Mamlakatimizda so‘nggi yillarda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi izchil va tizimli isloh qilinmoqda hamda takomillashtirilmoqda


XXIV. Suv ta’minoti korxonalari



Download 226,23 Kb.
bet19/19
Sana06.07.2022
Hajmi226,23 Kb.
#747344
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
PF-5930 31.01.2020

XXIV.

Suv ta’minoti korxonalari

47.

1. Suv ta’minoti va suv chiqarish tizimiga texnik shartlarni olish.
2. Suv ta’minoti va suv chiqarish tizimi loyihasini kelishish.
3. Ichimlik suv hisoblagichini plombalash va shartnomani tuzish.
4. Ichimlik suv hisoblagichini o‘rnatish.
5. Ichimlik suv hisoblagichini echish.
6. Ichimlik suv hisoblagichini qiyoslash.

1. Davlat xizmatlari ko‘rsatishga mas’ul xodimlar uchun yetarli moddiy-texnik baza mavjud emas.

1. Davlat xizmatlari ko‘rsatishga mas’ul xodimlarni yetarli moddiy-texnik baza bilan ta’minlash.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-oktabrga qadar

48.

2. Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

2. Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish

2020-yil
1-sentabrga qadar

49.

3. Amaldagi ma’muriy reglamentda nazarda tutilgan mablag‘larni taqsimlash tartibi ta’minotchi korxonalar tomonidan sifatli xizmat ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda.

3. Qonun hujjatlariga ta’minotchi korxonalarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdorini, shu jumladan metrologik xizmatga yo‘naltiriladigan mablag‘larni qisqartirish hisobiga oshirish maqsadida ushbu xizmatni taqdim etish uchun undiriladigan mablag‘lar taqsimlanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish.

2020-yil
1-aprelga qadar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoniga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4725-son Farmonining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Belgilansinki:
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablag‘lar hamda Davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar;
ariza beruvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yo‘naltirilgan murojaatlariga asosan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2750-son qarorining 11-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3245-son qarorining 13-bandida:
a) to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3430-son qarorida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni kuyidagi miqdorlarda belgilansin:
Agentlikning markaziy apparati 58 birlik;
Agentlikning hududiy boshqarmalari 216 birlik.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda:
Agentlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
Agentlik, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, Markazlar, FHDY arxivlari va filiallar uchun qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish;
mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, tor doiradagi mutaxassislarni shartnoma asosida Agentlikda ishga jalb etish huquqi berilsin.
Agentlik direktori maqomi va mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosariga, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga tenglashtirilsin”;
b) 4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablag‘lar hamda Markazlar va ularning filiallari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar;
ariza beruvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yo‘naltirilgan murojaatlariga asosan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar”;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi markaziy apparatining
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 58 birlik.”;
g) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni 13 — 17 birlikni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 216 birlikni tashkil etadi.”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4328-son qarorida:
a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ariza beruvchilarning YIDXP orqali mustaqil ravishda yo‘naltirilgan murojaatlariga asosan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar, shuningdek, YIDXP orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan tashqari, Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va boshqa to‘lovlar summasining 0,5 foizi miqdoridagi mablag‘lar Markazning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;”;
b) 4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, uning moddiy-texnika bazasini saqlash, shakllantirish va mustahkamlash, mehnatga haq to‘lash va xodimlarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish maqsadida ariza beruvchilarning YIDXP orqali mustaqil ravishda yo‘naltirilgan murojaatlariga asosan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar, shuningdek, YIDXP orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan tashqari, Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va boshqa to‘lovlar summasining 0,5 foizi miqdoridagi mablag‘lar;”.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son)

Download 226,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish