Mustahkamlash uchun savollar:
1.Yer sayyorasida nimalar joylashgan?
2.Yer quyosh sistemasidagi nechinchi sayyora?
3.Tunda osmonda nimalar ko`rinadi?
O`yin: Yulduzcha
O`yinning borishi:
O`yinda 6ta bola ishtirok etadi. Bu o`yin besh qirrali yulduz shaklida o`ylanadi. Har bir burchakda bittadan bola turadi. Oltinchisi esa markazda. Markazdagi bola atrofdagi birorta bolaning ismini aytib o`sha ismi aytilgan bolaning o`rniga borib turadi. Nomi aytilgan bola esa markazga qarab yurishi kerak. Kim oldin borsa o`sha yurgan bo`ladi va o`yinga boshchilik qiladi. Yetib kelolmagan o`yindan chiqadi va o`yin uning o`rniga boshqa bola turadi.
Tarbiyachi: bolajonlar ta`limiy faoliyatdagi ishtirokingiz uchun hammangizga rahmat barchangiz ta`limiy faoliyatda faol ishtirok etdingiz. Mana endi sizlar bilan “Oy bola” haqidagi multfilmni birgalikda tomosha qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |