Mamadaliyeva maxliyo raxmatullo qizi buxoro amirligining davlat muassasalari faoliyati bitiruv malakaviy ishi



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/26
Sana05.09.2021
Hajmi0,5 Mb.
#165514
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
buxoro amirligining davlat muassasalari faoliyati (1)

Dodxohdodxo – ushbu lavozim egasi Buxoro amirligida:  

1)  a)  qal’a  boshlig’i,  qo’rboshi;  b)  qozixona  ishlari  ustidan  nazorat  olib 

boruvchi amaldor, raisi kalon. 

2)  Buxoro  amirligida  arzchilar  shikoyatini  amirga  etkazib,  javobini 

shikoyatchilarga bildiruvchi amaldor

35

.  



Tuqsoba, to’qsabo (eski o’zbekcha – o’z tug’iga ega bo’lgan) – harbiy qism 

sarkardasi,  tuqsaboshi.  Buxoro  amirligida  eshikoqo  boshi,  chig’atoy  begi  singari 

mansablardan  keyingi,  miroxurdan  oldingi  rutba  hisoblanib,  uning  egasi  amir 

saroyiga  otda  kirish,  lekin  hukmdor  qabulida  o’tirish  huquqiga  ega  bo’lmagan 

shaxsni  anglatgan.  Bu  mansabdor  idishlarga  ovqat  suzish,  kosalarga  ichimlik, 

qatiq,  muzdek  suv  quyish,  ularni  xizmatkorlar  orqali  mashvarat  yoki  kengash 

ahliga  etkazishga  mas’ul  hisoblangan.  U,  shuningdek,  Harqonrud  tumanini  va  u 

yerda suv taqsimotini boshqargan.  



Qora  cherik  –  Buxoro  amirligida  muntazam  qo’shin  bilan  baravar  urush 

yoki  tinchlik  chog’ida  xizmatda  bo’lgan  nomuntazam  lashkar.  Ehtiyoj  bo’lmagan 

kezlarda  Qora  cherik  uylariga  tarqalib  ketgan.  Qora  cherikni  to’plash  uchun 

hukmdor(amir)  farmoni  chiqqan  va  u  bozorlarda  jarchilar  tomonidan  e’lon 

qilingan.  Har  bir  qishloq,  shahar,  viloyatdan  yig’iladigan  Qora  cherik  miqdori 

ilgaridan  aniq  bo’lganligi  bois,  amir  buyrug’iga  binoan,  nomuntazam  lashkar 

yetkazib  berishda  muammolar  tug’ilmagan.  Muntazam  qo’shin  otlar  bilan 

ta’minlangan  bir  paytda,  Qora  cherik  shaxsiy  ulovi  bilan  harbiy  harakatlarda 

                                                 

34

 Исмоилов М., Шаропов А. Тарих атамалар луғати. –Тошкент: Akademnashr, 2013. –Б.440. 



35

 Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. –Б.351. 




 

44 


ishtirok  etishi  majburiy  hisoblangan.  Qal’a,  qo’rg’onlarni  muhofaza  qilishda 

muntazam  xizmatdagi  askarlar  soni  kamlik  qilsa,  Qora  cherikdan  foydalanilgan. 

Ba’zan  yurishda  qatnashayotgan  qo’shinning  deyarli  yarmini  Qora  cherik  tashkil 

etgan. 


Navkar,  nukar  (mo’g’ulcha  noxor  –  do’st,  o’rtoq)  xon  huzurida  xizmat 

qiluvchi  oliy  tabaqali  yigitlar.  Navkarlar  –  qurollangan  erkin  kishilar  bo’lib,  o’z 

ixtiyorlari bilan xizmat qilishgan. Buxoro xonligida navkarlar xizmati uchun davlat 

tomonidan  belgilangan  maosh  bilan  ta’minlangan  va  majburiy  harbiy  xizmatni 

o’tagan. Harbiy harakatlardan bo’sh paytlarda navkar soqchilik vazifasini bajargan. 

Tavochi  (mo’g’ulcha  -  hisobchi)  Buxoro  xonligida  harbiy  nozir  –  naqibga 

qo’shinni  joylashtirish,  qurol-aslaha  bilan  ta’minlash,  harbiy  harakatlar  vaqtida 

lashkarning  ilg’or,  ar’ergard,  o’ng  qanot,  so’l  qanot  va  markaziy  qismlari  hamda 

pistirmadagi vaziyatdan xabardor bo’lish mas’uliyati yuklatilgan.  




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish