Mamlakatimiz qurilish sanoati va xalq xo‘jaligida yog‘och-qirindili plitalar (dsp)ga bo‘lgan talab yil sayin ortib bormoqda



Download 74 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2022
Hajmi74 Kb.
#570076
  1   2
Bog'liq
297 11.04.2019

    Bu sahifa navigatsiya:
  • OKOZ

Mamlakatimiz qurilish sanoati va xalq xo‘jaligida yog‘och-qirindili plitalar (DSP)ga bo‘lgan talab yil sayin ortib bormoqda. Shu bois, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan import o‘rnini bosuvchi, mahalliy xom-ashyodan foydalangan holda sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yurtimizda keng yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qator investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yog‘och-qirindili plitalar (DSP) hamda ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishga alohida e'tibor qaratilgan.

Uyushmaning 2019-2021 yillarda mahalliy xom-ashyodan DSP mahsulotlari ishlab chiqarish investisiya loyihalari ro‘yxatiga ko‘ra, umumiy qiymati 80 mln. 800 ming AQSh dollari bo‘lgan jami 595 ming kub metr yillik quvvatga ega 11 ta loyiha amalga oshiriladi va natijada ushbu mahsulotga bo‘lgan talabni to‘liq qoplash imkoniyati yaratiladi.


Ayni paytda, ushbu yo‘nalish bo‘yicha 3 ta korxona o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, ularning yillik quvvati 70 ming kub metrni tashkil etadi. Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida “Termiz Ta'minot” MChJ va Sirdaryo tumanida joylashgan “Fayz” MChJ qo‘shma korxonalari qamish va g‘o‘zapoyadan DSP ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, O‘zbekiston tumanidagi “Yaypan vodiy laminati” MChJ esa terak va boshqa yog‘och qipiqlaridan ana shunday mahsulot ishlab chiqarilmoqda.


Dasturga ko‘ra, 2020 yilda Surxondaryo viloyatida umumiy yillik quvvati 195 ming kub metr bo‘lgan 2 ta loyiha amalga oshiriladi. Navoiy erkin iqtisodiy zonasida esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investisiyasi yo‘naltirilgan umumiy qiymati 7,5 ming AQSh dollari bo‘lgan korxona foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida esa “Mo‘ynoq LDSP” MChJ tomonidan umumiy qiymati 8 mln. AQSh dollari (shundan, o‘z mablag‘i 2,6 mln. AQSh dollari, chet el bank krediti 5,4 mln. AQSh dollari) hisobiga qamishdan DSP ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi. Natijada, mazkur korxonada yiliga 50 ming kub metr DSP ishlab chiqariladi va 200 ta doimiy va 500 ta mavsumiy ish o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida ham DSPning muqobil turlari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar ustida ishlar olib borilyapti.


Qayd etish joizki, davlatimiz rahbari tomonidan ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-qo‘vvatlash, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga ko‘rsatmalar berildi.


Maqsad mahalliy bozorni sifatli, import o‘rnini bosuvchi yog‘och-qirindili plitalar (DSP) hamda ularning muqobil turlari bilan ta'minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishdir


[OKOZ:1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.20.00 Qurilish materiallari sanoati]
[TSZ:1.Iqtisodiyot / Sanoat]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Respublikada so‘nggi yillarda yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, xususan g‘o‘zapoya va qamish kabi mahalliy o‘simliklarni qayta ishlash yo‘li bilan import o‘rnini bosuvchi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.


Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar uchramoqda.
Qurilish materiallari va mebel ishlab chiqarishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan qayta tiklanadigan va tez o‘suvchi mahalliy o‘simliklar xomashyosidan keng foydalanishga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti.
Respublikada yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, sohaga ilg‘or texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni joriy etish, mahalliy xomashyodan keng foydalangan holda chuqur qayta ishlashni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublikada yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni kichik sanoat zonalarida tashkil qilish tavsiya etiladigan, qamish xomashyosi mavjud bo‘lgan hududlar ro‘yxati 1-ilovagamuvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda hududlarda mavjud tabiiy qamishzorlar, ulardan foydalanish darajasi va qamishlarning o‘rib olinishi natijasida atrof-muhitga, hayvonot olamiga, ko‘chib yuruvchi qushlarga zarar yetkazmaydigan tarzdagi sanoat usulida foydalanish mumkin bo‘lgan qamishzorlar maydonlarining hududlar kesimidagi reyestrini shakllantirsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda mazkur qamishzorlar reyestri asosida yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni tashkil etish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etishni ta’minlasin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda hududlarda qamish xomashyosi mavjud bo‘lgan joylarni yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga, faoliyat ko‘rsatish davrida doimiy foydalanishga ajratib berilishini va qamish xomashyosini o‘rib olishga ruxsat etilishini o‘rnatilgan tartibda ta’minlasin.
4. Quyidagilar:
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qamish, g‘o‘zapoya va boshqa mahalliy xomashyodan yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish uchun talab etiladigan “formalin 37%” va “karbamid A” xomashyosini yetkazib berish hajmlari 2-ilovagamuvofiq;
Respublikada qamish, g‘o‘zapoya va boshqa mahalliy xomashyodan yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 2019 — 2021-yillarda yaratiladigan quvvatlar va ishlab chiqarish prognozlari 3-ilovagamuvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati “formalin 37%” mahsulotini va “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati “karbamid A” mahsulotini ishlab chiqarish bo‘yicha tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “formalin 37%” mahsuloti bo‘yicha va “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “karbamid A” mahsuloti bo‘yicha monopol yuqori narxlar qo‘llanilishining oldini olish bo‘yicha doimiy ravishda monitoring olib borsin.
6. 2022-yil 1-yanvarga qadar yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan olib kiriladigan yog‘och qirindili plitalar va uning muqobil turlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan xomashyo, asbob-uskunalar, ularning butlovchi hamda ehtiyot qismlari belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilsin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqib, terak, pavlovniya va boshqa turdagi tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxtlarni plantatsiya usulida yetishtirish uchun ball boniteti past bo‘lgan yerlarning o‘rnatilgan tartibda tadbirkorlik subyektlariga ajratilishini ta’minlasin.
Bunda, yog‘ochbop daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari 2022-yil 1-yanvarga qadar yer maydonlarida terak, pavlovniya va boshqa turdagi tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxtlar ekilgan qismiga yer solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-iyuldagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan Chetdan keltirishda yuridik shaxslar import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinadigan yog‘och-taxta materiallar, yog‘och-taxta va yog‘ochdan yasalgan buyumlarning ayrim turlari ro‘yxatidan6-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Mazkur band 2019-yil 1-maydan boshlab kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi B.K. Zaripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-aprel,
297-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-apreldagi 297-son qaroriga


1-ILOVA
Respublikada qamish xom-ashyosi mavjud bo‘lgan hududlar hamda qamishni qayta ishlash korxonasi tashkil qilinishi tavsiya etiladigan kichik sanoat zonalarining
MANZILLI RO‘YXATI


Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish