Ma’lumotlar bazasining ximoyalanishi
Ma’lumotlar bazasi - bular xam fayllar bulib, ular bilan ishlash boshka tipdagi fayllar bilan ishlashdan fark kiladi. Fayllar strukturasini tashkil kilish va unga xizmat kursatishni operatsion tizim o‘z zimmasini oladi. Ma’lumotlar bazasining xavfsizligiga aloxida talab ko‘yiladi, shuning uchun ularni saklash boshkaga yul bilan amalga oshiriladi.
Oddiy ilovalarda fayllar bilan ishlaganda faylning nomini ko‘rsatib, faylni saklash buyrug‘ini bersak, operatsion sistema uni diskka yozadi. Agar fayllni diskka yozmasdan turib, uni yopsak barcha kilingan ishlar yo‘k bo‘lib ketadi.
Ma’lumotlar bazasi aloxida strukturaga ega bo‘lib, unda saqlanayotgan ma’lumotlar kupincha juda kimmatli, ya’ni ijtimoiy kiymatga ega buladi.
Ba’zan bitta bazani o‘zi bilan minglab kishilar ishlashi mumkin.
Masalan, DAN bazasiga avtomobillarni belgilashda butun mamlakat bo‘yicha barcha ma’lumotlar bitta bazaga kiritiladi. Ma’lum bir gurux kishilar ishining muvaffakiyati biror bazadagi ma’lumotlarga bog‘lik bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar bazasining butunligi biror foydalanuvchining komp’yuterni uchirishdan oldin faylni yozishni unutishi yoki elektr manbaining uzilishlari natijasida xavf ostida kolmasligi kerak.
Ma’lumotlar bazasini boshkarish tizimi (MBBT) axborotlarni yozishdagi xavfsizlik muammosini ikki yul bilan xal kiladi.
Ba’zi operatsiyalarda komp’yuterning operatsion tizimi ishtirok etadi, ba’zilarida esa operatsion tizimni chetlab o‘tib amalga oshiriladi.
Ma’lumotlar bazasi strukturasini o‘zgartirish operatsiyasi ma’lumotlar bazasini saklagan xolda amalga oshiriladi. Bu juda chukur o‘zgartirishni talab kiladigan operatsiyadir. Bu operatsiyani amalga ishlatilib turgan baza ustida qilib bulmaydi, fakat uning nusxasi ustida amalga oshirish mumkin. Ma’lumotlarning tarkibini o‘zgartirish, ularning strukturasini o‘zgartirishni talab qilmaydigan operatsiyalar maksimal darajada avtomatlashtirilgan bo‘lishi va ogohlantirishsiz bajarilishi kerak.
Agar biz ma’lumotlar jadvali bilan ishlab turib, unda nimanidir o‘zgartiradigan bulsak, u tezda va avtomatik tarzda eslab kolishi shart.
Odatda, o‘zgarishlardan voz kechib, faylni yopsak, oldingi faylning xolati saklanib koladi. Ma’lumotlar bazasida esa unday emas, bazaga kiritilgan uzgartirish shu ondayok yozib kuyiladi.
Yukorida kursatilgan sabablarga kura ekspluatatsiyada turgan ma’lumotlar bazasi ustida tajriba o‘tkazib bulmaydi. Shuning uchun avval real bazaning nusxasini olib, shundan so‘ng uning ustidagi o‘kuv tajribasi bilan shugullanishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Informatika. Bazovыy kurs. Pod redaksiey S.V.Simonovicha
Sank-Peterburg, 2001g.
2. V. Passikov. Zaщita kompyuternoy informatsii. M.: Nauka, 2001g.
3. Informatika. Pod redaksiey prof. N.V. Makarovoy , M.: 1997g.
4. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Akad.S.Gulomov va boshkalar
T.: "Shark", 2000y.
5 S.S. Gulomov va boshk. Iktisodiy infarmatika.
6. www.ziyonet.uz
7.aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |