4-nazorat uchun savol
Samarali faoliyat yurituvchi mavjud fond bozori qanday qilib firmaga
mulkka egalik huquqini uni boshqarishdan ajratishga yordam beradi?
4. Bozor intizomi: kompaniyalarning “yutib yuborilishi” va uning
moliyaviy natija (oqibat)lari
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz: qanday kuch menejerlarni aksiyadorlar man-faati
yo‘lida ishlashga majbur qila oladi? Albatta, aksiyadorlar yig‘i-lishda oliy
darajadagi menejerga qarshi ovoz berib, uni ishdan bo‘shatib yuborishlari mumkin.
Ammo, mulkka egalik huquqi va boshqaruv bir-biridan ajratilganligining asosiy
afzalligi egalari firma faoliyati masala-lariga aralashmasliklari bo‘lganligi sababli
ular firma noto‘g‘ri boshqa-rilayotganini qanday qilib tushunish (bilib
qolgan)larining o‘zi tushu-narsizdir.
Bundan tashqari, firmaga ko‘plab aksiyadorlar birgalikda egalik qilsa, ovoz
berish huquqidan biror-bir ishni bajarishga majbur qilish vositasi sifatida
foydalanish yana bir muammoni keltirib chiqaradi. Gap shundaki, bunday
vaziyatda alohida aksiyadorning kapitalda ishtiroki ulushi shunchalik kam
bo‘ladiki, u zarur ma’lumot olinishi va tarqatilishi haqini to‘lashdan manfaatdor
emas. Shunday qilib, ovoz berish huquqi o‘z holicha bu dilemma
24
ni hal etishga
qodir emas.
Raqiblik qila oladigan (raqobatli) fond bozori mavjud bo‘lgan taqdirda
ikkala taraf – aksiyadorlar va menejerlar – amal qiladigan stimul
25
larni tartibga
solish uchun yana bir juda muhim mexanizm bor. Bu kompaniyalarning “
yutilib
ketilishi” (“yutib yuborilishi”)
dir (takeover).
Endi “yutilib ketilish” (“yutib yuborilish”) qanday qilib menejer-larni
aksiyadorlar manfaatlarini ulkan matonat bilan himoya qilishga majbur qilishini
ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, biror firma, biz uni “yutib yuboruvchi” firma deb
ataymiz, boshqaruvi noto‘g‘ri ketayotgani yaqqol ko‘zga tashlanayotgan boshqa
22
“Kompensatsiya” lotincha “compensatio” – tenglashtirish; o‘rnini to‘ldirish. Biror narsa badaliga haq to‘lash,
mukofot berish. Qarang: o‘sha manba. – B. 396.
23
“Kompleks” lotincha “complexus” – aloqa, bog‘lanish; qo‘shib, qamrab olish. Bir butunni tashkil qiluvchi
narsalar, hodisalar, belgi-xususiyatlar majmui, yig‘indisi. Qarang: o‘sha manba. - B. 435. – B.396.
24
“Dilemma” - “ di.. + yunoncha “lemma” – asos, dalil bo‘la oladigan hukm. Bir-biriga zid bo‘lgan ikki
nomaqbul imkoniyatdan birini tanlashga majbur bo‘lish. Qarang: o‘sha manba. J.I. - B. 614.
25
“Stimul” lotincha “stimulus” – hayvonlarni haydash uchun belgilangan uchli tayoq. Biror ishga qiziqish
tug‘diradigan, rag‘batlantiradigan, undaydigan narsa, omil. Qarang: o‘sha manba. J. III. – B. 571.
27
bir firmani ko‘z ostiga olib qo‘ydi. Bu firmaning menejerlari shunday investitsion
qaror qabul qildilarki, buning natijasida aksiyalarning bozor qiymati firma
resurslaridan
samarali
foydalangan
taqdirda
erishiladigan
eng
yuqori
ko‘rsatkichdan ancha past. Agar “yutib yuboruvchi” firma unga “yutib
yuboriladigan” firma usti-dan nazorat o‘rnatish uchun yetarli miqdorda aksiyalarni
sotib olishga muvaffaq bo‘lsa, u holda “yutib yuboruvchi” firma eski menejerlar
o‘rniga firma ishini muvaffaqiyatli (samarali) yo‘lga qo‘yishga qodir menejer-larni
ishga yollaydi.
Sotib olingan firmaning investitsion siyosati yo‘nalishi o‘zgarti-rilganini
e’lon qilgach, “yutib yuboruvchi” firma uning aksiyalarini yangi, bozor bahosidan
ancha yuqori bahoda sotadi va darrov daromad oladi. E’tibor bering, firma
daromad olish uchun qo‘shimcha moddiy resurs ishla-tishiga to‘g‘ri kelmayotir.
Demak, butun ish mobaynida uning barcha xara-jatlari boshqaruvi yomon yo‘lga
qo‘yilgan firmani aniqlashga va uning aksiyalarini sotib olishga qilingan
xarajatlardan iborat.
Muvaffaqiyatsiz (nosamarali) firmani topishga ketadigan xarajatlar hajmi
turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo “yutib yuboriluvchi” firma unga mol yetkazib
beruvchi, mijoz yoki raqib bo‘lsa, bu xarajatlar nisbatan kam ham bo‘lishi
mumkin. Chunki bunday holda zarur ma’lumotlarning katta qismi oldindan
to‘plangan bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqiyatsiz (nosamarali) firmani topishga
maxsus mablag‘ sarflanmagan taqdirda ham yutib yuborish mexanizmi ishlashi
mumkin.
Boshqaruvi yomon yo‘lga qo‘yilgan firmalarni izlashga maxsus resurs-lar
ajratish xuddi real investitsiyalarning yangi dasturlariga mablag‘ ajratishdek
maqsadga muvofiqdir. Hatto, mana shunaqa dushmanona (boshqa-ruv xodimlariga
nisbatan), g‘ayritabiiy ravishda “yutib yuborish”ga ixti-soslashgan firmalar ham
mavjud. Oxir oqibat “yutilib ketish” xavfi ehtimoli shunaqangi ortadiki, ishdan
bo‘shatilishi xavfi menejerlar uchun juda samarali turtki bo‘ladi. Va ular firma
aksiyalarining bozor qiyma-tini maksimallashtirishga intilib, jon-jahdi bilan
aksiyadorlar manfa-ati yo‘lida, shuningdek, o‘z manfaatlari yo‘lida ham, mehnat
qilishni boshlaydilar.
Darhaqiqat, aksiyadorlar aniq ko‘rsatmalar bermasa-da va samarali
boshqarish nazariyasini uncha chuqur bilmasalar-da, menejerlar “o‘zini o‘zi
saqlash” hissiyoti tufayli ham firma bahosi (qiymati)ni imkon qadar (maksimal
darajada) oshirishga intiladilar. Bundan tashqari, yana shuni ta’kidlash joizki,
yuzaga kelgan vaziyatga sabab xoh menejerlar malakasining pastligi bo‘lsin, xoh
ularning maqsadni noto‘g‘ri tanlagani bo‘lsin, baribir “yutib yuborish” mexanizmi
bir xil samaradorlik bilan uni to‘g‘rilashga qodirdir.
“Yutib yuborish” mexanizmining samaradorligi ba’zida davlat siyosati
tufayli pasayadi. Masalan, turli tovar bozorlarida mono-poliya
26
lar yuzaga kelishini
oldini olishga intilib, AQSh Adliya vazirligi raqobat kamayishiga olib kelishi
26
“Monopoliya” mono.. + yunoncha “poleo” – sotaman. 1. Iqtisodiyotning biron-bir sohasida tanho hukmronlik;
davlat, korxona yoki jismoniy shaxslarning ishlab chiqarish, savdo, hunarmandchilik sohasida faoliyat olib borishi
uchun berilgan alohida huquq. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B. 614.
28
mumkin bo‘lgan kompaniyalar birlashishi va bir kompaniya ikkinchisini qo‘shib
olishini cheklashga yo‘naltirilgan trestga qarshi qonunchilik doirasida qator
tadbirlar amalga oshirmoqda. “Yutib yuboruvchi” o‘rnida ko‘pincha samarasiz
korxonaga mahsulot yetkazib beruvchi, uning mijozi yoki raqibi ish ko‘rar ekan,
bunday davlat siyosati “yutib yuborish” xavfini kamaytirishga qodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |