Bilim, kо‘nikma va malakalarni mustahkamlash – о‘qituvchining о‘quv materiallarini taqdim etish jarayonida mustahkamlik prinsipini ta’minlashga qaratilgan maxsus ishlari.
Ma’lumot – shaxsning о‘qish, о‘rganish natijasida о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikmalari hajmi, yо‘nalishi va darajasi.
Kasbiy yо‘nalish – motivatsiya sohasidagi xoxish-mayillarga kо‘ra aniqlanadigan kasbiy faoliyat motivatsiyasining integral tavsifnomasi bо‘lib, shaxs qiziqishlari munosabatlari va maqsadga qaratilgan intilishlaridan iborat yо‘nalishdir.
Kasbiy mahorat – ta’lim jarayonida pedagogik strategiya, strategik maqsad va vazifalarni tо‘g‘ri belgilash, qarorlar qabul qilish, ta’lim jarayonini loyihalashtirish, innovatsion pedagogik faoliyatni tashkil etish, ta’limni boshqarish jarayoniga tizimli yondashuvlarni loyihalash texnologiyalarini joriy etish hamda boshqaruv usullari, metodlari va tamoyillaridan samarali foydalanishdan iborat kasbiy texnika darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |