Маълумотлар омбори ва уни бошкариш тизими хакида умумий тушунчалар



Download 2,75 Mb.
bet12/83
Sana18.07.2022
Hajmi2,75 Mb.
#819472
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83
Bog'liq
MBBT-маъруза матни-лотин1

7. Yaratilgan MB bilan ishlash. MB bilan ishlash deganda quyidagi imkoniyatlar nazarda tutiladi:

  • kerakli axborotlarni izlash;

  • ma`lumotlarni saqlash;

  • ma`lumotlarni tanlab olish;

  • chop etish;

  • ma`lumotlarni o`zgartirish va to`ldirish.

MB da ishlash tamoyillaridan quyidagilar eng muhim hisoblanadi:
1. Ma`lumotlarni kiritish va tahrirlash. Deyarli barcha MBBT lar jadvallarga ma`lumotlar kiritish va ularni tahrirlashga imkon beradi. Bu ishlarni ikki usulda bajarish mumkin:

  • jadval ko`rinishda taklif etiladigan standart shakllar yordamida;

  • foydalanuvchi tomonidan maxsus yaratilgan ekranli shakllar yordamida.

2. Jadvaldagi ma`lumotlarga ishlov berish. MB jadvallaridagi ma`lumotlarga so`rovlar berish yo`li bilan yoki maxsus ishlab chiqilgan dasturni bajarish orqali ishlov berish mumkin. So`rov deganda yozuvlarni tanlash uchun beriladigan ko`rsatma tushuniladi. So`rovni bajarish natijasida ma`lumotlar to`plami (dinamik to`plam)dan iborat vaqtinchalik jadval hosil bo`ladi. Dinamik to`plamning yozuvlari bir yoki bir necha jadvaldan iborat maydonlarni o`z ichiga olishi mumkin. So`rov asosida hisobot yoki shaklni tuzish mumkin.
3. MB dan axborotni chiqarish. Har qanday MBBT kompyuter ekraniga yoki chop etish qurilmasiga maxsus shaklda MB dagi ma`lumotlarni chiqarishga imkon beradi. MBBT bilan ishlayotgan foydalanuvchi chop etish qurilmasiga ma`lumotlarni chiqarish uchun hisobotlarni tuzishning maxsus vositalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Hozirgi ko`pchilik MB zaminida jadvallar yotadi. Shuning uchun, qo`yilgan masalada ishlatiladigan ma`lumotlarni jadvallar orqali ifodalash, keyin esa so`rov, shakl va boshqa ob`ektlarni yaratish mumkin. Bunday yondashish nisbatan sodda masalalarni avtomatlashtirishda qo`l kelishi mumkin. Murakkabroq masalalarda MB ni qo`yilgan talablarga javob beradigan holga keltirish uchun yaratilgan ob`ektlarni qayta-qayta o`zgartirish lozim bo`ladi. Shu sababli, boshlang`ich bosqichda bo`lajak MB ni loyihalashga vaqtni ayamagan ma`qul. Loyihalash jarayonida quyidagi savollar yoritiladi:

  • MB qanday talablarga javob berishi kerak?

  • Bu talablarni bajarish uchun qanday masalalar echilishi kerak?

  • Buning uchun qanday ma`lumotlar ishlatiladi?

  • Ularning tuzilmasi va tipi masalalar orasidagi qanday bog`liqlik bor va h-zo.

MB – MBBT vositalari orqali mashina ‘tashuvchi’da hosil qilingan mantiqiy bog`langan ma`lumotlar yig`indisidir. MB o`zaro bog`langan ob`ektlarning mantiqiy modelini aks ettiradi va u aniq predmet sohasini o`zida namoyon etadi. MB ko`p foydalanuvchilarga zarur bo`lgan ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. Bir vaqtning o`zida bir necha foydalanuvchilar umumiy MB ga kirishi mumkin. Bu imkoniyat MBBT kompyuterlar tarmog`iga ulanganda va ko`pchilik foydalanadigan MB yaratilganda mumkin bo`ladi.
MBBT tarmoq orqali turli foydalanuvchilar MB ma`lumotlaridan foydalanganda ma`lumotlar himoyalanganligini ta`minlaydi xamda ular tomonidan kiritilayotgan ma`lumotlar cheklanishlarini kuzatib boradi. Bir vaqtning o`zida bir necha mijozlar ma`lumotlardan foydalanganda ularning muvofiqligi, himoyalanishi avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
MBBT va MB larining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • ma`lumotlarni bir marta kiritish va ularni muvofiqlashtirishning oddiyligini ta`minlovchi modelning turli ob`ektlarida ma`lumotlarning takrorlanishining yo`qligi;

  • ma`lumotlarni bir–biriga zid emasligi;

  • MB ning yaxlitligi;

  • ko`p jihatli kirishning mumkinligi.

  • ma`lumotlarni har xil tanlash va ulardan foydalanuvchining turli topshiriqlar va ilovalarda foydalanishi;

  • avariya holatlari, apparat va dastur buzilishi yoki foydalanuvchining xatolari paytida ma`lumotlarni himoya qilish va tiklash;

  • mijozlarning beruxsat kirishlarini cheklash vositalari yordamida himoya qilish;

  • ma`lumotlarni qayta o`zgartirmay MB tuzilmalarini modifikatsiya qilish

imkoniyati;

  • MB tuzilmalarini modifikatsiyalashda dasturlarni o`zgartirmasdan, ma`lumotlar mustaqilligini ta`minlash;

  • mashina ‘tashuvchisi’dagi MB ni joylashtirishni hajm–vaqt tavsifini yaxshilash maqsadida qayta tashkil etish;

  • mijozga har qanday talabi bo`yicha mavjud axborotlarni MB dan chiqarib berishni va foydalanuvchi uchun qulay hisobot shakllari ko`rinishida taqdim etishni ta`minlovchi yuqori darajali talablar tilining mavjudligi.

Foydalanuvchi tomonidan MBBT ni tanlash mezonlari. Foydalanuvchining MBBT ni tanlashi quyidagi omillar bilan belgilanadi:

  • mavjud texnikaviy va dasturiy ta`minlanish, operativ va disk xotiralari;

  • tanlangan ma`lumotlar modelining turi, predmet sohasining xususiyati, axborotlar mantiqiy modelining topologiyasi;

  • foydalanuvchining ishlab chiqilayotgan ilovalarga ehtiyojlari;

  • ma`lumotlarga ishlov berishda mahsuldorlik ko`rsatkichiga qo`yiladigan talablar;

  • MBBT da zaruriy vazifalar vositalarining mavjudligi;

  • mijozlarning malakasi, darajasi va MBBT da ishlab chiqarishning muloqot va MB bilan ishlash vositalari mavjudligi.

MBBTni o`rnatish. MBBT dastur mahsuloti bo`lib, amaliy dasturlar paketi ko`rinishida etkazilib beriladi. U shakllari, zahiralari va operatsion tuzilishi, shuningdek vazifalar to`plash uchun bo`lgan talablari hisobga olingan holda kompyuterga o`rnatilishi (installashtirilishi) zarur.
Bosqichma – bosqich joriy etish jarayoni. MBBT ni o`rnatgach, MB ni kompyuterda yaratish, jumladan MB tuzilmalarini joylashtirish, ma`lumotlarni kiritish, shuningdek MBBT funktsional imkoniyatlari nazarda tutilgan har qanday harakatlarni bajarish mumkin. Shaxsiy kompyuterlarga mo`ljallangan MBBT lar etarlicha ixcham bo`ladi. Bu foydalanuvchi ilovalarini ishlab chiqishning ilk bosqichlaridayoq MB ning alohida qismlarini yaratishga kirishishga imkon beradi. Bunday MB ni ishlab chiqish chuqurlashgani sayin, u oson kengayishi va modifikatsiyalanishi mumkin. MB bilan ishlash texnologiyasi xodimlar tomonidan tez o`zlashtirilsa, MBBT ni bosqichma – bosqich joriy etish osonlashadi.

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish