6.2. Takomillashgan pol hosil qilish qurilmasining iqtisodiy qo‘rsatgichlari Tavsiya etilayotgan vosita orqali pal qo‘yishda traktorchiga II razryad bilan ish haqi har 10 gektar uchun, ya’ni 2000 metr pal uchun 200000 to‘langan taqdirda ham, shu jarayonga sarflanadigan YoMMlariga 15 % (30 000 so‘m) ajratilsa ham jamisi bo‘lib, 230 000 so‘mni tashkil etadi.
Shu bilan birga texnika yordamida bir ish kunida 6 000 metr (30 gektar/kun) gacha bo‘ylama pal olish imkoni mavjudligini hisobga olsak, talab qilingan maydonni bir kunda sug‘orishga tayyorlash imkoni yaratiladi.
Shundan kelib chiqadiki, fermer xo‘jaligi har 10 gektarlik maydani hisobidan 300 100 – 230 000 = 70 100 so‘m daromad qiladi.
Buni viloyat miqyosidagi 60 sm.li tizimda ekilgan jami maydon bo‘yicha hisoblansa, 679 100:10 x 70 100 = 4 760 491 000 so‘mni tashkil qilmoqda.
Bundan ko‘rinib turibdiki Buxoro viloyatida ushbu qurilmadan to‘liq foydalanishda fermer xo‘jaliklari hisobiga bir mavsumda 4 mlrd. 760 mln. 500 ming so‘mga yaqin daromad olishnishi mumkinligiga amin bo‘lamiz.
Xulosa va takliflar. Paxta yetishtirishning texnologik jarayonida uchinchi kultivatsiya bilan birinchi sugorish jarayonlarining orasida amalga oshiriladigan maydonni pallar bilan qirqimlarga ajratish uchun avvalambor bo‘ylama pallarni olish talab etiladi. Bo‘ylama pal hosil qilish qurilmasini optimal parametrlari va energiyatejamkor texnologiyasini ishlab chiqish asosiy vazifa hisoblanadi. Pal hosil qilish jarayoni ko‘lda amalga oshirilishini inobatga olsak, uni texnik vositalar yordamida amalga oshirish dolzarb va muhimdir.
Mazkur bitiruv malakaviy ishi g‘o‘za qator oralarida bo‘ylama pol hosil qilish qurilmasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, izlanishlar natijasida shu narsaga ishonchim komil bo‘ldiki, pol hosil qilish texnologik jarayoni nafaqat Buxoro viloyatida balki ayrim boshqa viloyatlarda ham bajarilishini inobatga olsak, bitiruv malakaviy ishining ahamiyati yanada dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishini bajarar ekanman, men ishni bajarish jarayonida Viloyatda pol hosil qilish texnologik jarayoni bilan yaqindan tanishdim va ushbu jarayon to‘liq mexanizatsiyalashmaganligi, ayrim feomerlarda esa ish unumi va sifati past qurilmalardan foydalanilayotganligiga guvoh bo‘ldim. Bu ishlarni bajarishda ustozim Q.Hamroev bilan hamkorlikda “Ustoz-shogird” tizimida bevosita ishtirok etib, bilim va malakamni oshirdim. Shu maqsadda filial ARMida mavjud adabiyotlar va internet yangiliklaridan hamda viloyat ma’lumotlaridan foydalangan holda loyihalash ishini bajardim. Ishni bajarish jarayonida men nazariy olgan bilimlarimni yanada mustahkamlab, muhandislik ishlarini o‘rganib, bilim saviyamni oshirdim.
Olib borilgan batiruv malakaviy ishida quyidagicha xulosaga erishildi.
Bugungi kunda bo‘ylama pol xosil qilish tehnologik jarayonini mexanizatsiyalash dolzarb va unga erishishda energiya tejamkor qurilmalardan foydalanish davr talabi hisoblanadi.
Bugungi kunda mavjud shnekli pol hosil qilish qurilmasining eng asosiy kamchiligi, ya’ni shnekning to‘lish koeffitsientini oshirish orqali tashiladigan tuproq miqdorini ko‘paytirishga erishish va bu orqali talab darajasidagi pol hosil qilaoladigan qurilmaga erishishdan iborat.
Takommillashtirilgan lemexli pol hosil qilish qurilmasidan foydalangan holda g‘o‘za qatoralari orasida bo‘ylama pollarni hosil qilish va bu orqali mehnat sarfini keskin kamaytirgan holda yuqori ish unumdorligiga erishish.