Mamlakat energetika xavfsizligi va iqtisodiy o’sishning o’zaro bog’liqligi
1 va 2 rejalar
Demak, muqobil energiya manbalaridan unumli foydalanish yer osti boyliklari zaxirasini tejash bilan bir qatorda atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini kamaytiradi. Bugungi kunda muqobil energiyalardan foydalanish qonun hujjatlarida ham o’z aksini topmoqda. Jumladan, prezidentimiz tomonidan 2019-yil 22-maydagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to’g’risida” , 2019-yil 22-avgustda PQ-4422-sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorlarni imzolashi ham bejizga emas. Ijozatingiz bilan bo‘lim faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan 2019-yil sarhisobiga murojaat etsak: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga davlat tashrifi davomida Davlat investitsiya qo‘mitasi va «TOTAL Eren» kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida Kelishuv hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4037-son va 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-sonli qarorlariga asosan Samarqand viloyatining Nurobod tumanida davlat-xususiy sherikchilik asosida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektrik stansiyasini qurish rejalashtirildi. Loyihaning qiymati 100 mln. yevro bo‘lib, 2021-yilda foydalanishga topishirish rejalashtirilgan. Batafsil manba: http://uzbekistonmet.uz 2019-yilning 13-sentabr kuni «O‘zbekiston MET» AJ va «TOTAL Eren» kompaniyasi o‘rtasida elektr energiyasini xarid qilish to‘g‘risida Kelishuv imzolandi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ko‘magida «Quvvat berish sxemasi»ni ishlab chiqish uchun loyiha institutiga texnik topshiriq ishlab chiqish uchun yo‘llandi. Loyihachilar tomonidan ishlab chiqilayotgan «Quvvat berish sxemasi» «O‘zbekiston MET» AJning boshqarma va bo‘limlaridagi mas'ul xodimlar tomonidan ko‘rib chiqilib, o‘z navbatida kiritilishi lozim bo‘lgan takliflar taqdim etib borilmoqda.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi PQ-4256-sonli «O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida BAAning «Masdar» kompaniyasi tomonidan 200 MVtli shamol elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan. Loyihaning qiymati 150 mln. AQSH doll. bo‘lib, 2021-yil yakunida foydalanishga topishirilishi ko‘zda tutilgan. Batafsil manba: http://uza.uz Bugungi kunda «Masdar» va loyihalashtirish instituti o‘rtasida «Quvvat berish sxemasi»ni ishlab chiqish yuzasidan shartnoma imzolangan bo‘lib, ushbu sxemani ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-avgust 633-sonli «Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish choralari va xususiy investitsiyani jalb qilgan holda fotoelektr stansiyalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash bo‘yicha Navoiy viloyati Karmana tumanida Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektrik stansiyasini qurish ko‘zda tutilgan. Batafsil manba: http://uzbekistonmet.uz Mazkur loyihaning qiymati 100 mln. AQSH doll. bo‘lib, 2021-yilning 1-choragida foydalanishga topishirilishi rejalashtirilgan. Korporatsiya tomonidan loyihani amalga oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tender tanlovlarida «Masdar» kompaniyasi (BAA) g‘alaba qozongan. O‘tkazilgan xalqaro tender bo‘yicha 1 kVt•soat ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun 2,67 sent (AQSh dollari hisobida) narx taklif etilgan «Masdar» kompaniyasi g‘olib deb topilgan. 2019-yil 8-noyabr sanasida Toshkent shahrida elektr energiyasini sotib olish yuzasidan Kelishuv hamda Investitsion bitim imzolandi. Hozirgi kunda Karmana tumani hokimiyati tomonidan quyosh fotoelektrik stansiyasini qurish uchun yer ajratish ishlar amalga oshirilmoqda. 4. Davlatimiz rahbarining 2019-yil 4-maydagi PQ-4308-sonli «Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan Xitoyning «Liaoning Leader Investment Holding Corp.» kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 200 MVtli shamol elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan. Loyihaning qiymati 250 mln. AQSh doll. bo‘lib, 2021-yilda foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda «Liaoning Leader Investment Holding Corp» kompaniyasi buyurmasiga ko‘ra «Quvvat berish sxemasi» loyiha instituti tomonidan ishlab chiqilgan hamda «O‘zbekiston MET» AJning boshqarma va bo‘limlari mas'ul xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda, kiritilishi lozim bo‘lgan taklif taqdim etib borilmoqda. Shunisi e'tiborliki, bugungi kun butun dunyoda energiya tejamkorligini oshirish, ekologik toza, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga katta e'tibor qaratilmoqda. Sababi aniq — muqobil energiya manbalaridan unumli foydalanish yer osti boyliklari zaxirasini tejash bilan bir qatorda atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini kamaytiradi.
Umuman olganda, mamlakatimizda suv, quyosh, shamol, biogaz energiyasidan foydalanish borasida tabiiy qulay shart-sharoitlar mavjud. Yurtimizning quyoshli kunlari, shamol muntazam esib turadigan ochiq hududlari ko‘p. Bu esa muqobil energiya manbalari orqali iqtisodiyot tarmoqlarini, hududlar va aholimizni uzluksiz energiya bilan ta'minlash, atrof-muhitga chiqarilayotgan zararli chiqindilarni kamaytirish hamda barqaror rivojlanish imkonini beradi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishda ulkan salohiyatga ega. Negaki, o‘lkamizda yilning 300 ga yaqin kuni quyoshli. Shuningdek, doimiy shamol esuvchi hududlarimiz ham bisyor. Bu quyosh va shamol energiyasi ishlab chiqarish uchun yaxshi imkoniyatlardan darak. Qayd etish kerak, O‘zbekiston elektr energiyasini ishlab chiqarishning umumiy hajmida qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushini 2030 yilga borib 30% ga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan. Bunday natijalarga erishish uchun Energetika vazirligi qayta tiklanadigan energiya sohasida keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan faol choralar ko‘rmoqda. Download 415,18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |