XXIV.
|
Suv ta’minoti korxonalari
|
47.
|
1. Suv ta’minoti va suv chiqarish tizimiga texnik shartlarni olish.
2. Suv ta’minoti va suv chiqarish tizimi loyihasini kelishish.
3. Ichimlik suv hisoblagichini plombalash va shartnomani tuzish.
4. Ichimlik suv hisoblagichini o‘rnatish.
5. Ichimlik suv hisoblagichini yechish.
6. Ichimlik suv hisoblagichini qiyoslash.
|
1. Davlat xizmatlari ko‘rsatishga mas’ul xodimlar uchun yetarli moddiy-texnik baza mavjud emas.
|
1. Davlat xizmatlari ko‘rsatishga mas’ul xodimlarni yetarli moddiy-texnik baza bilan ta’minlash.
|
Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar
|
2020-yil
1-oktabrga qadar
|
48.
|
2. Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.
|
2. Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish
|
2020-yil
1-sentabrga qadar
|
49.
|
3. Amaldagi ma’muriy reglamentda nazarda tutilgan mablag‘larni taqsimlash tartibi ta’minotchi korxonalar tomonidan sifatli xizmat ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda.
|
3. Qonun hujjatlariga ta’minotchi korxonalarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdorini, shu jumladan metrologik xizmatga yo‘naltiriladigan mablag‘larni qisqartirish hisobiga oshirish maqsadida ushbu xizmatni taqdim etish uchun undiriladigan mablag‘lar taqsimlanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish.
| |
2020-yil
1-aprelga qadar
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoniga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4725-son Farmonining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Belgilansinki:
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablag‘lar hamda Davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar;
ariza beruvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yo‘naltirilgan murojaatlariga asosan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2750-son qarorining 11-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3245-son qarorining 13-bandida:
a) to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4328-son qarorida:
a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ariza beruvchilarning YIDXP orqali mustaqil ravishda yo‘naltirilgan murojaatlariga asosan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar, shuningdek, YIDXP orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan tashqari, Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va boshqa to‘lovlar summasining 0,5 foizi miqdoridagi mablag‘lar Markazning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;”;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PF-34-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son; 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son, 30.12.2021-y., 06/21/45/1228-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |