Маълумотлар омбори ва уни бошкариш тизими хакида умумий тушунчалар



Download 2,75 Mb.
bet13/83
Sana18.07.2022
Hajmi2,75 Mb.
#819472
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83
Bog'liq
MBBT-маъруза матни-лотин1

Nazorat savollari

    1. Predmet sohasi deganda nimani tushunasiz?

    2. MB ni yaratishda qaysi shartlarga rioya qilish lozim?

    3. Ob`ekt deganda nimani tushunasiz?

    4. Tuzilmalash deganda nimani tushunasiz?

    5. Yozuv va maydon deganda nimani tushunasiz?

    6. Dastlabki kalit va ikkilamchi kalit deganda nimani tushunasiz?

    7. Model va modellashtirish deganda nimani tushunasiz?

    8. MB ni yaratish bosqichlarini ayting.

    9. Muammoning qo`yilishi deganda nimani tushunasiz?

    10. Ob`ektning tahlili va model sintezi deganda nimani tushunasiz?

    11. MB jadvallarining tuzilmasini yaratish deganda nimani tushunasiz?

    12. Axborotni tasvirlash usullari, dasturiy uskunasi deganda nimani tushunasiz?

    13. MB da ishlashning eng muhim tamoyillarini ayting.

    14. Loyihalash jarayonida qaysi savollar yoritiladi.

    15. MBBT va MB larining asosiy xususiyatlarini ayting.



3 – Mavzu. Predmet sohani tavsiflash usullari. Mohiyat-aloqa


Reja:

  1. Mohiyat-aloqa usuli.

  2. Predmet sohani infologik tasvirlashga misol.

  3. Predmet sohani infologik, datalogik va jismoniy modellari.

3.1. Mohiyat-aloqa usuli
Loyihalashda o`rganilgan ma`lumotlar, foydalanuvchilar takliflari va ish jarayonini tasavvur qilishga asoslangan holda MB ning boshlang`ich xomaki nusxasi tayyorlanadi. Tabiiy til orqali matematik formulalar, jadvallar, grafiklar va barcha kishilarga tushunarli bo`lgan vositalardan foydalanib tayyorlangan MB loyihasi ma`lumotlarning infologik modeli deb ataladi. Infologik modellashtirishning maqsadi MB da saqlanadigan ma`lumotlarni yig`ish va taqdim qilishni inson tushunadigan tilda ifodalashdir. Shuning uchun, ma`lumotlarning infologik modelini tabiiy tilga yaqin usulda tavsiflashga harakat qilinadi. Infologik modelning asosiy qurish elementi mohiyat, ular orasidagi bog`lanishlar va xossalari (atributlari) hisoblanadi.
Mohiyat-MB da saqlanishi kerak bo`lgan ma`lumot, ixtiyoriy bir-biridan farq qiluvchi ob`ektdir. Insonlar, joy, samolyotlar, reyslar, ta`m, rang va h-zolar mohiyat bo`lishi mumkin. Mohiyatning tipi va nusxasi mavjud. Bir butun majmua sifatida qaralayotgan shaxslar, fanlar, hodisalar yoki g`oyalarni mohiyat tipi tushunchasi deb qarashimiz mumkin. Majmuadagi aniq narsalar mohiyat nusxasiga tegishli bo`ladi. Masalan, ‘Shahar’ mohiyat tipi bo`lsa, ‘Buxoro’ esa mohiyat nusxasi hisoblanadi.
Atribut-mohiyatning nomlangan tavsifidir. Nomlash aniq bir mohiyat tipi uchun takrorlanmas, ammo turli xil mohiyat tiplari uchun bir xil bo`lishi mumkin. (Masalan, ‘Rang’ atributi ‘It’, ‘Avtomobil’, ‘Gul’, ‘Tutun’ va h-zo singari mohiyatlar uchun aniqlanishi mumkin). Atribut mohiyatda qanday ma`lumotlar saqlanishi kerakligini aniqlash uchun ishlatiladi. Masalan, ‘Avtomobil’ mohiyati uchun ‘Tip’, ‘Tur’, ‘Raqami’, ‘Rang’ va h-zolar atributga misol bo`la oladi. Bu erda tip va nusxa o`rtasida farq mavjudligi namoyon bo`ladi. ‘Rang’ atributi tipi juda ko`p qiymat yoki nusxaga ega bo`ladi:
‘Qizil’, ‘Ko`k’, ‘Sariq’, ‘Oq’ va h-zo.
Mohiyatning har bir nusxasiga atributning birgina qiymati taqdim qilinadi.
Mohiyatning tipi va atributi orasidagi mutloq farq mavjud emas. Mohiyat tipiga bogliq holda atribut o`z o`rniga ega bo`lishi mumkin. Boshqa hollarda atribut mustaqil mohiyat sifatida qatnashishi mumkin. Masalan, avtomobil zavodi uchun ‘rang’ ishlab chiqarilayotgan mahsulot atributi bo`lsa, rang ishlab chiqaruvchi fabrikada ‘rang’ mohiyat tipi hisoblanadi.
Kalit-atributlarning kam sonli to`plami bo`lib, ular qiymatlari bo`yicha mohiyatning kerakli nusxasini topish mumkin. To`plamdan biror bir atributni chiqarganda, qolgan atributlar yordamida mohiyatning mutanosibligini belgilay olmaslik, kamlik tushunchasini bildiradi. Masalan, biror bir oliy ta`lim muassasi xodimlari haqidagi ma`lumotlar to`plami ‘Xodim’ mohiyati bo`lsa, unda ‘tabel rakami’ kalit hisoblanadi.
Bog`lanish-ikki yoki undan ortiq mohiyatlarni birlashtirishdir. Chunki, MB ni tashkil qilishning shartlaridan biri, mohiyatlar orasida o`zaro bog`liqlikni tashkil qilib, mohiyatning biror-bir qiymati orqali boshqa mohiyatni izlashdan iborat bo`ladi.
Mavjud MB yuzlab, hattoki minglab mohiyatlarni umumlashtiradi va nazariy jihatdan mohiyatlar orasida millionlab bog`lanishlarni tashkil qilish mumkin. Ko`plab bog`lanishlarning mavjudligi infologik modelning murakkabligini belgilaydi.

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish