Mamasoli jumaboyev



Download 12,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/120
Sana31.12.2021
Hajmi12,91 Mb.
#220217
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   120
Bog'liq
bolalar adabiyoti va ifodali oqish (1)

(Oybek),  „Kurash  nechun?“,  „Kapitan  Gastello“  (Maqsud
Shayxzoda),  „Vatan  haqida  qo‘shiq“  (Uyg‘un),  „Vatan“,
„Chavandoz“  (Òemir  Fattoh),  „Qurol  bering  menga  ham!“,
„Bizning  oila“  (Zafar  Diyor),  „Òo‘ychi  Muhammad“  (Sulton
Jo‘ra),  „Onamning  aytganlari“  (Adham  Rahmat),  „Biz  yen-
gamiz“  (Hasan  Said)  kabi  asarlarda  o‘z  ifodasini  topdi.
1941- yilning  iyul  oyidayoq  „O‘lim  yovga“  adabiy  to‘p-
lami  bosilib  chiqdi.  To‘plamdagi  shå’rlarda  jangda  mardlik,
jasorat  namunasini  ko‘rsatish  hamda  g‘alabaga  bo‘lgan  komil
ishonch  jo‘shib  kuylanadi.
„Vatan  uchun“  to‘plami  ham  shu  yilda  yuzaga  kåldi.
Undagi  shå’rlar  mavzu  jihatdan  yanada  kångaytirilganligi,
qahramonlik,  ona-Vatanga  sadoqat  g‘oyasi  yåtakchilik  qilishi
xaraktårlidir.
Ayniqsa,  Zafar  Diyor  yaratgan  qahramonlar  yosh  bo‘li-
shiga  qaramay  juda  qasoskor.  Ular  tinchlik,  osoyishtalik  shay-
dolari,  nåmis-fashist  bosqinchilarini  qattiq  qahr-g‘azab  bilan
la’natlaydilar.  Binobarin,  ona-Vatanni  såvish,  ardoqlashning
o‘zi  yåtmaydi.  U  Vatanga  munosib  o‘g‘lon  bo‘lib,  uni  himoya
qila  olish  zarur,  dågan  muqaddas  tuyg‘u  bilan  nafas  oladilar.
Shuning  uchun  ham  shoirning  qahramonlari  qo‘lda  qurol  bi-
lan  nåmis-fashist  bosqinchilariga  qarshi  shårday  hamla  qilishga
tayyor.  Z.  Diyor  „Qurol  bering  menga  ham!“  she’rida  lirik
qahramon  tilidan  shunday  misralarni  bitadi:
Meni  kichik  demangiz,
Kamsitmangiz  kuchimni,


57
Bosqinchidan  olgumdir
Xalq  qasosi — o‘chimni!
Nemis-fashist  bosqinchilari  barcha  qatori  yosh  bolalarning
ham  osuda  hayotini  buzdi.  Ularni  daryo,  ko‘llar  bo‘yida  baliq
tutib,  hordiq  chiqarishdan,  bilim  olib,  quvnoq  o‘yin-kulgu
bilan  yashashdan  mahrum  etdi.  Shuning  uchun  ham  yosh  va-
tanparvar  butun  xalq  bilan  bir  tan,  bir  jon  bo‘lib,  qo‘lida
qurol  bilan  dushmandan  o‘ch  olishga  shaylandi.  Uning:
Qurol  bering  menga  ham,
Qurol  bering  menga  ham.
Razil  nemis  boshiga
Men  ham  solay  katta  g‘am, —
deya  shijoat  ko‘rsatishi  diqqatni  tortadi.  Urush  davri  bolalar
adabiyotida  front  orqasini  mustahkamlash  ishi  ham  alohida
mavzu  bo‘lib  qolgan  edi.  Zafar  Diyorning  „Maktab — sening
fronting“,  „Poyezd  ketar  frontga“,  „Òemirchilar  minbari“,
Shukur  Sa’dullaning  „Yoshlik“,  „Sen  nima  qilding?“  kabi  asar-
larida  bolalarning  front  orqasini  mustahkamlashdagi  jangovar
mehnatlari  namoyon  bo‘ladi.
„Sån  nima  qilding?“  shå’rining  qahramonlari  o‘zlariga
ham,  o‘zgalarga  ham  talabchan  bolalar.  Ular  har  bir  kun,  har
bir  daqiqani  måhnat  muvaffaqiyati  bilan  o‘tkazishni  o‘z  ol-
dilariga  maqsad  qilib  qo‘yganlar.  Shuning  uchun  ham  ular
bir-birlariga  jiddiy  savol  båradilar:
— Front  uchun  nå  qilding?
Navbat  sånga!  So‘yla,  qani,
Nimalarni  ep  bilding?!
Javob  ham  aniq:
¾ O‘ylab  topdim:  uyga  kirdim,
Kåzdim  har  yonni  bir-bir.
Bog‘lar  oshdim,  ko‘p  yo‘l  yurdim,
Yig‘dim  tårsag-u  tåmir.
„Bular  front  uchun!“ —
dåya  eltdim  maktabim  sari.
Shu  zaylda  har  bir  bolaning  qo‘shgan  ulushi  båsh  o‘rtoq
o‘rtasida  muhokama  qilinadi.  Va  nihoyat  ular:  „Bundan  o‘q-u
tank  bo‘ladi!“  dåya  o‘z  ishlaridan  qanoat  hosil  qiladilar.
Shå’rda  har  bir  bolaning  fikr-o‘yi,  orzu-umidi,  harakati,
måhnati  ishonarli  tarzda  ifoda  etiladi.


58
Urushdan  so‘nggi  davr  bolalar  she’riyatida  ona-Vatan,
go‘zal  diyor,  hur  o‘lkamiz  to‘g‘risida  yaratilgan  asarlar  diq-
qatga  sazovordir.  „Yashna,  Vatan“  (I. Muslim),  „Obod  o‘l-
kam“,  „Yurtimizning  yuragi“  (P. Mo‘min),  „Mening  Vata-
nim“,  „Baxtli  bolalar“  (Q. Hikmat),  „O‘lkamizning  tongi
otmoqda“  (A. Rahmat),  „Dehqon  bobo  va  o‘n  ikki  bolakay
qissasi“  (A. Oriðov),  „Ona  degan  so‘z“  (O. Matjon)  va  hokazo.
Bu  mavzuda  yaratilgan  she’rlarni  sanagan  bilan  tamom  bo‘l-
maydi.  Abdulla Oriðovning  „Dehqon  bobo  va  o‘n  ikki  bolakay
qissasi“  she’ri  bolalar  adabiyotining  keyingi  yillarda  qo‘lga
kiritgan  jiddiy  yutuqlaridan  bo‘ldi.  O‘zbek  bolalar  she’riyatida
O‘zbekiston  haqida  ko‘plab  asarlar  bor.  A. Oriðov  ularni  tak-
rorlamasdan,  o‘ziga  xos  original  asar  yozgan.  She’r  qahra-
monlari  o‘n  ikki  viloyatdan  chiqqan  a’lochi,  jamoatchi  o‘quv-
chi  bolalar.  Ular  o‘z  joylarining  tarixini  yaxshi  bilishadi.  Po-
yezdda  o‘zlariga  hamroh  bo‘lgan  boboning  savollariga  lo‘nda-
lo‘nda  qilib  javob  berishadi.  O‘zbekistondagi  har  bir  viloyat-
ning  o‘ziga  xos  boyligi,  shaharlari,  bag‘rikeng  odamlari  kitob-
xon  ko‘z  o‘ngida  bir-bir  gavdalanadi.
O‘zaro  suhbat  asosiga  qurilgan  bu  she’rda  boboning  yaku-
niy  nutqi  juda  salmoqli.  Òo‘rt  misra  she’r  bilan  tobora  gullab-
yashnab  borayotgan,  o‘ziga  mustaqil  bo‘lib,  o‘z  taqdirini  o‘zi
bunyod  etayotgan  diyorimizning  husni  jamoli,  salobati  va
qudrati  bir  butunligicha  ifoda  etilgan:
Siz  atagan  har  bir  joy
Bitta  bo‘ston  bo‘ladi,
Hammasini  qo‘shsangiz,
O‘zbekiston  bo‘ladi.
O‘zbek  xalqi  avvaldan  mehnatkash  xalq.  Ishchanlik  bizga
ota-bobolarimizdan  meros  bo‘lib  qolgan.  Q. Muhammadiyning
„Etik“,  „Buvimning  hikoyasi“,  H. Yoqubovning  „Sirdaryo
oftobi“,  Shukur  Sa’dullaning  „Hovlimizning  bolalari“,
„Dastyor  qiz“,  „Bog‘bon  qiz“,  Ilyos  Muslimning  „Oyxon  va
rayhon“,  „Ishchan  asalarilar“,  „Sening  sovg‘ang“,  Po‘lat
Mo‘minning  „Dalalarga  qarasam“,  „Oftob  chiqdi  olamga“,
Qudrat  Hikmatning  „Bobo  va  nabira“,  „Jo‘jam,  yurma  laqil-
lab“,  Òolib  Yo‘ldoshning  „Vaqt  qadri“,  Yusuf  Shomansur-
ning  „Baraka“,  „Òikuvchi“,  Tursunboy  Adashboyåvning
„Shanbalik“,  Rauf  Tolibning  „Bobo  xursand,  Nodira  xafa“,


59
Qambar  Otaning  „Måhnatdan  zavq  olaman“  shå’rlari  båvosita
måhnat  mavzusiga  bag‘ishlangan.
Istå’dodli  shoir  Qambar  ota  uzoq  yillardan  båri  bolalarni
måhnatsåvarlikka  chorlab  shå’rlar  yozib  kåladi.  „Måhnatdan
zavq  olaman“  asari  shulardan  biri.  Asarning  lirik  qahramoni
sog‘lom  va  tåtik  bola.  Buning  asosiy  sababi  uning  måhnatkash-
ligida.  Bola  ishlashni,  ayniqsa,  kattalarning  yumushlariga
astoydil  yordam  bårishni  yaxshi  ko‘radi.  Lirik  qahramonning
måhnati,  orzu-xayoli  yosh  kitobxonning  ezgu  niyatiga  mos
tushadi:
Sog‘lom,  quvnoq  bolaman,
Måhnatdan  zavq  olaman.
Agarda  ish  qilmasam,
Tåz  zårikib  qolaman.
Kattalarga  dastyorman,
Xizmatiga  tayyorman.
Måhnat — baxt.  O‘sha  baxtni  qo‘lga  kiritish,  måhnat  unum-
dorligini  oshirish  uchun  esa,  eng  avvalo,  ilm-fanni  puxta
o‘zlashtirib  olish  kårak.  Q. Muhammadiyning  quyidagi  shå’rida
måhnatning  zoyå  kåtmasligi  alohida  ta’kidlanadi:
Ilmni  bilib  olsang,
Mo‘ljaling  xato  kåtmas.
Måhnatkashlik  dunyoda  buyuk  ish.  Kimki  bu  ishning
etagini  tutsa,  u  håch  qachon  kam  bo‘lmaydi.  Bugun  ham
shoirlarimiz  o‘z  asarlarida  bolalarni  måhnatkash  bo‘lishga,
måhnat  ahlini  hurmat  qilishga,  ularning  påshana  tårlari
evaziga  bunyod  etilgan  narsalarni  e’zozlashga,  asrab-avaylashga
da’vatkor  shå’rlar  ijod  qilmoqdalar.
Bolalarni  bog‘cha  yoshidan  boshlaboq  tabiatga  muhabbat
ruhida  tarbiyalash  muhim  ishlardan  biri  hisoblanadi.  Bolalar
ijodkorlari  bu  masalaga  alohida  e’tibor  båradilar.  „Kichkina
bog‘bon  haqida  doston“,  „Suv  bilan  suhbat“,  „Yuksak  tog‘,
kång  o‘tloq  va  mard  o‘rtoq  haqida  qissa“  (Zafar  Diyor),
„To‘rt  fasl“  (Sh. Sa’dulla);  „Bizning  bog‘ga  kålinglar“  (G‘. G‘u-

Download 12,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish