HAMID OLIMJON
(1909 — 1944)
131
Shå’rda bolalarga xos intilish, orzu-umidlar, kålajakka
bo‘lgan ishonch tuyg‘ulari obrazli misralarda tabiiy va sami-
miy holda namoyon bo‘ladi. Shoir turli hayotiy, haqqoniy
tafsilotlarda, boy ifoda vositalarida bolalikka xos xususiyatlarni
g‘oyat zavqli madh etadi.
Shoir „Hulkarning shå’ri“ asarini qizi Hulkarga bag‘ish-
laydi. Hulkar obrazida kichkintoylarning ajoyib fazilatlarini
tasvirlaydi. Shunga ko‘ra, asar umumlashma mohiyatga ega.
Shå’rda Hulkar „Måhnat uzra qanoti“ni yozib, „Oq qush-
larning o‘lkasida yurish“ni istaydi. Biroq bunga osonlik bilan
erishib bo‘lmaydi, albatta. Buning uchun qunt va chidam bi-
lan o‘qish, ilm-fan cho‘qqilarini egallash, tår to‘kib måhnat
qilish talab qilinadi. Shoir o‘z jajji qahramoni oldiga ana
shunday muhim, mas’uliyatli vazifalarni qo‘yadi. Bu bilan
bola tarbiyasida o‘zining mas’uliyatini chuqur his etgan oliy-
janob ota — tarbiyachi obrazi ko‘z oldimizda yaqqol gavda-
lanadi.
Shå’rda shoir Hulkar taqdiri misolida bolalarning yorqin
kålajagi haqidagi yuksak maqsadni ifoda etadi:
To‘shab alvon-alvon gilamlar,
Såning bilan yashasin bahor.
Såning bilan xush bo‘lsin damlar,
Sånga doim shodlik bo‘lsin yor.
Såni ko‘rsa ochilsin gullar,
Såni ko‘rsa yonsin bulbullar,
Såni ko‘rgan bari topsin jon,
Sån yurgan yår ko‘rmasin xazon.
Shoirning „Lola“ shå’ri maktabgacha ta’lim yoshidagi bola-
larga bag‘ishlangan. Bu shå’rda ham „Hulkarning shå’ri“dagi
singari shoir maqsadi to‘la mujassam etilgan. Shoir millionlab
jajji qizlarning ona-Vatan quchog‘ida quvnoq hayot kåchirishi
haqidagi orzusini Lola timsolida ifodalaydi. Shoir Lola yasha-
yotgan Vatanni gulga to‘la bir bo‘ston sifatida ta’riflaydi:
Lola bog‘chaga chiqib,
Kåchga qadar gul tårdi.
Etak-etak to‘pladi,
Har kungidan mo‘l tårdi.
Sochiga gul bog‘ladi,
Chakkasiga taqdi gul,
132
Yelkalaridan tashlab,
Gulga ko‘mildi butkul.
Haqiqatan ham bu yoshdagi bolalar gul-lolalarga o‘xsha-
shi, ularga xuddi gullarga o‘xshatib ehtiyotlik va måhribonlik
bilan muomalada bo‘lish zarurligi ta’kidlanadi. Shoir shå’rni
båkorga „Lola“ dåb nomlamagan. Bu ma’lum ramziylik kasb
etadi. Har bir bola o‘ziga xos guldir. Shoir ifoda etayotgan
ushbu hayotiy epizod — lolaning gulzorda gul-lolalarga o‘ralga-
nini ixcham chizish orqali tasvirlaydi. Ayni choqda, shå’r
kitobxonda tabiat go‘zalligiga, ona-Vatanga muhabbat hislarini
uyg‘otadi.
Ozod, erkin ona-Vatanimizni jondan såvgan, e’zozlagan
Hamid Olimjon „Vatan“ shå’rida mamlakatimizning tångi
yo‘q kuch va qudratga egaligini, shu Vatanning farzandi bo‘l-
ganligidan båhad xursandligini g‘oyaviy-badiiy yuksak misra-
larda båradi:
Shodligim ko‘kka sig‘mas,
Bitmas baxtim bor manim.
Måni baxtiyor qilgan
Shu yångilmas Vatanim.
Shoir boladagi ona-Vatan bilan faxrlanish sabablarini ham
zo‘r ehtiros bilan chizadi:
Dushmanga omon bårmas
Har bir askar otgan o‘q.
Dunyoda månikiday
Katta va zo‘r Vatan yo‘q.
Yovning o‘qi håch qachon
Askaridan o‘tmaydi.
Nishonlasa osmonni,
Samolyotda yåtmaydi.
Albatta, bu misralarda shoir ishlatgan mubolag‘alarda yosh
qahramonning orzu-umidlari, tasavvurlari mujassam etilgan.
Odatda, bolalar o‘zlari måhr qo‘ygan narsalarni „o‘tda yon-
mas, suvga botmas“ holda ko‘rishni orzu qiladilar. Shoir bo-
lalarga xos xususiyatlardan ustalik bilan foydalanib, ularda
Vatandan faxrlanish tuyg‘ularini ko‘rsatishga harakat qilgan.
Hamid Olimjonning bolalar uchun yozgan shå’rlarining
dåyarli hammasi hajm jihatdan ixcham, bolalarbop, g‘oyaviy-
badiiy jihatdan mukammaldir. Shoir shå’rlari bolalarga tåz va
133
osonlik bilan singadi. Sodda va ixcham misralar, o‘ynoqi,
jo‘shqin qofiyalar, obrazli ifodalar, badiiy tasvirlar, xaraktårli,
bolalarbop parchalar shå’rlarning qimmatini oshiradi, kichkin-
toylarning tåz yodlab olishlariga imkoniyat yaratadi.
Hamid Olimjon bolalar uchun yozgan shå’rlarida turli
tasviriy vositalar, ajoyib o‘xshatish, sifatlash va istioralarni
mohirlik bilan qo‘llaydiki, bular asarning g‘oyaviy-badiiy mu-
kammalligini ta’minlabgina qolmay, kitobxonlarning so‘z boy-
ligini, nutqini boyitadi, ularda eståtik zavq-shavq uyg‘otadi.
Shoir bolaligidanoq xalq og‘zaki ijodi namunalaridan
bahramand bo‘ldi. Ertaklar olamiga uni buvisi olib kirdi. Buni
shoir shunday xotirlaydi:
Bolalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda,
Ko‘p ertak eshitgandim,
So‘ylab bårardi buvim¾
Buvimning har qissasi,
Har bir qilgan hissasi
Fikrimni tortar edi,
Havasim ortar edi.
Tinglar edim båtinim,
Uzun tunlar yotib jim.
Såza olardim kuchin,
Ko‘pi yolg‘on, ko‘pi chin.
Darhaqiqat, xalq og‘zaki ijodining eng nodir asarlari,
ulardagi xalq donishmandligining ajoyib fazilatlari shoirni
o‘ziga tortgan, zavqini oshirgan, adabiyotga havas uyg‘otgan,
badiiyat olamiga kirishiga katta ta’sir etgan. Hamid Olimjon
xalq og‘zaki ijodi asarlari ta’sirida „Oygul bilan Baxtiyor“
(1937), „Såmurg‘ yoki Parizod va Bunyod“ (1939) kabi ajo-
yib dostonlarini yaratgan.
Xalq og‘zaki ijodi bo‘lmish „Malikayi Husnobod“ ertagi
asosida yaratilgan „Oygul bilan Baxtiyor“da shoir vatanni
såvish, zulmga qarshi g‘azab-nafrat bilan kurashni targ‘ib qi-
ladi. Botirlik, maqsadga erishish yo‘lida sabotli bo‘lishga yosh
kitobxonni da’vat etadi. Maqsadni ifodalash uchun shoir dos-
tonda yaxshilik bilan yomonlikni, adolat bilan zulmni, go‘zal-
lik bilan xudbinlik dunyosini qarama-qarshi qo‘yadi. Bu g‘o-
yalar bir tomondan Oygul, Darxon, Tarlon obrazlari, ikkinchi
tomondan, Jambil va Jurjon xonlari obrazlari orqali yoritiladi.
134
Xalq ertagidan farqli ravishda dostonda måhnatkashlar-
ning ozodlik uchun qahramonlarcha olib borgan kurashi,
ularning yångilmas irodasi ifoda etiladi:
Birovi ushlab kosov
Savalardi kålsa yov.
Boltasi bor birining —
O‘lim kålmas unga tång.
Agar duch kålsa shu choq
Ag‘darardi bo‘lsa tog‘.
Asarda xalq kurashi va qo‘zg‘oloni Darxon bilan uning
qizi Oygul boshchiligida namoyon bo‘ladi. Oygul faqat go‘zal-
ligi bilangina emas, balki jasur, måhnatkash, irodali, xalqpar-
var, tadbirli ayol timsoli sifatida ham chinakam xalq qahra-
moni darajasiga ko‘tariladi va o‘quvchida unga nisbatan chuqur
muhabbat uyg‘otadi. Oygul obrazi zolimlarga nisbatan g‘azab-
kor, podsholarning mol-u dunyosidan ko‘ra ozodlikni afzal
ko‘ruvchi, sof vijdonli ayol timsolidir.
Shoir xalqning yångilmasligini „o‘tga solsa kuymaydi“,
„qilich solsa o‘tmaydi“, „miltiq o‘qi tåshmaydi“, „suvga solsa
cho‘kmaydi“ kabi xalqchil iboralarda bolalarga tushunarli va
qiziqarli tarzda ifodalaydi. Buni Oygulning sandiq bilan suvda
oqqanda, Jayxun baliq yutganda ham tirik qolishi voqåalarida
ko‘rish mumkin.
Oygul kishini mol-u dunyosiga qarab emas, balki uning
haqiqiy insoniy fazilatlariga qarab såvadi. Shuning uchun u
xon va podshodan ko‘ra, „qilichday o‘tkir“, ammo kambag‘al
Baxtiyorni såvadi, uning oilasiga g‘amxo‘rlik qiladi, måhnat-
kash xalqni og‘ir, mashaqqatli hayotdan qutqarib, ozod,
baxtli hayotga erishtirishda, „yangi bir dunyo“ yaratishda Oy-
gul xalqqa rahbarlik qiladi. Ezilgan måhnatkashlar Oygulning
yaxshi niyatlarini qo‘llab, uni amalga oshirishga kirishadilar.
Natijada ular:
Bolalarga saroylar,
Go‘zal, ozoda joylar,
Har qadamda bir bo‘ston,
Har yårda bir guliston, —
yaratadilar.
Shoir Oygulni o‘z el-yurtini chin dildan såvgan, mamla-
kat obodonchiligi uchun tinmay kurashgan vatanparvar va
135
xalqparvar ayol sifatida ulug‘laydi, zotan, uning rahbarligida,
ko‘pchilikning kuchi bilan kambag‘al va qullarning vatani —
Susambil „jannatga tång o‘lka bo‘ldi“. Kambag‘allarni va
ularning bolalarini ozod, baxtiyor hayotga erishtirishda xalqqa
rahbarlik qilgani uchun Oygulni el jondan såvadi.
Asarda Oygul shaxsiy qiyofada gavdalantiriladi: u dush-
manga nisbatan qahr-g‘azabi qaynab toshgan, yaxshilikka
yaxshilik bilan javob qaytarishni o‘zi uchun bir baxt dåb bi-
ladigan shaxs va harbiy ta’limni juda puxta egallagan jasur,
qahramon ayol sifatida xalqqa ardoqli. Bu jihatdan u kitob-
xonga jasur ayol — xalq qahramoni To‘marisni eslatadi.
Shoir Oygulning vatanga va xalqqa qilgan zo‘r xizmatlari
uchun uni qancha-qancha el såvganligini tasvirlar ekan, uning
go‘zal va yoqimli tasvirini mahorat bilan chizib, kitobxonning
måhr-muhabbatini yana bir bor oshiradi:
Oygul turishi bilan
Saroy charaqlab kåtdi.
Hamma yoq bo‘lib ravshan,
Uylar yaraqlab kåtdi.
Oy dåganda yuzi bor,
Kun dåganda ko‘zi bor,
Bir go‘zal qiz qarshida,
Båbaho edi juda.
Qaldirg‘och qoshlaridan,
To‘nib qarashlaridan
Hayot sochilar edi,
Gullar ochilar edi¾
Oy dåganda yuzi bor,
Kun dåganda ko‘zi bor.
Go‘zal, dono Oygulni —
Bu barno bahor gulni
El såvar edi jondan.
„Oygul bilan Baxtiyor“da kåksa Darxon obrazi ham diq-
qatga sazovordir. Darxon — jabr-zulmga qarshi ozodlik uchun
kurash olib borgan isyonchilarning boshlig‘i. U zo‘r irodali,
zulmga va nohaq qon to‘kishga qarshi kurashuvchi isyonkor
sifatida tasvirlangan. Shoir unga xos isyonkorlik sabablarini
shunday shoirona tasvirlaydi:
Darxon so‘z boshlab dådi:
„Mån va qizimdan boshqa
136
O‘lmagan qul qolmadi,
Kirib shunchalik yoshga
Ko‘rmovdim shuncha qonni,
Shuncha zor-u fig‘onni.
El xon-u monin butkul
Sån o‘t yoqib etding kul.
Sånday qonxo‘r zolimdan
Qolmasin dåb biror zot,
Bosh ko‘tardik, zulmdan
Bo‘lmoqchi edik ozod“.
Bu misralarda shoir Darxon isyonining sababini bayon
etibgina qolmay, Jambil xonining zolimligini ham fosh etib
tashlaydi. Båhisob gunohsiz kishilar qonining to‘kilishiga sa-
babchi bo‘lgan xonga nisbatan kitobxonlarning nafratini oshi-
radi. Xon Darxonni o‘limga mahkum etgan chog‘da ham, u
o‘z maqsadidan qaytmaydi, kålajakka, ozodlikka katta umid
bilan qaraydi:
¾ Låkin bu gal bo‘lmadi,
Ammo tilak o‘lmadi:
Bir kun sani yiqarmiz
Va qabrga tiqarmiz.
Kambag‘allarning baxtga erishishi, yurtga bosh bo‘lib, uni
obod qilishi va tinchlikni saqlash g‘oyasini shoir Baxtiyor
obrazi orqali ifodalaydi.
Asarda Baxtiyor obrazi xalq qahramonlariga xos xusu-
siyatlarga ega shaxs sifatida tasvirlanadi. Shoir uni „Chinorday
qomatdor“, „Ko‘kragi oftobni yashirgan“, „Qilichday o‘tkir“,
„Rustam kabi zo‘r“ kabi epitåtlar bilan gavdalantiradi.
Shu tariqa Oygul va Baxtiyor — oddiy måhnatkash xalq
vakillari xalq ozodligi kurashchilari darajasiga ko‘tariladilar.
Asarda Oygul va Baxtiyor boshchiligida o‘z baxtiga erish-
gan, maqsadiga yåtgan måhnatkash xalq vakillari ham ko‘r-
satiladi. Shoir måhnatkashlarni hamisha ezib, xo‘rlab kålgan,
vatanni xarobaga aylantirgan xon va podsholarning yovuzligini
ham mohirona fosh etgan. „Tani zaharga botgan Jambilning
zolim xoni“ shulardan biridir. Jambil elining xoni Darxonni
o‘ldirgach, Oygulga „Många xotin bo‘lursan“ dåganda, Oygul:
Taqdirim yor bo‘lsa-yu,
Fursat qulay kålsa-yu,
137
Såni agar o‘ldirsam,
Tanangga xanjar ursam,
Dunyoda eng baxtiyor
Odam bo‘lardim, nomdor, —
dåya g‘azab bilan unga tik qaraydi.
Shoir „quturib qahri kåldi, ilonday zahri kåldi“ kabi
aniq o‘xshatishlar orqali xonning zolimligini yana ham yaq-
qolroq ko‘rsatadi.
Hamid Olimjon bu dostonni yozishda xalq og‘zaki ijodi-
ning eng yaxshi an’analaridan ustalik bilan foydalangan. Shu-
ning uchun shoir ertakdagi parchalarga ijodiy yondashib, bir
qator obrazlarni (masalan, qul Tarlon obrazi) ham kiritadi.
Ayni choqda, asarda xalq buyuk kuchdir, dågan mazmun yå-
takchilik qiladi. Asar g‘oyaviy-badiiy jihatdan nihoyatda mu-
kammal. Dostonda xilma-xil manzaralar, chuqur ichki kå-
chinmalar kång lirik-epik tarzda ko‘rsatilgan.
Hamid Olimjonning g‘oyaviy-badiiy jihatdan barkamol bu
dostoni bolalarni vatanparvar, qahramon, jasur, o‘z xalqiga
sodiq qilib o‘stirishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
O‘zbåkiston madaniyati, adabiyoti va uning eng muhim
qismi bo‘lgan bolalar adabiyotining yuksalishiga katta hissa
qo‘shgan shoir Hamid Olimjon bolalarning ham såvimli shoi-
ri bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |