochiq bozorga chiqarib turadi. Ikkinchidan, yashirin ish bilan bandlikning ko’payishi, u ishchi kuchi va ishsizlarning sezilarli qismini ochiq mehnat bozoridan tortib turadi.
Respublikamizda ishsizlikning paydo bo’lish sabablariga ko’ra quyidagi asosiy turlari ko’proq uchraydi:



  • yashirin, bu asosan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish tarmoqlari uchun xarakterlidir va bu haqiqiy ish kuchini kamroq miqdorda talab qiladi. Amalda ishsizlikning yashirin shakli faqat iqtisodiy emas, shu bilan birga siyosiy xususiyatga ham egadir. Yashirin ishsizlik ishlab chiqarishning chuqur tanazzuli sharoitida korxonalarda ortiqcha bandlikning saqlanib qolganligidan dalolat beradi;

  • mavsumiy, ma’lum bir mavsumda ish bilan bandlikni ta’minlovchi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash va tayyorlash muddati bilan asoslangan. Uni normal ishsizlik jumlasiga kiritish mumkin. Mavsumiy ishsizlikning hajmi ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif mavsumiy omillarining baravar ta’sir qilishi sifatida namoyon bo’ladi;

  • texnologik o’zgaruvchan, bu shakli masalan, fan - texnika yutuqlari natijasida qo’l mehnati o’rnini mashina egallashi natijasida yuzaga keladi;

  • tarkibiy, iqtisodiyotning yangi tarmoqlari paydo bo’lishi yoki eskisiga barham berilishi va mulkchilik shakllarining o’zgarishi bilan yuzaga keladi.


Ishsizlikning ijtimoiy - iqtisodiy mazmuni, sabablari va turlari nazariy asoslanishi ishsizlik holatining mezonlari va ko’rsakichlari ochib berilishini taqozo qiladi. Chunki ishsizlikning asosiy mezonlari va ko’rsatkichlari mehnatga layoqatli aholi oqilona bandligini shakllantirishni tartibga solishda muhim ahamiyatga egadir.
Ishsizlik holatining demografik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlari quyidagi mezonlarda o’z aksini topadi: ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida bozor muvozanatiga erishish; ishchi kuchi taklifini kamaytirish; ish joylarini ko’paytirish; iqtisodiy faol aholining mehnatda ishtirokini oshirish; kadrlar malakasi, safarbarligi va raqobatbardoshligini oshirish; aholining mehnat daromadlarini ko’paytirish va boshqalar.
Mazkur mezonlar quyidagi ishsizlik ko’rsatkichlari yordamida aniqlanadi: mavjud va yangi yaratilgan ish joylarining soni; bajarilgan ish vaqtining miqdori; aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning hajmi; mahalliy va jalb etilgan mehnat resurslarining soni; aholining migrasion oqimi; mehnatning fond va energiya bilan qurollanishi; ijtimoiy infratuzilma xizmatlarining hajmi; qishloq xo’jaligi har bir xodimining yer yuklanmasi; o’rtacha yillik ish haqi; har bir aholining uy-joy bilan ta’minlanishi; mehnat resurslarining malaka va ma’lumot darajasi; sanoat korxonalaridagi asosiy fondlardan foydalanishning smenalik koeffisiyenti; ijtimoiy ishlab chiqarishda ish bilan band bo’lmagan shaxslar va ishsizlik soni hamda ularning nafaqa miqdori; mehnatning umumiy natijalaridan va ijtimoiy infratuzilma xizmatlaridan qanoatlanish darajasi; mulkchilikning turli shakllari va mehnatni tashkil qilishning samaradorligi va hokazolar.

Download 356,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish