160
-
investitsiyalardan keladigan daromad, ularning foydaliligi, samaradorligi orkali aks
ettirilgan xar yillik xosil qilingan va jamgarilgan sof moliyaviy foydani aniqllash
va baholash;
— vakt omilining kapital qiymati, baholar va noaniqllik sharoitida (aniql
loyiha bilan boglik bulgan risklar) qabul qilinadigan qarorlar munosabatini hisobga
olish.
SHunday kilib, moliyaviy tahlilning maqsadi va andozasi shundan iboratki,
u investitsiyalash va moliyalashtirishdagi barcha savollarning echimi bilan boglik
omillarni, shuningdek loyihadagi barcha moliyaviy okibatlarni tahlil kiladi va
aniqllaydi.
Moliyaviy tahlilning asosiy jixatlari quyidagichadir:Birinchidan, sanoat
investitsiya loyihalarining moliyaviy tahlili — bu saloxiyatli investorlar va loyiha
yaratuvchilariga loyihadagi moliyaviy okibatlarni ko’rsatish uchun yoki asosiysi
texnik xarajatlarni yoki loyiha takliflarini tugallash uchun loyihani ishlab
chikishning oxirgi boskichlarida amalga oshiriladigan ajratiluvchi faoliyat emas.
Moliyaviy
tahlil
texnologiya
va
ishlab
chiqarish
kuvvati,
loyihalashtirilayotgan korxonaning joylashgan joyi, resurslar, loyiha andozasi,
marketing
strategiyalarining
moxiyati
jixatidan
aniqllanuvchi
loyiha
strategiyalarini ishlab chikish va turli xil mukobillarini kuzda tutishi lozim.
Ikkinchidan, moliyaviy tahlilni utkazish jarayonida qaror qabul kiluvchi
shaxs investitsiyalarni baholash uchun turli xil mezonlarni kullashini ham hisobga
olishi zarur. Bu analitikni shunday mezonlarni aniqllashga majbur kiladi va u
investorlar talab kiladigan axborotlarni tayyorlash uchun unga muvofiq keluvchi
usullarni tanlaydi. Masalan, investorlar past rentabellikda tezlashtirilgan
amortizatsiyani afzal kurishi mumkin yoki, xatto, kichik daromadlar sharoitida
bosh rakobatchiga nisbatan bozordagi uz ulushini kengaytirishni xoxlashi mumkin,
bunda uning strategiyami mavjud firmaning yuqori rentabelliligani ta’minlashga
xizmat kilsa ajab emas.
Bu erda nafaqat katnashuvchi tomonlarning, balki jamiyatning ham
kizikishini hisobga olish kerak. Jamiyatning kizikishi shundaki, bunda ular
investitsiya jarayonida cheklangan resurslarning samarali ishlatilishi va
mamlakatning rivojlanishiga inti-ladilar.
Kizikishlarni nazorat qilish uchun turli xil ma’muriy va fiksal tadbirlar
kullaniladi. Bu tadbirlar ham ragbatlantiruvchi, ham chegaralovchi bo’lib, loyihani
baholash va moliyaviy tahlil jarayonlariga kiritilishi va aniqllanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: