Ma’lumotlarni strukturalashtirish – bu shunchaki ma’lumotlarni tasvirlashda qandaydir moslikni kiritish usulidir. Odatda MB ma’lum bir obyekt sohasini ifodalaydi va uning ma’lumotlarini o’z ichiga oladi, ularni saqlaydi va foydalanuvchiga ma’lumotlarni qayta ishlashda undan foydalanish imkonini yaratib beradi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT) – bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo’lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. Shu bilan bir qatorda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini tashkil etadi. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi – maydon, yozuv, fayl(jadval) kabi elementlar bilan chambarchas bog’liq. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi – maydon, yozuv, fayl(jadval) kabi elementlar bilan chambarchas bog’liq. Maydon(atribut) – bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar birligi bo’lib, u axborotni eng kichik va bo’linmas birligi bo’lgan rekvizitga mos keladi. Maydonni tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi: Maydon nomi, masalan familiyasi, ismi, tug’ilgan sana, lavozimi, ish staji, mutaxassisligi. Ma’lumotlar bazasi tuzulmasining asosiy elementlari: Maydon turi – bu kiritilgan yozuvning qaysidir tipga tegishli ekanligi bilan ifodalanadi. Masalan, sonli, belgili(simvolli), sana/vaqt, satrli, mantiqiy va hokazo bo’lishi mumkin. SQL da ma’lumotlarni tiplarga ajratish 3 ta guruhga bo’linadi: - Satrli;
- Suzuvchi nuqtali(kasr) va butun sonlar;
- Sana va vaqt.
Satrli
TIP_NOMI
|
TIP_TAVSIFI
|
CHAR(size)
|
CHAR(n) – n ta belgi, 1 dan 255 gacha, belgilangan uzunlikdagi satr turidir. Agar maydonning mazmuni belgilangan hajmdan kichik bo'lsa, u holda qo'shimcha bo'shliqlar bilan “to’ldiriladi" (tugatiladi).
|
VARCHAR(size)
|
VARCHAR(n) – n ta belgi, 1 dan 255 gacha, oʻzgaruvchan uzunlikdagi satr turidir. Maydon mazmuni oxiridagi bo'shliqlar e'tiborga olinmaydi.
|
TINYTEXT
|
255 tagacha belgi saqlashi mumkin.
|
TEXT
|
Maksimal 65 535 ta belgini saqlashi mumkin.
|
BLOB
|
Maksimal 65 535 ta belgini saqlashi mumkin.
|
MEDIUMTEXT
|
Maksimal 16 777 215 ta belgini saqlashi mumkin
|
MEDIUMBLOB
|
Maksimal 16 777 215 ta belgini saqlashi mumkin
|
LONGTEXT
|
Maksimal 4 294 967 295 ta belgini saqlashi mumkin
|
LONGBLOB
|
Maksimal 4 294 967 295 ta belgini saqlashi mumkin
|
ENUM(x,y,z,etc.)
|
Yaroqli qiymatlar ro'yxatini kiritish imkonini beradi. SQL ENUM ma'lumotlar turlari ro'yxatiga 65535 tagacha qiymat kiritishingiz mumkin. Agar qiymat kiritishda u ENUM ro'yxatida bo'lmasa, biz bo'sh qiymatga ega bo'lamiz. Siz ushbu formatda mumkin bo'lgan qiymatlarni kiritishingiz mumkin: ENUM ('X', 'Y', 'Z')
|
Do'stlaringiz bilan baham: |