Мастер форм yordamida formalarni yaratish algoritmi quyidagicha:
MO oynasida Создание yorlig‘i tanlanadi. Формы bo‘limida joylashgan Мастер форм piktogrammasi bosiladi.
Мастер ning har bir joriy ekranidagi savollarga javob berish kerak bo‘lgan Создание форм muloqot oynasi ochiladi. «Создание форм» muloqot oynasida ma’lumot manbasi tanlanadi. Ko‘rsatgich tugmalar maydonga maydonlar qo‘shish yoki bekor qilish imkoniyatini beradi. Bir strelkali tugma faqat tanlangan maydonlarni
siljitadi va ikkitali tugma bir vaqtning o‘zida barcha maydonlarni siljitadi.
Birinchi oynada ma’lumotlar manbasidan (jadvallar yoki so‘rovlardan) maydonlarni tanlash kerak. Buning uchun o‘ng tomondagi tugmani bosib, Таблицы и запросы ro‘yxati ochiladi. Keyin mavjud maydonlar, ularni belgilab va >> tugmasini bosib Выбранные поля (tanlangan maydonlar)ga o‘tkazilishi kerak.
Masalan, manba sifatida O‘quvchi (Ученик) jadvalini tanlab, uning barcha maydonlarini belgilab, Далее tugmasi bosiladi.
Ushbu oynada formaning ko‘rinishini tanlaladi, masalan, в один столбец va
Далее tugma bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |