Маълумотлар омбори ва уни бошкариш тизими хакида умумий тушунчалар


Atributni funktsional bog`liqligi



Download 2,75 Mb.
bet24/83
Sana18.07.2022
Hajmi2,75 Mb.
#819472
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83
Bog'liq
MBBT-маъруза матни-лотин1

6.2. Atributni funktsional bog`liqligi
Ma`lumotlarni me`yorlashtirish shakllari nazariyasi bo`yicha relyatsion MB sxemasi tuzilmali va semantik axborotlarga ega bo`ladi. Tuzilmali axborotlar munosabatlarning paydo bo`lishiga bog`liqdir. Semantik axborotlar esa sxemada ifodalangan munosabatlar atributlari orasidagi ko`plab funktsional aloqalarda ifodalanadi. Biroq, ba`zi funktsional aloqalar qo`shimcha ta`sirlar yoki MB ni modifikatsiyalashda kelib chiqadigan noto`g`ri shakl (anomaliya)lar tufayli qo`llanilmasligi mumkin. Shu munosabat bilan taklif etilayotgan sxemaning to`g`ri yoki noto`g`riligi haqidagi savol to`g`iladi. Noto`g`ri funktsional aloqalari bo`lmagan sxema to`g`ri hisoblanadi. Aks holda, dekompozitsiya (bo`laklarga ajratish) deb nomlangan tadbirga murojaat qilishga to`g`ri keladi. Unda ko`plab munosabatlar biri ikkinchisiga almashtiriladi (ularning soni ortib ketadi). Bu tadbirning maqsadi — noto`g`ri shakliy bog`liqlik (anomaliyalar)ni bartaraf etish bo`lib, u me`yorlashtirish jarayonining mohiyatini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, me`yorlashtirish — berilgan sxema (yoki munosabatlar yig`indisi)ni munosabatlari ko`proq oddiy va doimiy tuzilmaga ega bo`lgan boshqa sxema bilan qadamba-qadam almashtirish jarayonidir.
Dekompozitsiyada yo`qotishlarsiz bog`liqliklarni saqlab qolish, ushbu sxemadagi barcha ehtimol tutilgan funktsional bog`liqliklarni bilishni talab qiladi.
Me`yorlashtirish uchun bir necha bog`liqlik tushunchalari ishlatiladi, ya`ni:

  • F unktsional bog`liqlik: Agar ixtiyoriy vaqtda A atributning har bir qiymatiga B atributning mavjud qiymatlaridan yagona bir qiymat mos kelsa, u holda A va B atributlar orasidagi bog`liqlik funktsional bog`liqlik deyiladi.

Masalan, bir daryo faqat bir dengizga qo`yiladi va bir dengizga bir necha daryo
qo`yilishi mumkin.

  • To`liq funktsional bog`liqlik: Agar B atribut qiymati A tarkibiy atributning qiymatiga funktsional bog`liq, ammo A tarkibiy atribut qiymatining biror bir qismiga funktsional bog`liq bo`lmasa, u holda A tarkibiy atribut bilan B atribut to`liq funktsional bog`liq deyiladi.

  • Ko`p qiymatli funktsional bog`liqlik: Agar ixtiyoriy vaqtda A atributning har bir qiymatiga B atributning ko`pqirrali mos qiymati mavjud bo`lsa, u holda A atribut B atributni bir jinsli aniqlaydi va bu ko`p qiymatli funktsional bog`lanish deyiladi.

Masalan, talabalar o`qiyotgan fanlar va olgan baholar. Baho atributi bir nechta (1, 2, 3, 4, 5) qiymatlarga ega. Bundan tashqari talaba o`qiyotgan fanlar soni ham chegaralangan.
Ko`p qiymatli funktsional bog`liqlikka misol “O`qish jadvali”

Fan

O`qituvchi

Darslik

Dasturlash

Abdullaev I.

Liberti Dj . Osvoy samostoyatelno C++

Dasturlash

Rahmonov U.

Forsayt R. Pascal dlya vsex

Dasturlash

Qobilov.R.

Liberti Dj. Osvoy samostoyatelno C++

Dasturlash

Kovalev N.

Forsayt R. Paskal dlya vsex

Dasturlash

Rahmonov U.

Faysman K. Prof. programmirovanie na Pascale

Jadvalda ko`p qiymatli bog`liqlik bor “Fan- O`qituvchi”: Fan (Dasturlash misolida) bir nechta o`qituvchi tomonidan o`qilishi mumkin (misolda Abdullaev, Rahmonov, Qobilov, Kovalev). Yana boshqa bog`liqlik ham bor “Fan-Darslik”: informatikani o`tishda ‘Pascal dlya vsex’, ‘Osvoy samostoyatelno C++’ va ‘Professionalnoe programmirovanie na Pascale’ darsliklari ishlatiladi. Bunda ‘O`qituvchi’ va ‘Darslik’ funktsional bog`lanmagan, bu esa ortiqchalikka olib keladi (yangi darslikni yozish uchun yana ikkita yangi qator yozish kerak bo`ladi). Bu jadvalni ikkiga ajratganda ish yaxshilanadi: (Fan- O`qituvchi va Fan-Darslik)

  • Tranzitiv funktsional bog`liqlik: Agar B atribut A atributga, C atribut B atributga funktsional bog`lik bo`lsa, u holda A atribut C atributga tranzitiv funktsional bog`liq deyiladi. O`z navbatida A atribut B atributga funktsional bog`liq bo`lmaydi.

Bir necha atributning o`zaro bog`liq emasligi: Bir necha atribut o`zaro bog`liq emas deyiladi, qachonki ulardan birortasi ham boshqa atributga funktsional bog`liq bo`lmasa.
Kalit bo`lmagan atribut. Birlamchi kalit tarkibiga kirmagan har bir atribut kalit bo`lmagan atribut deyiladi.
Munosabatlar sxemasining (jadval ma`lumot kiritish, o`zgartirish va o`chirish uchun qulay xossaga ega bo`lgan) relyatsion variantini qurish munosabatlar sxemasini me`yorlashtirish orqali amalga oshiriladi.

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish