Ma'lumotlarning turlari va tuzilishi. Reja: Тayanch so’z va iboralar



Download 31,15 Kb.
Sana11.12.2019
Hajmi31,15 Kb.
#29580
Bog'liq
Ma'lumotlarning turlari va tuzilishi

Ma'lumotlarning turlari va tuzilishi.

Reja:




Тayanch so’z va iboralar: sonli (raqamli), belgili (matnli), belgili ma'lumot, mantiqiy ma’lumotlar, TRUE (rost), FALSE (yolg'on), iyerarxik tizim, tarmoqli tizim, relyatsion tizim,
Kompyuterda qayta ishlanadigan ma'lumotlar o'z ichiga kundalik turmushda ishlatiladigan barcha axborotlami oladi. Albatta, turli kasb egalari o'zlariga kerakli bo'lgan ma'lumotlar bilan ish yuritadi.

Bunday ma'lumotlarning eng asosiylari sonli (raqamli) va belgili (matnli) axborotlar hisoblanadi. Odatda, har qanday axborot tizimini yaratish uchun bu ikki turdagi ma'lumot shakli yetarlidir, chunki foydalaniivchiga yetkazilmoqchi bo'lgan barcha axborot raqamlar yoki so'zlardan iborat bo'ladi. Shunday bo'lsa-da, axborotlar tizimini yaratuvchilar yana ikkita ma'lumot turi — sanalar va mantiqiy o'zgaruvchilardan xabardor bo'lishi lozim.

Ma'lumotlarning turlarini ko'rib chiqamiz.

Belgili ma 'lumotlar. Har qanday belgili ma'lumotning qiymati ixtiyoriy uzunlikdagi alifbo — raqamli belgilar majmuidan iborat (masalan, «5», «Vatan», «10+25», ...). Ma'lumotlarni bunday ifodalash eng ko'p tarqalgan. Belgili ma'lumotning qiymati «1055» ga teng bo'lsa, mashina bu qiymatni osongina songa aylantirib olishi ham mumkin.

Ko'pgina tizimlarda belgili ma'lumotning uzunligi 255 belgi bilan chegaralangan. Lekin ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi axborotlar tizimi yaratuvchilariga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi paytda ikki oichamli jadvallardan, ba'zi tizimlarda belgili ma'lumot qiymati sifatida uzunligi 30 yoki 40 belgi bo'lgan biror turdagi fayl nomini yozish imkoniyatlari mavjud.

Bu nom orqali ixtiyoriy uzunlikdagi obyektning biografiyasini o'z ichiga olgan matnli fayl yoki obyektning fotosuratini ko'rsatuv-chi grafik fayl ochish mumkin.

Bundan tashqari hozirgi zamon tizimlarida belgili ma'lumot sifatida ixtiyoriy to’zilish va uzunlikdagi (shu jumladan, tasvir va ovoz) obyektlar saqlanishi mumkin.



Sonli ma 'lumotlar. Bunday turdagi ma'lumotlarga faqat sonlar misol bo'ladi. Axborotlar tizimi foydalanuvchilari uchun bunday ma'lumotlar faqat o'lchami (raqamlar soni) va uning aniqligi (nuqtadan keyingi raqamlar soni)ning ahamiyati katta.

Mantiqiy ma’lumotlar. Bu turdagi ma'lumotlar (ba'zida bunday ma'lumotlar Bui qiymatlari deyiladi) bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) «1» yoki FALSE (yolg'on) «0» qiymatlarini qabo`l qiladi.

Ulardan tizimda ko'zda tutilgan maqsadni amalga oshirish uchun biror obyektning holatini ko'rsatishda foydalanish mumkin. Masa­lan, «lampa yoniq» (TRUE) yoki «lampa o'chirilgan» (FALSE). Man­tiqiy ma'lumotlarning informatikadagi ahamiyati beqiyos ekanligi-ni informatika kursidan yaxshi bilasiz.

Oldingi mavzulardan birida o'quvchilar haqidagi ma'lumotlarni saqlovchi telefon ma'lumotnomasi jadvali berilgan edi. Lekin kundalik hayotda ancha murakkab to’zilishga ega bo'lgan ma'lumotlar ombori bilan ish ko'rishga to'g'ri keladi. Berilgan axborotning mazmuni va undagi ma'lumotlarga ko'ra ularturli ko'rinishlarda ifodalanishi mumkin.

Ma'lumotlami uch xil ko'rinishda ifodalash mumkin: iyerarxik (shajaraviy), tarmoqli va relyatsion (jadvalli).

Bu turlarning har birini alohida ko'rib chiqamiz.

Iyerarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo'lib, unda axborotni izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda «ko'rib» chiqiladi. lyerarxik tizimda elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Har bir guruhda biror element asosiy, qolganlari unga nisbatan ikkinchi darajali xususiyatga ega bo'ladi. Kerakli elementni tanlash ma'lum ketma-ketlikda olib boriladi.

Ma'lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma'lumotlarning iyerarxik modeli deyiladi.

Ma'lumotlarning iyerarxik modeliga mos holda yaratilgan ma'lu-motlar omboriga ma'lumotlarning iyerarxik ombori deyiladi.

Ma'lumotlarning iyerarxik tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma'lumotlar omborini boshqarishning iyerarxik tizimi deyiladi.

Quyidagi misol orqali iyerarxik tizimni ifodalash mumkin:








Qator nomeri

Mahsulot kategoriyasi













1

Sabzavotlar












2

Sut tnahsulotlari











3

Un mahsulotlari











4

Baliqlar




























Sabza-

votlar


Bodring Pomidor Baqlajon

va h.k.





Sut

mahsulot


lari

Sut

Qimiz


Qaymoq

Yog'


Un mah­sulot

ot­lari


Non

Tort


Maka-

ron


Ba­liq­lar

Sazan

Treska


Lesh
























Nomlanishi

Bahosi










Bodring

Pomidor


Baqlajon

Sabzi


20 so'm — 1 dona 50 so'm — 1 dona 10 so'm— 1 dona 100 so'm— 1 kg





Iyerarxik tizimli jadvalning birinchisida qator nomeri va unda joylashgan mahsulot kategoriyasi berilgan. Kategoriyalar keyingi sathda joylashgan mahsulot turini izlashda kerak boiadi. Ikkinchi va uchinchi sathdagi jadvalda esa har bir mahsulotning narxi haqidagi ma'lumot berilgan. Ma'lumotlar omborini iyerarxik tizim tartibida tashkil qilish foydalanuvchi uchun ma'lum qulayliklar yaratadi.

Tarmoqli tizim. Tarmoqli tizim iyerarxik tizimga nisbatan ancha qulayliklarga ega, chunki bu tizimda ma'lumot (fayl) lar o'rtasida ko'p yo'nalishli aloqalami o'rnatish mumkin. Bunday aloqalar foydalanuvchiga kerakli ma'lumot (fayl)ni shajaraning yuqori sathlaridagi fayllarga murojaat qilmasdan topish imkonini beradi. Masalan, do'kondagi mahsulotlar jadvali bilan mahsulotlar narxijadvallari orasida alohida bog'liqlik o'rna-tilib, u kerakli mahsulot narxini topish imkonini beradi.

Bir pog'onadagi ma'lumotning boshqa pog'onadagi ma'lumot bilan ikki yoki undan ortiq marta bog'lanadigan turiga ma'lumotlar-ning tarmoqli modeli deyiladi.

Ma'lumotlarning tarmoqli tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma'lumotlar omborini boshqarishning tarmoqli tizimi deyiladi.

Relyatsion tizim. Relyatsion tizim 1970- yilda IBM firmasining xodimi E.F.Kodd tomonidan taklif etilgan bo'lib, hozirgi paytda eng ko'p tarqalgan tizimlar qatoriga kiradi. Chunki bu tizimda ma'lumotlar orasida eng qulay bog'lanishlami amalga oshirish mumkin.

Ma'lumotlarning relyatsion modeliga mos holda yaratilgan ma'lu­motlar omboriga ma'lumotlarning relyatsion ombori deyiladi.

Ma'lumotlarning relyatsion tizimini yaratish va undan foydala­nish uchun yaratilgan tizimga ma'lumotlar omborini boshqarishning relyatsion tizimi deyiladi.

Ma'lumotlarningjadval ko'rinishida saqlanishiga ma'lumotlarning relyatsion modeli deyiladi.

Relyatsion tizimdagi elementlarda shajaraning yo'qligi tufayli bu qulaylikka erishiladi. Axborotni izlashda barcha elementlardan kalit sifatida foydalanish mumkin. Ya'ni ixtiyoriy to’zilishga ega ma'lumotni ikki o'lchamli jadval ko'rinishiga keltirish mumkin.

Relyatsion tizim sifatida telefon ma'lumotnomasini to’zish masalasini ko'rib chiqamiz. Masala, «har bir telefon nomeri ko'rsa-tiigan abonentning manzili, uning kategoriyasi belgilangan ro'yxat-ni to’zing» kabi o'qiladi.

Ma'lumotnoma bir necha turdagi obyektlardan tashkil topgan. Obyekt uchun quyidagi ma'lumotlarni tanlab olamiz:

♦ Telefon raqami.

• Abonent ismi (ismi, sharifi va h.k.).

Abonent manzili.

Abonent kategoriyasi (umumiy, shaharlararo aloqasi ta'-qiqlangan, ...).

Barcha ma'lumotlarni matnli deb hisoblaymiz. Bu ma'lumotlarga quyidagi nomlanish va uzunliklarni beramiz:


N

Ustun nomi

Ma'lumotning

nomlanishi



Turi

Uzunligi

1.

Nomer

Telefon raqami

Belgili

9

2.

Abonent nomi

Abonentni belgilash

Belgili

15

3.

Manzili

Abonent manzili

Belgili

40

4.

Kategoriyasi

Abonent kategoriyasi

Belgili

2

«Kategoriyalar» atamasi sifatida ikki harfli kodlardan foydalana-miz; UK — umumiy kategoriya, SHT — shaharlararo aloqa ta'qiqlangan kategoriya va hokazo.

U holda ma'lumotnomani quyidagi jadval ko'rinishida tasvirlash mumkin:

5-jadval


Nomer

Abonent ismi

Manzili

Kategoriya

144-92-61

Qosimov Tohir

T.Malik, 18

UK

65-32-14

Akbarov Jahongir

G'.G'ulom, 34—101

SHT

118-30-97

G'afurova Zebiniso

Ibn Sino, 9—6

UK

22-13-26

Azizova Farida

Uvaysiy, 16



Ushbu jadvalni biror fayl (masalan, Telefon) ko'rinishida komp-yuter diskiga o'tkazilsa, telefon ma'lumotnomasi — telefonlar ma'lumot omboriga ega bo'lamiz (omborni qayta ishlashni avtomatlashtirish mumkin boiadi).



Savol va topshiriqlar

  1. Ma'lumotlarning qanday turlarini bilasiz?

  2. Belgili ma'lumotlar haqida gapirib bering.

  3. Sonli ma'lumotlar haqida gapirib bering.

  4. Mantiqiy ma'lumotlar haqida gapirib bering.

  5. Ma'lumotlarni necha xil ko'rinishda saqlash mumkin? Ular-ning nomini ayting.

  6. lyerarxik tizim haqida gapirib bering.

  7. Tarmoqli tizim haqida gapirib bering.

  8. Relyatsion tizim haqida gapirib bering.

Download 31,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish