Mamasoli jumaboyev



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/118
Sana25.02.2022
Hajmi9,04 Mb.
#464331
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118
Bog'liq
Bolalar adabiyoti.2-nashr Jumaboev M. (1)

BIRLASHGAN 0 ‘ZAR
( О ‘zbek xalq ertagi)
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir bek b o ‘lgan ekan. U ning 
ziyrak, vafodor, dumi uzun tozisi b o ‘lgan ekan. Tozi har 
kuni bekka ikki-uchta quyon, yow oyi tovuq tu tib berar, 
hovlisini q o ‘riqlarkan. Bek bilan xotini undan jud a rozi ekanlar. 
Bir kuni dum i uzun tozi ov qilgani qam ishzorga kirib ketibdi.
57


U yerda ochligidan holdan toyib yotgan laychani kobribdi-yu:
— E, yalqov laycha, ag‘anab yotaverasanm i? Yur men 
bilan, xo‘jayinim menga issiqqina in qurib bergan. Ovqat 
yeydigan yaloq q o ‘ygan. Qish kunlari borib, sandalning poygak 
tom onida isinam an, xo‘jayinim indamaydi. Juda yaxshi odam , 
— debdi. Laycha rozi b o ‘lib, tozi bilan birga boribdi. Bek ham 
xizm atkor ikkita b o lg a n id a n xursand b o ‘lib, ularga ovqat 
beribdi. Shunday qilib, tozi bilan laycha issiqqina uychada 
yashayveribdilar.
K unlarning birida ikkalasi ov qilgani o ‘rm onga borsalar, 
c h o ‘zilib yotgan shaqalni ко ‘rib qolibdilar. Shaqal q o ‘rqib 
ketibdi. Tozi bilan laycha: ,,Q o‘rqm a, yuraging yorilm asin, 
nim aga yotibsan?“ deyishibdi.
— Yegulik narsa yo‘q, o chm an, m adorim quriyapti, — 
debdi shaqal.
— U nd oq b o ‘lsa, bizlar bilan yur. Bek x o ‘jayinim iz bor, 
o ‘zi k o ‘p yaxshi odam . Ov qilib b eram iz, xotini ovqat 
pishirib beradi, — debdi tozi.
A na endi uchalasi h ar kuni b esh ta-o ltitad an y o w o y i 
tovuq, quyon, kaklik, bulduruq tutib kelaverishibdi. Bekning 
xotini b o ‘lsa, yegulik pishirib beraveribdi.
Bir necha kundan keyin ular ovga borib, o ‘rm onda Sher 
bilan yo‘lbarsga duch kelibdilar.
— Bizlarga sherik b o ‘linglar, birga ov qilam iz, birla- 
sh ish n in g xosiyati k o ‘p b o ‘lad i, — d ey ish ib d i s h e r bilan
yo‘lbarsga it va shaqal. Sher bilan yo‘lbars ham o ‘ylab ко ‘rib 
rozi b o ‘libdilar. Xullas, beshovlari bekning xizm atini qilave- 
ribdilar. Ov o ‘ljasi ham ko‘payaveribdi, bekning xotini ham 
jonivorlarga yaxshi qarayveribdi.
G apning qolganini bu yoqdan eshiting. Kuni bitib bekning 
xotini qazo qilibdi. Xo‘jayin g‘am -anduhga giriftor boNibdi. 
Tozi, laycha, shaqal ham da yo‘lbars, sher m aslahatni bir 
yerga q o ‘yib, bekni uylantirm oqchi b o ‘libdilar. Tozi m asla- 
hatboshi bo‘lib,. shaqalga uqtiribdi.
— Shaharga borasan, hindi savdogarning d o ‘koniga kirasan, 
sher ham sen bilan borib, atrofni poylab tursin. Kelinga lozim 
bo‘lgan zarrin, kimxob, shoyilar olib chiqib yuklaysan, sher 
olib keladi.
Bu m aslahatni og‘aynilar m a’qullabdilar. Shaqal bilan sher 
shaharga boribdilar. H indining d o ‘koniga kirib, qim m atbaho asl
58


narsalarni olib kelibdilar. 0 ‘sha vaqt bir zolim podsho boMib, 
uning juda chiroyli, odobli qizi bor ekan. Endi beshovi yana 
m aslahat qilib, bekka shu podshoning qizini olib berm oqchi 
b o ‘libdilar. Tozi yana bosh m aslahatchi boMibdi.
— Shaqal bilan sher podshoning saroyiga borib poylab 
tursin-da, qiz eshikdan chiqishi bilan, ushlab qopga solib, 
olib kelinglar.
Shaqal bilan sher podshoning saroyiga yetib boribdilar. 
Q izning yotoqxonasi orqa devorini tirnabdilar, enaga kam pir 
chiqib:
— Ey, kim u, qasir-qusur qilayotgan? — debdi va pisib 
yotgan sher bilan shaqalni ko‘rm ay qaytib borib uxlabdi.
Sal o ‘tgach, yana taqillatibdilar.
K am p ir yan a inqillab ch iqibdi. A m m o h ech n im an i 
ko‘rmay, yana qaytib kirib ketibdi. U chinchi m artasida qiz 
kampirga:
— Ey, bibijon, siz ovora b o ‘lib chiqm ang, ko‘zingiz ham
o ‘tm aydi. M en o ‘zim qaraym an, — deb eshikdan chiqqan 
ekan, poylab turgan sher bilan shaqal uni m ahkam ushlab 
qopga solibdilar-u, yo‘lga ravona b o ‘libdilar. Ertasi kuni bek- 
nikida katta to ‘y bo‘libdi. Bek go‘zal malikaga uylanganidan xur­
sand bo‘libdi. Beshala og‘ayni xizmatni bajo keltiraversinlar-u, 
bu yoqdagi hangom aga quloq bering.
Q izning bedarak yo‘qolganini eshitib, darg‘azab b o ‘lgan 
podsho am ir-u am aldorlariga buyruq beribdi:
— Q izim ni yer-u ko‘kdan b o ‘lsa ham toping. Kimki topib 
kelsa, xazinam dan b o ‘yi baravar tilla beram an. T opolm a- 
sanglar, ham m ang boshlaringdan jud o b o ‘lasanlar.
Y asovullar t o ‘rt tarafg a o t q o ‘yib, m alik an i axtarib
kelibdilar. A m m o hech biri qizni topolm abdi. Shaharda bir 
ayyor kam pir bor ekan. U podsho huzuriga kirib:
— Qizingizni uzoq shaharga olib qochib ketganlar. M en 
topib kelam an, aylanay shohim . Lekin bir shartim bor. Asl 
ustalaringizga ayting, menga uchadigan sandiq yasab bersinlar. 
Bu q u lo g in i burasam m ag‘ribga, u qulog‘ini burasam mashriq 
tarafga uchadigan b o ‘lsin, — debdi. Podsho am ri bilan kam pir 
aytganday qilib ustalar sandiq yasashibdi. Y osum an kam pir 
sandiqqa tushib olib, bir qulog‘ini buragan ekan, sandiq 
havoga ko‘tarilib, bekning hovlisiga yaqin yerga tushibdi. 
K am pir hech kim k o ‘rm asin deb sandiqni sh o x-bu to qlar
59


bilan yashirib, sekin bekning darvozasi yoniga borib yig‘lab 
o btiraveribdi. O vdan qaytib kelayotgan bek kam pirdan:
— H a, bibijon, nim aga yig‘lab o ‘tiribsiz? — deb so‘rabdi.
— Ey, begim, nim asini aytay sizga. U ch o ‘g‘lim bor, 
ularni voyaga yetkazib, uyli-joyli qildim. Endi kelinlarim m eni 
sig‘dirm ay quvib yuborishdi. Y ordam bering, deb sizga arzga 
keldim , — debdi. Bekning kam pirga rahm i kelib:
— U ndoq bo‘lsa, m enikiga kiring, keliningiz bilan yura- 
siz! — debdi. K am pirni ko‘rgan zahotiyoq bekning xotini:
— Bu kam pirni nim aga olib keldingiz? — debdi.
— Indam a, bir juft non bilan bir kosa oshni kim ham
yem aydi, seni duo qiladi, — debdi bek. O radan ancha kun 
o ‘tibdi. Bek yana tozi, shaqal, laycha, yoMbars, sherlari bilan 
shikorga chiqib ketibdi.
— Qizim, ziq bo‘ldim, sen ham ziq bo lg an dirsan, yurgin, 
a y la n ib k elay lik , — d eb d i k a m p ir m alik ag a m e h rib o n lik
qilganday. Bekning xotini ham ko‘nibdi. Ikkovi aylanib yurib 
sandiq turgan joyga boribdilar.
— Bibijon, bu qanaqa sandiq ekan, biram yaxshi-ya, — 
debdi malika sandiqni ko‘rib.
— Bu havoda uchadigan sandiqqa o ‘xshaydi. Ichiga kirib 
ko‘rm aym izm i? — debdi kampir. Ikkovlari sandiqqa tushibdilar, 
k am p ir sandiq q o p q o g ‘ini yo p ib d i-y u , q u lo g ‘ini burabdi. 
Sandiq osm onga kobtarilib, to ‘g‘ri podshoning saroyiga borib 
q o ‘nibdi. Qizini ko‘rib xursand b o ‘lgan podsho kam pirga b o ‘yi 
baravar tilla beribdi.
Ana endi podsho qizini topgani uchun xursand b o ‘lib 
yuraversin-u gapni yana bek tom onidan eshiting. Bek tozi, 
shaqal, laycha, yoNbars, sher bilan shikordan qaytib kelsa, 
uyda kam pir bilan xotini yo‘q em ish. Tozi bekasini kam pir 
o 'g 'irlab ketganini sezibdi-yu, yo‘lbars bilan sherga:
— Yana saroyga borasanlar va podshoning qizi uxlayotgan 
uyning eshigini qoqasanlar! — debdi. O g‘aynilar uzoq yo‘l 
yurib, yarim tunda saroyga yetib boribdilar va malika yotgan 
uyning eshigini qoqibdilar. Qiz qanday qochishni bilm ay, 
yig‘lab o ‘tirgan ekan, hayvonlar oldiga yugurib chiqibdi. 
Ertalab podsho yana qizning g‘oyib b o ‘lganini eshitib kam pirni 
chaqirtiribdi:
— Q izim ni yana o ‘g‘irlab ketibdilar. Borib olib kelsang, 
davlatim ning yarmini beram an, — debdi!
60


— Shohim , agar qaytib borsam , sochim ni bittadan yulib, 
g o ‘shtim ni qiym a qilib, suyaklarim ga o ‘t q o ‘yadilar. Endi 
qizingizni ularning qoMidan urushib, qon to ‘kib olasiz, boshqa 
chorasi yo‘q! — debdi kampir. Podshoning am ri bilan behisob 
lashkar to ‘planibdi. Kampirni lashkarboshi qilib tayinlabdi va 
yo‘lga tushishibdi.
Bek behisob lashkarni ko‘rib:
— Endi m eni o ‘ldirib, xotinim ni olib ketadilar. Uyim 
kuydi, xonavayron boNdim, — deb q o ‘rqib ketibdi. Tozi bekka 
tasalli berib:
— G ‘am yem ang, begim , biz lashkar topamiz! Q ani, 
laychavoy, bir vovulla, — deb laychaga buyuribdi.
Laycha vovullagan ekan, hovli itga to ‘lib ketibdi. Shaqal 
uvillagan ekan, shaqallar yetib kelibdi. Sher bilan yo‘lbars 
n a ’ra tortgan ekanlar, sher bilan yoMbarslar yopirilib kelibdi. 
Buni koTgan podsho, uning lashkarlari va kam pir zo ‘rg‘a 
qochib qutulibdilar. Bek esa vafodor hayvonlariga katta ziyofat 
qilib beribdi.
Birlashgan o ‘zar, deb bekorga aytilm as ekan-da.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish