8.5. IBM kompaniyasi server MBBT
IBM kompaniyasi DB2 va Informix MBBT lari bilan ham mashhurdir. Hozirgi kunda DB2 Universal Database, DB2 Personal Edition, DB2 Enterprise 9 hamda Informix Dynamic Server, Informix Dynamic Server Express, Informix Extended Parallel Server va h-zo MBBT lar ko`p muassasalarda ishlatilmoqda.
Umumiy server MB hisoblangan DB2 Universal Database, mul’timedia va Web ni bog`lagan holda qo`llovchi ob`ektga yo`naltirilgan MBBT bo`lib, u barcha turdagi (bir va simmetrik ko`p protsessorli, umumiy parallel tizimli) protsessorga ega bo`lgan kompyuterlarda hamda manfreymlarda ishlatiladi. DB2 Universal Database yangi biriktirilgan vositaga ga bo`lib, u o`z bazasiga Oracle, Microsoft, Sybase va Informix singari MB ma`lumotlarini olishni engillashtiradi. Bundan tashqari, DB2 Universal Database real vaqtga muvofiq analitik ishlov berish (OLAP), qarorlarni qabul qilish tizimini qo`llash va turli xil oddiy kengaytmalardan (DB2 extenders) foydalanish vositasiga ega. DB2 Universal Database ko`pchilik muhim platformalarda qo`llaniladi va ularda buyurtmachilarga zarur bo`lgan qayishqoqlikni beradi.
IBM kompaniyasi DB2 va Informix MBBT lari ham Oracle va MS SQL Server singari imkoniyatlarga ega hamda foydalanuvchilarning talablarini to`liq qanoatlantira oladi.
8.6. My SQL
My SQL Mixael’ Videnius tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, u Hughes Technologies Mini SQL (mSQL) traditsiyasiga muvofiq katta bo`lmagan va tez ishlovchi relyatsion MBBT hisoblanadi.
My SQL paketining eng muhim xislatlari:
ko`poqimlilik. Bir vaqtning o`zida berilgan so`rovlarni qo`llash;
bir o`tishda ko`p qiymatlarni bog`lashda aloqalarni optimallashtirish;
o`zgaruvchi va bir xilli uzunlikdagi yozuvlar;
boshlang`ich paketda ODBC drayver mavjudligi;
jadvalda 16 tagacha kalitga ega bo`lishlik. Har bir kalit 15 tagacha maydonga ega bo`lishi mumkin;
imtiyoz va parol bo`yicha qayishqoq tizimga egalik;
CREATE operatori kalit maydonlarni va maxsus maydonlarni qo`llaydi;
1 va 4 bayt uzunlikdagi sonlarni (ints, float, double, fixed), o`zgaruvchi uzunlikdagi matnlarni va vaqt ko`rinishlarini qo`llash;
C va Perl tillari mavjud bo`lgan interfeys;
oqimlarga asoslangan tez xotira tizimi;
jadvallarni tekshirish va tuzatish utiliti ( isamchk);
barcha ma`lumotlar ISO8859_1 formatida saqlanadi;
qatorlar bilan ishlash operatorlari harf belgi registriga e`tibor bermaydi;
jadvallarga va jadvalning alohida ustunlariga psevdenom qo`llash mumkinligi;
har bir ustun so`zsiz qiymatga egaligi. Har qanday ustunlar birlashmasiga INSERT ni qo`llash mumkin;
kalitlarni va maydonlarni qo`shish hamda olib tashlash singari amallar bilan birga jadvallarni oson boshqarish mumkin.
Hozirgi kunda katta hajmga ega bo`lmagan va juda ko`plab foydalanuvchilari bo`lmagan, ko`proq Web texnologiyalar qo`llaniladigan sohalarda PHP tili orqali murojaat qilinadigan MB My SQL MBBT da tashkil qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |