Mamasoli jumaboyev


Samuil Yakovlevich Marshak



Download 5,23 Mb.
bet59/60
Sana02.02.2022
Hajmi5,23 Mb.
#425176
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti

Samuil Yakovlevich Marshak


(1887 1964)

Samuil Yakovlevich Marshak rus bolalar adabiyotida kich- kintoylar uchun katta she’riyat yaratib bergan ulkan san’at- kor, taniqli tarjimon, yetuk dramaturg, mohir pedagog va bilimdon muharrirdir.


S. Y. Marshak 1887- yilda Voronej shahrida tish texnigi oilasida tug‘ildi. Bo‘lajak san’atkorda shoirlik iste’dodi juda erta uyg‘ondi. „Òo‘rt-besh yoshlarimda, — deb eslaydi shoir o‘zi haqida, — she’rlar yoza boshladim. O‘n bir yoshimda bir qancha dostonlar yaratdim. Goratsiyning „Odamlar“ini tarjima qildim“.
S. Y. Marshak 1897-yilda Ostrogoj gimnaziyasiga o‘qishga kirdi. Lekin bu yerda o‘qimay, Peterburgga boradi, badiiy gimnaziyaga o‘qishga joylashadi. Bu yerda bo‘lajak shoir o‘z zamonasining yetuk san’atkorlari bilan yaqindan tanishadi. Marshakning ijodiy faoliyati shu yerda chechak otadi. 1906- yildan boshlab feletonlari, she’r hamda tarjimalari bilan matbuotda chiqa boshlaydi.
S. Y. Marshak 1912-yilda Angliyaga jo‘naydi. London universitetining san’at fakultetiga o‘qishga kiradi. Òa’til kunlari u mamlakatning diqqatga sazovor joylarini yayov kezib tomosha qiladi: baliqchilar bilan dengizda sayr qiladi, qishloq maktablarida bo‘ladi. Ingliz xalq qo‘shiqlarini, ertak- larini sevib tinglaydi. Bu yerda Marshak V. Bleyk, Rabin- dranat Òagor va boshqalarning she’r va dostonlarini ingliz tilidan tarjima qiladi.
1914-yilda Rossiyaga qaytib kelgan Marshakning hayoti va ijodi bolalar olami bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. U 1915—1922 yillarda bolalar uylarida tarbiyachi, o‘qituvchi

361
bo‘lib ishlaydi. Bu esa Marshakning bolalar shoiri bo‘lib kamol topishida katta rol o‘ynaydi.


S. Y. Marshak 20-yillarda o‘zining she’r, ertak va dostonlari bilan yosh kitobxonlarning sevimli shoiri sifatida tanildi.
„Qayerda ovqatlanding, ey chumchuq?“, „Ahmoq sichqoncha haqida ertak“, „Kecha va bugun“, „Sirk“ va boshqa shu kabi mashhur asarlari o‘sha yillarda maydonga kelgan edi.
S. Y. Marshak rus bolalar adabiyotini rivojlantirish uchun
M. Gorkiy hamda V. V. Mayakovskiylar bilan yelkama-yelka turib mehnat qildi.
1939-yilda Marshakning „Petya nimadan qo‘rqar edi?“,
„Korablcha“ singari mashhur she’rlari bosilib chiqdi.
Ikkinchi jahon urushi davrida shoir ijodining asosiy mavzusini urush, bosqinchilarga qarshi kurash tashkil etdi. Ayniqsa, 1943-yilda yaratilgan „O‘n ikki oy“ nomli ertak- dramasi tez orada millionlab yosh kitobxonlar orasida mashhur bo‘lib ketdi.
S. Y. Marshak 1964-yilning 4- iyunida Moskva shahrida vafot etdi. „Har qanday bolalar adabiyotida ikki yosh mavjud bo‘ladi, u olamga bolalar nigohi bilan qaraydi, ammo uni kattalardek idrok qiladi, aql-tajribasiga suyanib ish ko‘radi“, degan shoir bir umr bolalarni sevdi, ular uchun g‘oyaviy- badiiy yuksak asarlar yaratish uchun tinmay ijodiy ish olib bordi.
S. Y. Marshakning nomini olamga yoygan, bolalar shoiri sifatida tanitgan she’rlaridan biri „Ahmoq sichqoncha haqida ertak“dir. Bu ertakda shoir bolalar hayoti va xarakteriga xos bo‘lgan qiziqarli sujet topa olgan. Kimki o‘ziga ortiqcha oro bersa, oqibatini o‘ylamay ko‘r-ko‘rona ish tutsa, o‘zidan kattalarning pand-nasihatiga amal qilmasa, hayotda ko‘p narsa yutqazadi, o‘z baxtini qo‘ldan boy beradi, degan fikr ertakning asosiy g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi.
S. Y. Marshak „Ahmoq sichqoncha haqida ertak“ asarida majoziy obrazlar orqali bolalar hayotiga oid muhim ma- salalarni ilgari suradi. Shoir noshukr, farosatsiz, mehnatsiz kun kechiruvchilarni ahmoq sichqoncha obrazi misolida fosh qiladi.
S. Y. Marshak „Yong‘in“, „Pochta“, „Musobaqalar dos- kasi“ asarlari bilan ham rus bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta
362
hissa qo‘shdi. U yaratgan juda ko‘p qahramonlar shaxsan o‘zi tanigan, bilgan yoki eshitgan bo‘ladi, ba’zan esa gazeta materiallari asosida yaratadi. Binobarin, bu qahramonlarning hayotiy timsoli mavjud. Jumladan, talaba V. Buratskiy („No- ma’lum qahramon haqida qissa“), Igor Chkalov („Qahra- monning o‘g‘li“), Katya Budanova („Katya Budanova“), Seryoja Smirnov („Sizning kitobingizni qanday nashr qila- dilar“) va boshqalar shunday qahramonlar sirasiga kiradi. Shoir „Noma’lum qahramon haqida qissa“ poemasida oddiygina hayotiy bir voqeani aks ettirish bilan 30-yillar rus bolalar dostonchiligida ijobiy qahramon obrazini yaratish yo‘llarini ko‘rsatib berdi.
S. Marshak Rossiyada hayot kechirayotgan har bir kishi bir-biriga mehribon, jonkuyar, shuningdek, vaqti kelganda mardlik, jasorat ko‘rsatishga tayyor ekanligini, ayni paytda, oddiy, kamtarin, o‘zining qo‘lga kiritgan ulkan muvaffa- qiyatlari, erishgan jasoratlari bilan kerilmasligini, manmanlikka berilmasligini oddiy hayotiy misol — o‘t ichida qolgan bir qizchaning hayotini saqlab qolgan bola orqali tasvir etadi. Bola mana, ko‘rib qo‘yinglar, men jasorat ko‘rsatdim, deya ko‘kragiga urib maqtanish o‘rniga, tezgina odamlar orasiga kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Bu qahramonni keyinchalik barcha qidiradi. Lekin hech kim topa olmaydi.
Hozir ham o‘quvchilar o‘rtasida maktab mebellarini asrab- avaylab tutmaydiganlari topilib turadi. Bunday bolalarga shoir o‘zining „Stol kelgan qayerdan?“ degan she’rida maktab mebellari o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaganligini, buning uchun kattalarning qanchadan qancha vaqtlari, mehnatlari sarf etilganligini tushuntirib bersa, „Bir yil nima?“ asarida esa juda qimmatli vaqtini behuda o‘tkazib, maktabda yaxshi o‘qimay, o‘qituvchi-ustozlarning pand-nasihatlariga amal qilmay, o‘z vaqtida darslarini tayyorlamay, natijada sinfdan sinfga o‘ta olmay xijolat bo‘lib yuradigan qoloqlarga qarata:
Dalalarda saranjom ish, Zavodda ham reja qoyil, Maktabda yo‘q
Qoloqlar hech.
Bil, bir sinfda o‘qish — bir yil! —

deydi shoir.
363

Marshak bizning bolalar adabiyotimizning asoschisi va bilimdoni, — deb yozgan edi mashhur rus yozuvchisi
M. Gorkiy. Bunday yuksak maqtovga u halol mehnati, kichkintoylarni astoydil sevishi, ardoqlashi sababli erishdi.

AHMOQ SICHQONCHA HAQIDA ERÒAK


Òunda sichqon inidan Alla aytar: — Jon qo‘zim,


Jim yot, bolam, kuyuk non Va sham beray yulduzim.
Javob berar sichqoncha:

  • Ovozing ið-ingichka. Chiyillamay sen menga, Òopib ber bir enaga.

Ona sichqon tez borib, Der o‘rdakka yolvorib:

  • O‘rdak xola, uyga yur, Bolamni tebratib tur.

Alla aytib, der o‘rdak:

  • G‘a-g‘a-g‘a, tinch yot go‘dak. Yomg‘ir tinsa bog‘chadan

Òopib beray loyxo‘rak.
Ammo ahmoq sichqoncha Uyqusirab zing‘ircha: Aytar: — Yoqmadi sozing, Baqroq ekan ovozing.
Ona sichqon tez borib, Der baqaga yolvorib:

  • Baqa xola, uyga yur, Bolamni tebratib tur.

Uni allalar baqa:

  • Yig‘lama, qo‘y, vaq-vaqa, Òong otguncha tinchib yot, Chivin beray mukofot.

364
Ammo ahmoq sichqoncha, Uyqusirab zing‘ircha, Aytar: — Yoqmadi sozing, Qur-qur ekan ovozing!


Ona sichqon tez borib, Otga deydi yolvorib:



  • Amma, amma, uyga yur, Bolamni tebratib tur!

Kishnab alla aytar ot:



  • Hi-hing, jonim tinch yot! Yonboshlagin, bo‘lgin jim, Senga beray to‘rva yem.

Ammo ahmoq sichqoncha Uyqusirab zing‘ircha,


Der: — Menga yoqmas sozing, Shang‘i ekan ovozing.

Ona sichqon tez borib, Der cho‘chqaga yolvorib:



  • Cho‘chqa xola, uyga yur, Bolamni tebratib tur!

U bo‘g‘ilib, xirillab, Shunday deb alla qildi:



  • Jonginam, qilma g‘avg‘o, Juft sabzi senga sovg‘a!

Ona sichqon tez borar, Oq tovuqqa yolvorar:



  • Òovuq xola, uyga, yur, Bolamni tebratib tur!

Òovuq allalar quvnoq:



U yer issiq, tinch, axir.

365
Ona sichqon tez borib, Der baliqqa yolvorib:


— Cho‘rtan xola, bizga yur, Bolamni tebratib tur!

Baliq ochib og‘zini, Darrov allalar uni. Biroq eshitilmas soz,


Chunki chiqmas hech ovoz.

Shunda ahmoq sichqoncha Uyqusirab zing‘ircha, Aytar: — Yoqmadi sozing, Chiqmas ekan ovozing!


Ona sichqon tez borib, Der mushukka yolvorib.



  • Mushuk xola, uyga yur, Bolamni tebratib tur!

Mushuk kelib bir palla, Xirillab aytar alla:



  • Miyov, miyov! Yulduzim, Karavotga yot qo‘zim.

Shunda ahmoq sichqoncha Uyqusirab zing‘ircha.


Deydi: — Yoqimli sozing, Buncha shirin ovozing!

Ona sichqon kelib tez Karavotdan o‘sha kez Òopolmay o‘z bolasin, Axtarar ko‘z qorasin.




366
MUNDARIJA


Bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari 3
Bolalar folklori 8
Qo‘shiqlar 10
Maqollar 16
Òopishmoqlar 23
Òez aytishlar 29
Masallar 33
Ertaklar 40
O‘zbek bolalar adabiyoti 73
Alisher Navoiy 80
Muhammad Sharif Gulxaniy 86
Hamza Hakimzoda Niyoziy 91
Abdulla Avloniy 96
G‘afur G‘ulom 103
Oybek 122
Mirkarim Osim 129
Hamid Olimjon 139
Zafar Diyor 154
Quddus Muhammadiy 161
Ilyos Muslim 168
Shukur Sa’dulla 173
Hakim Nazir 184
Po‘lat Mo‘min 199
Qudrat Hikmat 208
Nosir Fozilov 214
Xudoyberdi Òo‘xtaboyev 224
Farhod Musajon 235
Latif Mahmudov 240
Miraziz A’zam 246
Òo‘lan Nizom 252
Òursunboy Adashboyev 260
Muhammad Ali 267
Safo Ochil 275
Anvar Obidjon 286
Hamza Imonberdiyev 294
Kavsar Turdiyeva 301
Abdurahmon Akbar 306
Chet el bolalar adabiyoti 312
Sharl Perro 315
Jonatan Svift 319
Aka-uka Grimmlar 326
Aleksandr Sergeyevich Pushkin 330
Xans Kristian Andersen 339
Nikolay Alekseyevich Nekrasov 344
Lev Nikolayevich Òolstoy 350
Karney Ivanovich Chukovskiy 354
Samuil Yakovlevich Marshak 361
367

83.8
J87
Jumaboyev, Mamasoli.
Bolalar adabiyoti: (Darslik-majmua): Kasb-hunar kollej- larining „Maktabgacha ta’lim“ bo‘limi o‘quvchilari uchun/
M. Jumaboyev; Mas’ul muharrir Safo Ochil; O‘zR Oliy va o‘rta- maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. 4-nashri. — T.: „O‘qituvchi“ NMIU, 2010. — 368 b.
ÁÁK 83.8я722



Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish