Mamarahimov rustamjonning musiqa pedagogikasi


Turkistonda XX asr boshlarida kimlar tomonidan musiqa maktablari, teatr turuppalari tashkil qilingan?



Download 29,12 Kb.
bet3/5
Sana11.01.2022
Hajmi29,12 Kb.
#352579
1   2   3   4   5
Bog'liq
oraliq

Turkistonda XX asr boshlarida kimlar tomonidan musiqa maktablari, teatr turuppalari tashkil qilingan?

XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida O‘zbekistonda pedagogikaning rivojlanishi tarixida jadidlar (Munavvarqori, Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Avloniy, Shakuriy va boshqalar)ning faoliyati va, jumladan, ular tomonidan tashkil etilgan yangi usuldagi (ko‘pfanli, o‘qitishning “sinf-dars” tizimiga asoslangan) maktablar katta qiziqish uyg‘otadi. Yuqori darajadagi bilimlilik va madaniyat, chinakam vatanparvarlik ularga murakkab tashkiliy ishdan tashqari, yangi o‘quv rejalari, dasturlarini tuzish, bu maktablar o‘quvchilari uchun darsliklar yaratish imkonini berdi.Tarix, adabiyot, geografiya va boshqa umumta’lim fanlari bilan bir qatorda musiqa darslari kiritildi, shuningdek maxsus musiqa maktablari ochildi. Chunonchi, Abdurauf Fitrat 1921 yilda Buxoroda Sharq musiqa maktabi deb nomlangan o‘quv yurtini ochdi va uning birinchi direktori bo‘ldi. Bu maktabda musiqiy ijrochilikka o‘rgatish maqom kuylari negizida an’anaviy og‘zaki usulda olib borilardi. Fitratning tashabbusi bilan bu maktabda Shashmaqom bilimdonlari Ota Jalol va Ota G‘iyoslar yordamida Buxoro maqomlarining to‘liq turkumi V.A.Uspenskiy tomonidan ilk bor notaga yozildi va 1924 yilda “Shest muzыkalnыx poem” (maqom) nomi bilan to‘plam shaklida nashr etildi. Fitratning o‘zi musiqa bo‘yicha «Shashmaqom», «O‘zbek musiqasi to‘g‘risida» asarlari hamda 1927 yilda eski o‘zbek yozuvida nashr etilgan sermazmun «O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi» kitobi muallifi edi.

Bu davrda O‘zbekistonda maxsus musiqa ta’limi keng ko‘lamli, umumiy va davlat ahamiyatiga ega bo‘la boshladi. Toshkentda (1918), Samarqand va Farg‘onada (1919) Xalq konservatoriyalari ochildi, 20-yillarda musiqa bilim yurtlari, ansambllar, to‘garaklarning katta tarmog‘i ish boshladi, umumta’lim maktablarida ashula darslari kiritildi. 1934 yilda oliy musiqa maktabi tashkil etildi va 1936 yilda uning negizida Toshkent konservatoriyasi ochildi. Shu tariqa yangi pedagog kadrlarga jiddiy zarurat yuzaga keldi.

Bu davr O‘zbekiston professional musiqa ta’limining rivojlanishida, butun musiqa pedagogikasi tarixidagi kabi, yuqori ma’lumotli, iste’dodli va o‘z ishiga sadoqatli musiqachilar, olimlar, pedagoglar katta ahamiyat kasb etdilar. Shunday shaxslar jumlasiga N.N.Mironov, V.A.Uspenskiy, Ye.Ye.Romanovskaya, G.A.Mushel, A.F.Kozlovs-kiy, B.B.Nadejdin va boshqalar, shuningdek milliy musiqa bilimdonlari va mashhur ijrochilar, an’anaviy ustozlar maktabida tarbiya ko‘rgan Hoji Abdulaziz Rasulov, Levi Boboxonov, Domla Halim Ibodov, Mulla To‘ychi Toshmuhammedov, Usta Olim Komilov, To‘xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Faxriddin Sodiqov va boshqalarni kiritish mumkin.

Bugungi kunda O‘zbekiston musiqa san’ati ijrochilik, bastakorlik, ilmiy-nazariy va boshqa yo‘nalishlarda yuqori professional darajadagi maktablardan iborat. Bunda bir necha bilim va pedagogik mahorat iste’dodiga egalar avlodining, ustozlarning xizmati beqiyosdir.




Download 29,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish