Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimining barqarorligini ta`minlash yo`llari



Download 59,25 Kb.
bet6/9
Sana25.06.2022
Hajmi59,25 Kb.
#703534
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi muslimbek

Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashimiz shart.
Avvalo, inflyasiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas. Jahon tajribasini puxta o‘rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.8
Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshi- shi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi bo‘lishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirishi) doirasida kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi investitsion faollikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil bo‘ladi.
Pul-kredit siyosatini samarali yuritishning yana bir muhim ichki sharoiti mamlakatimizda to‘laqonli faoliyat yuritadigan moliya bozori, xususan, qimmatli qog‘ozlar bozori mavjud bo‘lishidir. Moliya bozorining rivojlanishi va samarali faoliyati Markaziy bankka pul-kredit instrumentlarini bozor mexanizmlari asosida ishlatishga zamin yaratadi. Bu borada Moliya vazirligi tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlari muomalaga chiqarilishi ham moliya bozorini rivojlantirishda dastlabki turtki bo‘ladi.
Moliya vazirligi tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarining muomalaga chiqarilishi Markaziy bank uchun likvidlilikni tartibga solishda tijorat banklari bilan repo operatsiyalari amalga oshirilishi, pul-kredit siyosatining ochiq bozor operatsiyalari joriy etilishiga asos bo‘ladi.
Bu to‘g‘risida ham mamlakatimiz rahbari Murojatnomada «... moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lishi kerak.
Yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank xizmatlari ko‘lamini yanada kengaytirish, ilg‘or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish zarur», deya ta’kidlab o‘tdilar.9
O‘zbekiston Markaziy banki 27.11.2018 yilda monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini tasdiqladi. Avvalgi yillardan farqli ravishda ushbu hujjat kelgusi uch yillik davr uchun, ya’ni 2021 yilgacha ishlab chiqilgan.
O‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • inflyasiya darajasini pasaytirish;

  • inflyasion targetlash rejimiga o‘tish uchun asos yaratish, pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexanizmlarini rivojlantirish.

Ushbu strategiyaga binoan mamlakatda inflyasiya darajasi 2019–2020 yillarda rejali tarzda pasaytiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 7.08.2018 yildagi PF–5504-son Farmoni bilan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini kompensatsiyalash uchun asoslar kengaytirildi. Tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Birinchidan, foiz xarajatlari kompensatsiyalanadigan kreditlarning eng yuqori summasi 4 mlrd. so‘mdan 8 mlrd. so‘mgacha oshirildi. Bunda quyidagi shartlar amal qiladi:

  • milliy valyutada, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida – 5 foiz punkti miqdorida;

  • milliy valyutada jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobiga ajratiladigan imtiyozli kreditlar bo‘yicha, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyalari asosida yosh tadbirkorlar tashabbus bilan chiqqan loyihalarni amalga oshirishga

  • banklarning xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli stavka miqdorida;

  • xorijiy valyutada (ekvivalentda) – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 3 foiz punktidan ortiq bo‘lmagan miqdorda.

Ikkinchidan, tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga kompensatsiyalash uchun qo‘shimcha asoslar kiritildi:

  • milliy valyutada, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida, tumanlarda, shuningdek «obod qishloq» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tumanlarda, summasi 8 mlrd. so‘mdan oshmaydigan loyihalar uchun – 8 foiz punkti miqdorida;

  • xorijiy valyutada, 2017 yil 5 sentyabrgacha xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari hisobiga issiqxonalar qurish, intensiv bog‘lar barpo etish va sovutkichlar qurish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ajratilgan valyuta kreditlari bo‘yicha – belgilangan foiz stavkasidan 50% miqdorida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatda aholi bandligini ta’minlash va ularni ijtimoiy hamda iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Murojatnomada quyidagi vazifalar belgilab berildi:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Xotin-qizlar qo‘mitasi hududiy hokimliklar bilan birgalikda bir oy muddatda ana shunday ayollarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan dastur ishlab chiqishi zarur.
Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rah- barlariga 2019 yilda turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan 1 ming 600 nafar xotin-qizlarni imtiyozli kreditlar asosida arzon uy-joylar bilan ta’minlash vazifasi topshiriladi.
Mamlakatimiz aholisining qariyb yarmini tashkil etadigan yoshlar bilan ishlash masalasi, bundan buyon ham eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.
Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi faoliyatini yanada kengaytirish zarur. 2019 yilda jamg‘arma uchun 2 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish va shu orqali 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratish lozim.10
Ta’kidlash joizki, 2017–2018 yillarda amalga oshirilgan faol darajadagi kreditlash amaliyoti iqtisodiyotda qarzdorlik yukining ma’lum darajada oshishiga olib keldi (2010–2016 yillarga nisbatan 2 barobarga).
Keyingi 2019–2021 yillarda iqtisodiyotning nisbatan tez sur’atlarda o‘tgan yillarda shakllangan qarzdorlikka xizmat qilishi qarzdorlarning moliyaviy holatlari bo‘yicha xatarlarni vujudga keltirishi mumkin, bu, ayniqsa, davlat korxonalarini isloh etish davrida ushbu korxonalarda qarzlarga xizmat qilish bo‘yicha muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kreditlar ajratish borasida shakllangan vaziyat va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash vazifalari iqtisodiyotning real sektori korxonalariga kredit ajratish siyosatida ko‘llanilayotgan uslublarni qayta ko‘rib chiqish va ajratilgan kreditlarning samaradorligini tahlil qilishni talab etadi.11


  1. Download 59,25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish