BERILGANLAR ELEMENTLARI ORASIDAGI O’ZARO BOG’LANISHLAR NECHA XILDAN
IBORAT?
REJA:
MA’LUMOTLAR BAZASINI TASHKIL QILISH VA UNI BOSHQARISH TIZIMLARI
BERILGANLAR ELEMENTLARI ORASIDAGI O’ZARO BOG’LANISHLAR
MIJOZ-SERVER TEXNOLOGIYASI.
Informastion texnologiyaning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o’z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishga undaydi. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, sungra esa undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib qolmoqda.
Ma’lumotlar bazasi – bu o’zaro boglangan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va ob’ektlar o’rtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MB da kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish muhim rol o’ynaydi. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MB ga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MB ga tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolardan biriga aylanib borayotgani davr taqozosidir. Shuni qayd qilish lozimki, MB ni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:
ma’lumotlarning turi va ko’rinishi, ularni qo’llaydigan dasturlarga bog’liq bo’lmasligi lozim, ya’ni MB ga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o’zgartirganda, dasturlarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim;
MB dagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga hojat qolmasligi kerak.
Shuning uchun ham MB ni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarga tutamiz.
Bugungi kunda ma’lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri hozirgi zamon kompyuterlaridir. Kompyuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Kompyuter xotirasida xar bir fayl yozuv deb ataladigan bir xil turdagi kismlardan iborat buladi. Yozuv- o’zaro boglangan ma’lumutlarning bir qismidir. Fayldagi yozuvlar soni qaralayotgan ma’lumotning o’lchoviga bog’lik. Har bir yozuv esa maydon deb ataladigan bo’laklardan tashkil topadi. Maydon ma’lumotlarning qisqa to’plamidan iborat bo’lishi lozim. Har bir maydon uzi ifodalaydigan ma’lumotlariga ko’ra, biror nomga ega buladi. Fikrimizni misol bilan ifodalashga harakat qilamiz.
Masalan, biror oliy o’quv yurtining aniq fakultetida taxsil olayotgan biror gurux talabalari tugrisidagi ma’lumotlar keltirilgan quyidagi jadvalni ko’raylik:
Familiyasi
|
Ismi
|
Tug’ilgan sanasi
|
Guruxi
|
Turar joyi.
|
Qiziqqan fani
|
Toliboev
|
Raxim
|
02.10.80
|
TM
|
Katortol,5
|
Matem.anal.
|
Rasulov
|
Obid
|
15.09.81.
|
IT
|
Chilonzor,20/6/4
|
Matem. fizika.
|
Usmonov
|
Erkin
|
31.08.79.
|
IT
|
Yunusobod,15/7/3.
|
Dasturlash.
|
Muminov
|
Murod
|
10.01.78.
|
TM
|
Ц-26,14-6
|
Internet
|
Bu misolda 4 ta yozuv bo’lib, ularning har biri 6 ta maydondan iborat. Mazkur maydonlarning har biri mos ravishda «Familiya», «Ismi», «Tugilgan sanasi», «Guruxi», «Turar joyi» va «Qiziqqan fani» deb nomlangan. Demak, yozuvdagi maydonlar soni yozuvga kiritiladigan ma’lumotlar hajmiga bog’liq. Fayldagi bu yozuvlar birlamchi hisoblanadi. Chunki biror yozuvdagi ixtiyoriy ma’lumotni boshka yozuvdagi ma’lumotlar bilan takkoslab aniklash mumkin emas. Shuning uchun ham bizga kerakli bo’ladigan ikkilamchi yozuvlarni esa faqat amaliy dasturlar yordamida olish mumkin bo’ladi. Modomiki shunday ekan, MB tashkil qilish, ularga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va mavjud MB dan foydalanish uchun maxsus MB lar bilan ishlaydigan dasturlar zarur bo’ladi. Bunday dasturlar majmui ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) deb yuritiladi. Aniqrok qilib aytganda, MBBT - bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan MB ni yaratish, unga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va MB ni birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan dasturlar majmuidir. MBBT ning asosiy tarkibiy qismi – ma’lumotlar bo’lsa, boshqa tarkibiy qismi- foydalanuvchilardir
Ma’lumotlar bazasi modellari quyidagi turlarga bo’linadi:
Daraxtsimon(ierrarxik ) modellar.
Tarmoqli ( turli) modellar.
Relyastion modellar.
Do'stlaringiz bilan baham: |