Investitsiyalar
Ichki investitsiyalar – bu mamlakat hududida ichki investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar hisoblanadi.
Tashqi investitsiyalar – bu foyda olish maqsadida chet el investorlari tomonidan boshqa davlat iqtisodiyotiga qo’yiladigan investitsiyalardir.
Investitsion muhit va uni baholash mezonlari Investitsion muhit – investitsiya munosabatlarini amalga oshirish mumkin bo’lgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuini aks ettiruvchi voqe’likdir. Aniqrog’i, investitsion muhit – bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko’rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmuasi. Investitsion muhitning muhim tarkibiy qismi davlatning qonunchilik bazasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |